1
«PUL VA BANKLAR» FANIDAN
TEST VARIANTLARI
II -VARIANT
1. Markaziy bankning Repo operasiyasi – bu:
A. Qimmatli qog‘ozlarni qayta sotib olish sharti bilan sotish
B. Xorijiy valyutani sotib olish va sotish
C. Tijorat banklari jalb qilgan resurslarning bir qismini olib qo‘yish
D. Banklarning balansidagi trattalarni Markaziy bankda qayta hisobga olish
2. O‘zbekiston Markaziy banki monetar siyosatining strategik maqsadini ko‘rsating.
A. Baholar barqarorligini ta’minlash
B. Milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash
C. Pul massasining barqaror o‘sishini ta’minlash
D. Tijorat banklarining kredit ekspansiyasini rag‘batlantirish
3. Mustaqillik darajasi eng yuqori bo‘lgan Markaziy bankni ko‘rsating.
A.
Evropa Markaziy banki
B. AQSh Federal zaxira tizimi
C.
Shveysariya Markaziy banki
D. Yaponiya Markaziy banki
4. Markaziy bank pul agregatlarini samarali nazorat qilish va tartibga solish uchun
monetar siyosatning qaysi maqsadidan foydalanadi?
A. Oraliq maqsadidan
B.
Operasion maqsaddan
C. Pirovard maqsad
D.
Joriy maqsaddan
5. XVF ekspertlarining xulosasiga ko‘ra, rivojlangan davlatlarda inflyatsiya yillik
darajasining 3 foizdan oshishi iqtisodiy o‘sish sur’atlarining ...
A. Sezilarli darajada sekinlashishiga olib keladi;
B. Sezilarli darajada oshishiga olib keladi;
C. Sezilarli darajada tushib ketishiga olib keladi.
D. Sezilarli darajada o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi;
6. Angliya Markaziy banki inflyatsiyani jilovlash, uning o‘sish sur’atlarini oshishiga yo‘l
qo‘ymaslik maqsadida qaysi instrumentdan faol tarzda foydalanadi?
A.
Qayta moliyalash siyosati
B. Ochiq bozor siyosati
C.
Majburiy zaxira siyosati
D. Deposit siyosati