O‘zbekiston Respublikasi banklari naqd pulsiz hisob-kitoblarni quyidagi shakllarda tashkil etadilar va amalga oshiradilar:
to‘lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar;
akkreditiv bo‘yicha hisob-kitoblar;
inkasso bo‘yicha hisob-kitoblar;
cheklar bilan hisob-kitoblar.
Ko‘rsatilgan shakllar bo‘yicha naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda quyidagi pul-hisob-kitob xujjatlaridan foydalaniladi:
memorial order;
to‘lov topshiriqnomasi;
to‘lov talabnomasi;
inkasso topshiriqnomasi;
akkreditivga ariza;
tijorat bankning hisob-kitob cheki.
Shuningdek, naqd pulsiz hisob-kitoblar plastik kartochkalar foydalangan holda, amalga oshirilishi mumkin.
Banklar memorial orderlardan fuqarolarning, olib borayotgan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan holda, yozma topshiriqnomalari bo‘yicha naqd pulsiz pul mablag‘larini o‘tkazishni amalga oshirishda foydalanishlari mumkin. Tijorat banklari o‘z operatsion xarajatlarini naqd pulsiz tartibda amalga oshirayotganda memorial order tuziladi.
Bank ish kuni yakunlanib, balans hisoboti tuzilib O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga jo‘natilganidan so‘ng, xato yozuvlar aniqlangan hollarda, ushbu xato yozuvlar kiritilgan hisobvaraqlarga ertasi bank ish kuni teskari buxgalteriya yozuvlari kiritish (storno berish) yo‘li bilan, tuzatish memorial orderlari asosida to‘g‘rilanishi lozim. Bunday hollarda hisobvaraqlardan summalar mijozlarning roziligisiz hisobdan chiqariladi. Bu haqda bank bilan mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnomada ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lishi shart.
To‘lov topshiriqnomasi - mijozning unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka o‘z hisobvarag‘idan oluvchining hisobvarag‘iga ma’lum bir summani o‘tkazish to‘g‘risidagi topshirig‘ini anglatadi.
To‘lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar bo‘yicha hujjatlar aylanishini quyidagi rasm orqali ko‘rish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |