Pul va banklar” fanidan Mavzu: O‘zbekiston Respublikasining pul tizimi va uning rivojlanish tarixi refera t bajardi: Bug`alteriya hisobi va audit yo’nalishi, bh-20-guruh talabasi pulatova shohista denov – 0 Reja


Download 18.52 Kb.
bet3/3
Sana04.02.2023
Hajmi18.52 Kb.
#1162202
1   2   3
Bog'liq
pul tarixi

Tangadagi kumush miqdori - %

1

1608-1610

90,2

2

1615-1623

80,3

3

1617-1678

70,4

4

1699-1700

35,5

5

Ubaydullaxon davrida

22,5

Ubaydullaxon davrida 22,5 Qariyb yuz yillardan keyin, XVIII asr o`rtalarida Muhammad Rahimxon davrida tangadagi kumush miqdori 30%gacha oshirilgan. XVIII asrning oxiri XIX asrni boshlariga kelib, Buxoro davlati yana yuqori sifatli pul tizimiga ega bo`lgan. Rossiyaning O`rta Osiyoga yurishi natijasida, 1865 yilda Toshkent ruslar qo`liga o`tgan. Keyinchalik Buxoro davlatining O`ra tepa, Jizzax, Samarqand, Kattaqo`rg'on, Urgut kabi shaharlari Rossiya tasarrufiga o`tgan. Buxoro amiri Rossiya bilan do`stlik shartnomasini tuzgan va yarim mustaqil davlat bo`lib o`zining mustaqil pul tizimini saqlab qolgan hamda mustaqil pul siyosatini olib borgan. O`sha davrda muomalaga oltin, kumush, mis tangalar chiqarilgan. 1 tillo Rossiyaning 6 rubl' 80 kopeek, 1 tanga (kumush) 15 kopeekka, 1 mis tanga - (mira) 4 kopeekka, pul 1/4 kopeekka tenglashtirilgan.


Muomalada ko`proq kumush tanga ishlatilib, uning kursi 1 tangaga 12 kopeekdan 20 kopeekkacha o`zgarib turgan. O`tgan asrning 90-yillarida Rossiya Toshkent va Qo`qonda, keyinchalik, Buxoroda o`z banklarini ochgan. Muomalaga rus oltin, kumush tangalari va kredit biletlari kirib kelgan. Buxoroda rus oltin, kumush tangasidan ko`ra kredit biletlari juda mashhur bo`lgan. Buxoro beklariga amirga to`laydigan soliq va boshqa to`lov, in`omlarini kumush tangada karvonlarda olib kelgandan ko`ra, kredit biletlarda olib kelish arzon va oson bo`lgan. Shuning uchun kumushlar rus kredit biletlariga almashtirilgan. Rus banklarida kumush tangalar qaytib muomalaga chiqmagan. Ular Rossiyaga jo`natilgan va Peterburgdagi zarbxonada qayta ishlatilib rus kumush tangasi sifatida muomalaga chiqarilgan. Buxoro tangasi 84 foizli probadagi kumushdan tayyorlangani uchun rus kumush tangasidan ancha sifatli bo`lgan va u qayta ishlanganda bir Buxoro tangasidan bir necha rus tangasi zarb qilingan.
Bu esa Rossiya xazinasiga juda katta foyda keltirgan. Hisob-kitoblarni olib borishda, tilloni rublga aylantirishda qiyinchiliklar bo`lgani uchun Rossiya davlati Buxoro davlati pul tizimini Rossiyaga birlashtirish to`g'risidagi masalani qo`ygan. Rossiya Moliya vazirligi tomonidan Buxoro davlati pulining loyihasi ishlab chiqilgan. Unga asosan chiqariladigan pul 15 kopeekka teng bo`lib, uning bir tomonida Rossiya hukumat belgisi tasviri ikkinchi tomonida Buxoro davlati 62 belgisi, tasviri, bo`lishi kerak edi. Lekin Buxoro amirining xizmati tufayli bu ish amalga oshmasdan qolib ketgan. 1923-24 yillargacha Buxoro o`zining pul birligini saqlab qolgan. Turkistonning Rossiya tomonidan istilo etilishi natijasida XX asrning boshlarida Turkistonda rus kredit biletlari, mahalliy veksellar, keyinchalik sovznaklar, "Turkbon"lar, chervonetslar muomalada bo`lgan. 20-yillarining o`rtalaridan boshlab yagona pul tizimi barpo qilinib, Sobiq SSSR hududida rubl' pul birligi sifatida qabul qilingan va mustaqillikacha pul muomalasi shu pul birligida olib borilgan.
Xulosa - qilib aytganda, har bir davlatning pul tizimi ma`lum elementlardan tashkil topadi va qonun asosida yuqori davlat organlari orqali boshqarib boriladi. Alohida olingan davlatning pul tizimi o`z xususiyatlariga ega bo`lib, uning elementlari u yoki bu tomonga o`zgarishi mumkin. Pul tizimi ijtimoiy hayotning ko`zgusi hisoblanadi, desak xato bo`lmasa kerak. Shuning uchun ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni pul tizimini ob`ektiv talablar, ya`ni pul tizimining yagona bo`lishi, pul birligi qiymatining doimiyligi va pul muomalasining talabga qarab o`zgarib turishi kerakligini qo`yadi.
Download 18.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling