Pul va banklar” fanidan


Download 7.83 Mb.
bet114/263
Sana20.11.2023
Hajmi7.83 Mb.
#1790258
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   263
Bog'liq
Ma\'ruza matn Пул ва Банклар 2022-23y (1)

Majburiy zaxira siyosati Markaziy bank pul-kredit siyosatining an’anaviy instrumentlaridan biri hisoblanadi. Ushbu instrument dastlab tijorat banklarining kredit ekspansiyasini jilovlash maqsadida AQSH bank amaliyotiga joriy qilingan edi. Hozirgi davrga kelib majburiy zaxira siyosati muomaladagi pul massasini tartibga solishning, milliy bank tizimining likvidliligiga Markaziy bank tomonidan ta’sir etishning muhim, ta’sirchan vositasiga aylandi. Majburiy zaxira siyosati kam sonli davlatlarda pul-kredit siyosatining instrumenti sifatida qo‘llanilmaydi118. Markaziy bank pul-kredit siyosatining instrumentlaridan foydalanish amaliyoti takomillashmagan mamlakatlarda, xususan, ko‘pchilik o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida majburiy zaxira siyosatidan Markaziy bank pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlaridan biri sifatida foydalanilmoqda. Majburiy zaxira siyosati O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatining asosiy, an’anaviy instrumentlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalarining rivojlanmaganligi majburiy zaxira siyosatining ahamiyatini yanada oshiradi. Mamlakatimizda majburiy rezervlar meyorlarini belgilash O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1994 – yil 1 – maydan boshlab amalga oshirib kelinmoqda.
Bu ko’rsatkich 15 % gacha tushdi va bu ko’rsatkich 2007- yilga kelib 13 % gacha pasaytirildi. Lekin 2008 yilda vujudga kelgan jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi tufayli yana 15 % ga ko’tarildi. 2009 – yilga kelib jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozini bartarf etish barobarida pul – kredit siyosati sohasidagi islohotlarga ehtiyoj sezildi va shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan yaxshilangan va zamon talablariga javob beradigan to’rt xil toifadagi guruhlash tizimi joriy etildi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2009 yil 1-sentabrda o’rnatilgan majburiy rezerv me’yorlari119


Download 7.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling