Pul va banklar” fanidan


Download 7.83 Mb.
bet190/263
Sana20.11.2023
Hajmi7.83 Mb.
#1790258
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   263
Bog'liq
Ma\'ruza matn Пул ва Банклар 2022-23y (1)

Trast operatsiyalari
Xalqaro bank amaliyotida trast operatsiyalari banklar mijozlarning topshirqlariga asosan ularning mulkini boshqarish yoki ishonchli vakil sifatida ularning nomidan xizmatlarni bajaruvchi shaxs.
Tijorat banklarida trast – bo‘limlari trast operatsiyalari doirasida quyidagi uch yo‘nalishdagi ishlarni bajaradi:
– mijozlarning vasiyatlariga binoan ularning meroslarini boshqarash;
– ishonchli vakil sifatida xizmatlarni bajarish va otaliqqa olish;
– agentlik (vositachilik) xizmati.
Mijozlarning vasiyatlariga binoan ularning meroslarini boshqarish. Meroslarni boshqarishda ularning asosiy vazifalari sud qarorini olish, meros bilan bog‘liq mol – mulklarni butligi va xafsizligini ta’minlash, ma’muriy xarajatlarni amalga oshirish, qarzlarni to‘lash yoki undirish, mol – mulk bilan bog‘liq soliqlarni to‘lash va vasiyatchining merosxo‘rlariga tegishli xizmatlarni ko‘rsatish va yordam berish. Masalan, amaliyotda bunday holat mulkdorning farzandlari voyaga etmaganda erta olamdan ko‘z yumushi natijasida vujudga kelishi mumkin.
Mijozning ishonchli vakili sifatida ishlarni bajarish yoki shartnoma asosida vaqtinchalik mol – mulkini boshqarish. Bu shakldagi operatsiyalar mijoz uzoq muddatga safarga yoki jismoniy zaifligi oqibatida o‘ziga tegishli mol – mulk (uy – joy, mashina, uy hayvonlari va boshqalar)ni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lmagan holatda yuz beradi.
Agentlik (vositachilik) xizmati.

  1. qimmatli qog‘ozlarni saqlashga qabul qilish;

  2. qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlarni undirish;

  3. qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olinadigan daromadlar haqida benefitsarga ma’lumot berib turish;

  4. muddati tugagan qimmatli qog‘ozlarni so‘ndirish;

  5. qimmatli qog‘ozlarni sotish va sotib olish;

  6. benefitsarning hisobvaraqlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish;

  7. sug‘urta polislarini rasmiylashtirish;

  8. seyflarni ijaraga berish.

YAkunlovchi fikr sifatida ta’kidlash mumkinki, har qanday iqtisodiyotda banklarning noa’ananaviy operatsiyalarini rivojlanishiga qator omillar ta’sir qiladi. Xususan, milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan kursining barqarorligi, real inflyasiya darajasining xalqaro amaliyotda umumqabul qilingan me’yorlarini ta’minlanishi, bank tizimiga aholi va mijozlar ishonchining mustahkamligi kabilar shular jumlasidandir.



Download 7.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling