Pul va banklar fanidan mustaqil ish
Download 50.46 Kb.
|
Pul va banklar fanidan mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent– 2023 Pul va banklar. Kreditning iqtisodiyotda tutgan o‘rni va funksiyalari Reja: Kirish Asosiy qism
- Xulosa. Adabiyotlar ro’yhati KIRISH
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI PUL VA BANKLAR FANIDAN MUSTAQIL ISH Mavzu: Pul va banklar. Kreditning iqtisodiyotda tutgan o‘rni va funksiyalari Bajardi: SBXA-93 guruhi talabasi N.A.Sadikova Tekshirdi: Z.Xojibekova Toshkent– 2023 Pul va banklar. Kreditning iqtisodiyotda tutgan o‘rni va funksiyalari Reja: Kirish Asosiy qism 1.Pulning mohiyati, o’ziga xos xususiyatlari 2.Pulning funksiyalari va pulning bozor iqtisodiyotidagi o’rni. 3. Kredit funksiyalari va uning iqtisodiyotdagi ahamiyati. Xulosa. Adabiyotlar ro’yhati KIRISH Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohatlarni yanada chuqurlashtirish jarayonlari iqtisodiyotda bozor munosabatlarini qaror toptirish, mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlangan davlatlar iqtisodiyoti darajasi qatoriga chiqarish dolzarb omillardan bo`lgan pul, kredit va banklar tizimida ham chuqur tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirishni taqozo qilmoqda. Shuningdek, bank-moliya tizimining ahamiyati ham tubdan o`zgarmoqda. Chunki, bozor munosabatlarini boshqarish sohasida davlat tomonidan olib boriladigan barcha ishlarning og‘irlik markazi ana shu tizimlarga ko`chdi. Shu sababli, bank tizimini takomillashtirish, banklarning mustaqilligini va pul muomalasidagi ahvol uchun javobgarligini oshirish, pul-kredit munosabatlarini tartibga solish, so`mning barqarorligi va yuksak nufuzini ta`minlash sohasidagi muammolarni o`rganish o`ta dolzarb masalalardan hisoblanadi. Prezidentimiz tomonidan 2017 yil 7 fevralda qabul qilingan ―2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiysining Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari deb nomlanuvchi III yo’nalishida ham: - ilg‘or xalqaro tajribada qo’llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta‘minlash; - bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta‘minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlashni yanada kengaytirish masalalari alohida ko’rsatib o’tilgan O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida bozor munosabatlarini qaror toptirish dolzarb tadbirlardan bo’lgan pul, kredit va banklar tizimida ham chuqur o’zgarishlarni amalga oshirishni taqozo qiladi. Bozor munosabatlariga o’tish iqtisodiy kategoriya sifatida pulning, kreditning, foiz, soliq va boshqa kategoriyalarning mohiyati va ahamiyatiga boshqacha yondashish zarurligini taqozo qiladi. Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida bank-moliya tizimining ahamiyati tubdan o’zgarmoqda. Bozor munosabatlarini boshqarish sohasida davlat tomonidan olib boriladigan barcha ishlarning og’irlik markazi ana shu tizimlarga ko’chdi. Shu sababli, bank tizimini takomillashtirish, banklarning mustaqilligini va pul muomalasidagi ahvol uchun javobgarligini oshirish, pul-kredit munosabatlarini tartibga solish, so’mning barqarorligi va yuksak nufuzini ta’minlash sahasidagi muammolarni o’rganish, shuningdek, tegishli ilmiy xulosalar chiqarish va tavsiyalarni ishlab chiqish o’ta dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bugungi kunda quyidagi savollar ilmiy nuqtai nazardan javoblarini kutmoqda: - naqd pul va kredit emissiyasining o’sishiga sabab nima? - aholi qo’lidagi pulning harakatsiz turib qolishiga qanday qilib yo’l qo’ymaslik mumkin? - mahsulot ishlab chiqarishning o’sishini ta’minlamagan korxona (firma) ularga kredit berilishiga yo’l qo’ymaslik uchun qanday chora-tadbirlar ishlab chiqish lozim? - milliy valyuta kursini almashuvi va barqarorlashuvini ta’minlash uchun qanday tadbirlar amalga oshirilishi kerak? - inflyatsiyani oldini olish va uni pasaytirish omillari nimalardan iborat? Bozor munosabatlarini talab darajasida tashkil qilish, ishlab chiqarishni rivojlantirish, kengaytirish va shu asosida iqtisodiy taraqqiyotga erishish kreditdan foydalanishni, banklar faoliyatini samaradorligini oshirishni, kreditdan foydalanishda salbiy hollarning oldini olishni taqozo qiladi. Hozirgi vaqtda tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlarning salmog’i va sifati sohasida ancha muammolar mavjud. Bozor munosabatlari sharoitida ishlash banklardan yangi xizmat turlarini tadbiq qilish, mijozlarni qiziqishlarini hisobga olish, ularga xizmat ko’rsatishning yangi usullarini joriy qilish, yangi kredit vositalarini bank faoliyatida qo’llash, turli xil kredit institutlarining barpo qilinishi bilan bog’liq jarayonlarni yuzaga kelishiga olib keldi. Download 50.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling