Pul va banklar” fanidan
Fond bozori Oddiy aktsiya (
Download 7.83 Mb.
|
Ma\'ruza matn Пул ва Банклар 2022-23y (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fond bozori
- aktsiya
- fond birjasi
Fond bozori
Oddiy aktsiya (yoki aktsiya)-korxonaning aktivlari va daromadlariga da’vogarlik munosabatini bildiruvchi qimmatli qog’oz - korxona mulkining bir qismini o’zida mujassamlashtiradi. Aktsiyalarni chiqarish va sotish – korxonalar faoliyatini moliyalashtirish uchun mablag’larni jalb etish usulidir. Fond bozori- korxona aktivlari va daromadlari (aktsiyalar paketi)ga da’vogarlikni sotishga mo’ljallangan bozor bo’lib, AQShda keng tarqalgan va rivojlangan.(Ko’pincha “bozor” deb yuritiladi) AQShda aktsiyalar kotirovkalarining (narxlarining) keskin tebranishi kechki yangiliklarda albatta sharxlanib boriladi. Bu davlatda ko’pchilik aktsiyalar narxining tebranishida spekulyatsiya (chayqovchilik) qiladilar. Bu kabi operatsiyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirilganligidan ba’zilar cheksiz quvonchga, ayrim hollarda bunday operatsiyalar boshqalar uchun mumkin bo’lgan yo’qatishlardan qayg’uga ham aylanishi mumkin. Frederik S. Mishkin Fond bozoriga nisbatan ulkan e’tiborni oddiygina tushuntirishda ifodalaydi, ya’ni, uning fikricha, bu shunday joyki bu erda odamlar juda tez boy ( yoki qashshoq) bo’lishlari mumkin. 2000 yildagi qator yuqori texnologik katta korporatsiyalar faoliyatining sinishi fond bozori uchun qattiq silkinish bo’ldi va 2002 yilga kelib aktsiyalarning narxi 30 % ga kamaydi. 2007 yilda esa narxlar barcha davrlardagidanda yuqori bo’lgan va 14000 darajadan yuqoriga o’sdi, faqatgina 2009 yilda 8000 dan pastga tushdi, ammo 2011 yilgacha 12000 dan oshib tiklandi. Aktsiyalar narxining keskin tebranishi odamlarning boylik darajasiga ta’sir ko’rsatadi va oqibatda ularning iste’molga moyilligiga ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari, fond bozorining ko’rsatkichlari investitsion qarorlarni qabul qilishga xam ta’sir ko’rsatadi, sababi chiqarilgan aktsiyalar paketini sotishdan kelib tushishi mumkin bo’lgan tushum summasi so’ngilarining narxi bilan aniqlanadi. Korxona aktsiyalari narxining yuqoriligi katta hajmdagi pul mablag’larini ishlab-chiqarish kuchlari va asbob – uskunalarni sotib olishga sarflashi mumkin. O’zbekiston Respublikasida aktsiya — o’z egasining aktsiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aktsiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo’lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan, egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog’oz hisoblanadi. Mamlakatimizda fond birjasi ham faoliyat yuritib fond birjasi — ommaviy va oshkora birja savdolarini oldindan belgilangan joyda va belgilangan vaqtda o’rnatilgan qoidalar asosida tashkil etish hamda o’tkazish orqali faqat qimmatli qog’ozlar savdosi uchun sharoitlar yaratib beruvchi yuridik shaxs bo’lib unda fond birjasi ishtirokchilari o’z faoliyatini olib boradi va savdolarda faol ishtirok etishadi. Shuningdek, ushbu kursda fond bozorining moliyaviy tizimdagi roli tahlil qilinadi, aktsiyalar narxining tebranishini belgilovchi omillar ko’rib chiqiladi. Download 7.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling