"pul va banklar" fanidan
Xususiy sektorni rivojlantirish uchun
Download 1.03 Mb.
|
E.Feruz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalaridagi davlat xizmatlari sifatini oshirish
Xususiy sektorni rivojlantirish uchun teng sharoitlar yaratish hamda mehnat unumdorligi va aholi daromadlari o‘sishini sekinlashtiruvchi iqtisodiyotda noqonuniy g‘arazli manfaatlarni qondirish xatarlari bilan kurashish yo‘nalishlarida yanada ko‘proq ishlar qilinishi lozim. Xalqaro raqobatbardoshlikni yaxshilash uchun O‘zbekiston ishlab chiqarish omillari (yer, kapital, energiya, xom ashyo va ishchi kuchi kabi) bozorlarini liberalizatsiya qilishda davom etishi, barcha xo‘jalik subyektlari ulardan teng ravishda foydalanishlari uchun sharoitlar yaratishi kerak. Shuningdek, xalqaro savdoni olib borishdagi xarajatlarni qisqartirishda davom etish muhim.
Shu bilan birga, narxlarni liberalizatsiya qilish jarayonining yakuniga yetkazilishi, davlat korxonalarining isloh qilinishi, moliyaviy tizimning ishlashi va biznes uchun sharoitlarning yaxshilanishi resurslar bozor mexanizmlari asosida taqsimlanmasligi muammosini yechish hamda mehnat unumdorligini oshirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalaridagi davlat xizmatlari sifatini oshirish mamlakatda inson kapitalining rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Aholini ijtimoiy himoya qilishning samarali tizimini rivojlantirishga davlat investitsiyalarini yo‘naltirishda davom etish esa o‘tish davrida islohotlarning kambag‘al va zaif aholi qatlamlari uchun ta’sirlarini yumshatadi. Islohotlar natijasida amalga oshadigan qator o‘zgarishlar ayrim fuqarolarning farovonligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun, ularga puxta tayyorgarlik ko‘rilishi va bosqichma-bosqich amalga oshirilishi lozim. Mamlakat rasmiylari joriy qilgan inflyatsion targetlash va yangi fiskal qoidalar iste’mol narxlari va davlat qarzini nazorat ostida saqlashga yordam beradi. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimida ham muvaffaqiyatlarga erishildi. 2020 yil yanvar oyidan boshlab hukumat ijtimoiy yordam oladigan kam ta’minlangan uy xo‘jaliklari sonini oshirdi (2019 yilda 0,6 million, 2021 yilda 1,2 million, 2022 yil aprelida qariyb 1,8 million benefitsiar uy xo‘jaliklari). Jahon banki ushbu va boshqa sohalarda islohotlarni amalga oshirishda O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatladi. Bu yil biz O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasidagi hamkorlikning 30 yilligini nishonlamoqdamiz. Yaqin kelajakda biz hukumatga barcha fuqarolar farovonligini oshirishga yo‘naltirilgan inklyuziv va barqaror bozor iqtisodiyotini qurishda yordam berishda davom etamiz. Bizning moliyaviy va tahliliy ko‘magimiz mamlakat bilan yangi besh yillik hamkorlik dasturi doirasida amalga oshiriladi. Ushbu dastur Yangi O‘zbekistonning 2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasida nazarda tutilgan, iqtisodiyot va jamiyatni transformatsiya qilishni davom ettirishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirishda yordam beradi. Uning fikricha, jahon bankining joriy operatsiyasi O‘zbekiston uchun 2017 yildan buyon mamlakatda inklyuziv bozor iqtisodiyotini barpo etish maqsadida ko‘rsatgan keng ko‘lamli moliyaviy va texnik yordamimizga asoslanadi. Jahon bankining mamlakat bilan 2022−2026 yillarga mo‘ljallangan yangi hamkorlik dasturi O‘zbekistonning kelgusi besh yilga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor islohotlarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Ushbu operatsiya doirasida Jahon banki tomonidan taqdim etiladigan moliyalashtirish hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar va chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlaydi, jumladan: Fuqarolarni, shu jumladan, kambag‘al va zaif oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimining samaradorligini oshirish maqsadida yangi Aholini ijtimoiy himoya qilish Milliy strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish; xususiy sektorda ishlaydigan ayollar ish joylarida kamsitilishlarining xavfini kamaytirish maqsadida davlat tomonidan homiladorlik va tug‘ish («dekret») nafaqasi bo‘yicha to‘lovlarni kengaytirish; moliyaviy xizmatlar bozorida nobank kredit tashkilotlari sonini ko‘paytirish va kichik tadbirkorlik subyektlarining moliyalashtirish manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida shunday tashkilotlarning xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish; davlat korxonalarini xususiylashtirish, raqobatni rivojlantirish, shuningdek ishbilarmonlik muhiti hamda xususiy sektorni rivojlantirish uchun sharoitlarni yaxshilash maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarning to‘lovga qobiliyatsizligi jarayonlarini tartibga solish sohalarida yangi qonunchilik hujjatini ishlab chiqish; mobil telekommunikatsiya aloqalari bozorida barcha ishtirokchilar uchun raqobat muhitini yaratish uchun ushbu bozorda xususiy sektorning ishtirokini kengaytirish; davlat korxonalarining moliyaviy faoliyati ustidan nazoratni oshirish va ularning moliyaviy intizomini yaxshilash. Tobora kengayib borayotgan global iqtisodiy noaniqlik, xalqaro moliya bozorlaridagi murakkablashib borayotgan holat hamda, oziq-ovqat mahsulotlari va energoresurslarning jahon bozoridagi narxlari o‘sayotganligi sharoitida Jahon banki joriy operatsiya doirasida davlat budjetini moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi. 16 dekabr holatiga ko‘ra, Jahon bankining O‘zbekistondagi mamlakat bo‘yicha dasturi 27 ta loyihani o‘z ichiga olgan. Loyihalar hukumat tomonidan bank ko‘magida turli muhim sohalarda xususan, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, makroiqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, suv resurslarini boshqarish, qishloq xo‘jaligi, suv ta’minoti va kanalizatsiya, energetika, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim xizmatlarini, aholini ijtimoiy himoya qilishni, shahar va qishloq infratuzilmasini, innovatsiyalar, soliq ma’murchiligi, statistika idoralari va moliyaviy tizimlarni rivojlantirish va boshqa yo‘nalishlarda amalga oshirilmoqda. 2017-2021-yillarda O'zbekistonda hukumat bir qator islohotlarni amalga oshirdi. Valyuta ayirboshlash kursini isloh qilish va tashqi savdoni tartibga solish, shuningdek, turli tovarlar va xizmatlarning narxlarini liberallashtirish shular jumlasidandir. Hozirgi vaqtda hokimiyatning diqqati YaIM o'sishi oldidagi tarkibiy to'siqlarni bartaraf etishga qaratilgan. Misol uchun, ishlab chiqarish omillarining kam rivojlangan bozori hamda mamlakat iqtisodiyotida davlat korxonalari va banklarining ustun rolini keltirishimiz mumkin. Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning navbatdagi bosqichi yirik va raqobatbardosh xususiy sektorni yaratish imkonini beradi. Bu iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kam sonli ish o'rinlarini yaratadigan, davlatning keng ishtirokidagi samarasiz tizimni demontaj qilish uchun zarur. 2021-yilda O‘zbekiston fuqarolarining qariyb 7,5 foizi Jahon banki tomonidan daromadi o‘rtachadan past bo‘lgan mamlakatlar uchun belgilangan kambag’allik chizig’idan pastda yashagan. Ko’pgina odamlar ushbu chiziqqa yaqin yashaydilar va daromadlarini yo'qotib undan pastga tushib qolishlarining xavfi yuqori. Mamlakatdagi har oltinchi xonadonda oila a'zolaridan biri chet elda, asosan Rossiyada ishlaydi. COVID-19 pandemiyasi davrida boshlangan fuqarolarga ijtimoiy yordam ko'rsatishni yaxshilash bo'yicha islohotlar aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi va mehnat bozorida fuqarolarni qo'llab-quvvatlash dasturlari bilan qamrab olishga yordam beradi. Ushbu chora-tadbirlar mamlakatda kambag’allikning keskin o'sishini oldini olishga yordam beradi. Prognozlarga ko’ra, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi O‘zbekiston YaIM o‘sishini 2022-yilda 3,6 foizgacha sekinlashtiradi. Bu mehnat migrantlari pul o'tkazmalarining ikki baravar qisqarishi va ularning uyiga qaytishi, jahonda neft va oziq-ovqat narxlarining rekord darajada yuqoriligi, shuningdek, xalqaro savdoning logistika zanjirlaridagi, investitsiyalar kirib kelishidagi va bank tizimlari ishidagi uzilishlar bilan bog'liq. Aholi oʻrtasida kambag’allikning oʻsishiga yoʻl qoʻymaslik uchun fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularni mehnat bozorida qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha dasturlarni amalga oshirish talab etiladi. Davlatning yanada qattiqroq pul-kredit siyosati, xomashyo tovarlari eksportidan yanada yuqoriroq daromad, shuningdek, iqtisodiyotga davlat investitsiyalari uchun yanada past xarajatlar joriy ehtiyojlarni qondirish uchun byudjet-moliyaviy imkoniyatlar yaratadi va makroiqtisodiy barqarorlikni qo’llab-quvvatlashga yordam beradi. 2022-yil aprel oyida Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyotini kompleks diagnostik tadqiq qilish bo‘yicha ishlarni yakunladi. Qoida tariqasida, ushbu hisobot Jahon bankining mijoz-davlatlari uchun har besh yilda bir marta tuziladi. Unda mijoz-davlatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy muammolari va imkoniyatlari tahlil qilinadi. Qayd etilgan hisobot Jahon banki guruhi va O'zbekiston o'rtasidagi Mamlakat bilan hamkorlikning yangi asos dasturini (MHD) tayyorlash uchun negiz bo'lib xizmat qildi. Unda hamkorlikning yo‘nalishlari hamda 2022-2026-yillarda hukumat islohotlarini moliyaviy va tahliliy qo‘llab-quvvatlash ko‘lami belgilab berilgan. MHD 2022-yil may oyi oxirida Jahon banki Ijrochi direktorlar kengashiga ko’rib chiqish uchun taqdim etiladi. Yangi MHDda inklyuziv va barqaror bozor iqtisodiyotiga o‘tishda O‘zbekistonni qo’llab-quvvatlashning ustuvorliklari sifatida quyidagi yo‘nalishlar belgilangan: 1) xususiy sektorda ish o‘rinlari sonini ko‘paytirish; 2) inson kapitalini rivojlantirish; hamda 3) farovonlik va iqlim barqarorligini yaxshilash uchun mamlakatning yanada ekologik iqtisodiy o'sish modeliga o'tishiga ko’maklashish. MHD 2022–2026-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasida belgilangan hukumat rejalarini amalga oshirishga hissa qo‘shadi. Bu hukumatga 2026-yilga borib aholi oʻrtasida kambag’allikni ikki baravar kamaytirish, shuningdek, 2030-yilga borib Oʻzbekistonning, daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan davlatlar qatoriga kirishi kabi maqsadlariga erishishida yordam beradi. Hamkorlikning asosiy yo'nalishlari 2017-yildan boshlab Jahon banki O‘zbekistonga uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida moliyaviy va tahliliy yordamni salmoqli darajada oshirdi. Bu sa’y-harakatlar muhim bozor islohotlari dasturini amalga oshirish jarayonida hukumatni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Bugungi kunda Jahon bankining O‘zbekistondagi dasturi Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida Turkiyadan keyin eng yirik operatsiyasidir. 2022-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, u umumiy qiymati taxminan 5,25 milliard AQSh dollari bo‘lgan 27 ta loyihani o’z ichiga oladi. Loyihalar Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining (XTTB) 2,03 milliard AQSh dollari miqdoridagi kreditlari va Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasining (XTA) 3,22 milliard AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kreditlari hisobidan moliyalashtiriladi (XTTB va XTA Jahon banki guruhiga kiruvchi tashkilotlardir). Yuqorida qayd etilgan loyihalar makroiqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish, suv resurslarini, irrigatsiya va drenaj tizimlarini boshqarish, sog'liqni saqlash, ta'lim, suv ta'minoti, energetika, transport, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, shahar va qishloq infratuzilmasi, milliy innovatsiya tizimi, soliq ma'muriyatchiligi va statistika organlari kabi muhim sohalarda hukumatni qo'llab Jahon bankining moliyaviy ishtirokida hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, shuningdek, COVID-19 pandemiyasining fuqarolar salomatligi va mamlakat iqtisodiyotiga oqibatlarini yumshatishga ham yordam beradi. Texnik ko‘mak va maslahat-tahliliy xizmatlar dasturi Jahon bankining O‘zbekistondagi loyihalari portfelini to‘ldiradi. Hozirgi vaqtda Jahon banki dastur doirasida sog‘liqni saqlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish va yer resurslarini boshqarish bo‘yicha milliy strategiyalarni amalga oshirishga o’z hissasini qo‘shmoqda. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi, energetika, aviatsiya, soliq va bank tizimlari, tashqi savdo tarmoqlarini isloh qilishda hamda mamlakat aholisi o‘rtasida kambag’allik o‘zimizga aniq belgilab oldik. Mamlakatimizning uzoq va davomli manfaatlari taqozo etgan holatlarda va keskin vaziyatlardan chiqish, ular tug‘diradigan muammolarni hal etish zarur bo‘lganda iqtisodiyotda davlat tomonidan boshqaruv usullari qo‘llandi va bunday yondashuv oxir-oqibatda o‘zini to‘la oqladi. Shu o‘rinda O‘zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, byudjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun yetarli Shuni ham qayd etishni istardimki, qarzni o‘z vaqtida qaytara olishga qat’iy ishonchimiz va kafolatimiz bo‘lmagan paytlarda muayyan loyihalarni kreditlash bo‘yicha ayrim takliflardan voz kechgan holatlarimiz ham bo‘ldi. Tijorat banklarimizning tashqi majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlarining holati va hajmi masalasi bo‘yicha so‘z yuritganda hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q. Bu ham respublikamiz bank tizimi jahon moliyaviy inqirozining salbiy ta’siri va oqibatlaridan ishonchli tarzda himoyalanganini ko‘rsatadi. O‘zbekiston o‘zining ishonchli va to‘lov qobiliyatiga ega hamkor ekanini, mamlakatimizda chet el sarmoyasini jalb etish bo‘yicha har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratilganini amalda isbotlamoqda. 2007—2008 yillar davomida o‘zlashtirilgan chet el investitsiyalari hajmi 2,5 barobardan ko‘proq oshganining o‘zi ham buni tasdiqlab turibdi. Umuman, 2009 yilda mamlakat iqtisodiyotiga kiritiladigan xorijiy va ichki investitsiyalarni hisobga olganda, kapital qo‘yilmalarning umumiy hajmi mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining kamida 25 foizini tashkil etadi. Aholining ish haqi va daromadlarini izchil va oldindan oshirib borish hamda iste’mol bozorida narxlar indeksining asossiz tarzda o‘sishining oldini olishga doir chora-tadbirlar ham izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bu esa el-yurtimizning farovonligini yuksaltirish, aholining xarid qobiliyatini oshirishni ko‘zda tutadigan eng muhim ustuvor maqsadlarimizga to‘la mos keladi. Tabiiyki, yuqorida keltirilgan misol va raqamlardan tobora chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga ta’sir ko‘rsatmaydi, bizni chetlab o‘tadi, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Masalani bunday tushunish o‘ta soddalik, aytish mumkinki, kechirib bo‘lmas xato bo‘lur edi. Barchamiz bir haqiqatni anglab yetishimiz lozim — O‘zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Buning tasdig‘ini tashqi dunyo bilan aloqalarimiz tobora kengayib borayotganida, taraqqiy topgan yetakchi davlatlar ko‘magida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha dasturlarning amalga oshirilayotganida, O‘zbekistonning xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuvida, mahsulot va www.ziyouz.com kutubxonasi 7 tovarlar importi va eksportining o‘sib borishida va boshqa misollarda yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Shu bois global moliyaviy inqiroz va birinchi navbatda uning oqibatlari iqtisodiyotimizning rivojlanishi va samaradorlik holatlariga ta’sir etayotganidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Jahon bozorida talabning pasayib borishi oqibatida O‘zbekiston eksport qiladigan qimmatbaho va rangli metallar, paxta, uran, neft mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar va boshqa mahsulotlarning narxi tushib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar va investorlarning eksportdan oladigan tushumlari kamayishiga olib keladi. Ularning foyda ko‘rishiga va ishlab chiqarish rentabelligiga, oxir-oqibatda esa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarimizning o‘sish sur’atlari va iqtisodiyotimizning boshqa tomonlariga salbiy ta’sir etadi. Shubha yo‘q, jahon moliyaviy inqirozining ta’sirini kamaytirish va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun bizda barcha zarur shart-sharoitlar mavjud. Avvalambor keyingi davr mobaynida mamlakatimizning iqtisodiy va moliyaviy salohiyatining puxta poydevorini, moliya-bank tizimining ishonchli boshqaruv mexanizmlarini o‘z vaqtida shakllantirib va mustahkamlab olganimiz bunga kafolat va asos bo‘lib xizmat qilishi muqarrar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yaqinda qabul qilingan farmoni bilan jahon moliya inqirozining oqibatlariga qarshi kurash yo‘lida bank va moliya tuzilmalariga qo‘shimcha yordam berish, iqtisodiyotning real sektori korxona va kompaniyalarining faolligini kuchaytirish va rag‘batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishga solish ko‘zda tutilgan. Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimizda global inqirozning oqibatlarini, bugungi va ertangi kutiladigan ta’sirini hisobga olgan holda, qat’iy, har tomonlama o‘ylangan keng ko‘lamli loyihalar bugun amalga oshirilmoqda. Albatta, mamlakatimizda bunday chora-tadbirlar tatbiq qilinishi bilan bir qatorda bu jiddiy sinovni yengish, hech shubhasiz, ko‘p jihatdan hammamizdan avvalo mas’uliyatimizni teran his qilishni, barcha imkoniyat va resurslarimizni ishga solishni talab qiladi. II. Bank tizimini qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik yangilash va diversifikatsiya qilish, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish — O‘zbekiston uchun www.ziyouz.com kutubxonasi 8 inqirozni bartaraf etish va jahon bozorida yangi marralarga chiqishning ishonchli yo‘lidir Iqtisodiyotimizning jahon xo‘jalik va moliyaviy-iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuv jarayoni tobora chuqurlashib borayotganini inobatga oladigan bo‘lsak, jahon moliyaviy inqirozi, avvalo uning oqibatlari bizga ham salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani haqida gapirib o‘tirishning hech qanday zarurati bo‘lmasa kerak, deb o‘ylayman. Yana takror aytishga to‘g‘ri keladi — bunday ta’sir, avvalambor, umuman dunyo bozoridagi talab va narxlarning keskin tushib ketishida va tabiiyki, mamlakatimiz eksport qiladigan mahsulotlarning muhim turlariga nisbatan hamda eksportga yo‘naltirilgan yetakchi tarmoqlar va ular bilan bog‘liq turdosh korxonalar faoliyatida namoyon bo‘lmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, butun iqtisodiyotimizning mutanosib va samarali rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, ko‘zda tutilgan loyihalarni amalga oshirish, o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishish yo‘lida ko‘plab muammolarni tug‘dirmoqda. Muxtasar aytganda, 2008 yil biz uchun, birinchi navbatda mamlakatimiz mehnatkashlari uchun g‘oyat murakkab va og‘ir bo‘ldi. Lekin, yuzaga kelgan barcha muammo va qiyinchiliklarga qaramay, xalqimizning fidokorona mehnati va amalga oshirilgan tadbirlar evaziga 2008 yilda iqtisodiyotimizning nafaqat barqaror faoliyat ko‘rsatishiga, balki uning yuqori o‘sish sur’atlarini izchil ta’minlashga erishdik. 2008 yilda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari 9 foizni, sanoatda 12,7 foizni, jumladan, iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda 17,7 foizni tashkil etdi, xizmat ko‘rsatish hajmi 21,3 foizga o‘sdi. Iqtisodiyotning boshqa muhim tarmoqlari ham barqaror sur’atlar bilan rivojlandi: qurilish — 8,3 foiz, transportda yuk va yo‘lovchi tashish hajmi — 10,2 foiz, savdo sohasi — 7,2 foizga o‘sdi. Qishloq xo‘jaligida 4,5 foiz o‘sishga erishilib, 3 million 410 ming tonna paxta xom ashyosi tayyorlandi, 6 million 330 ming tonna g‘alla, shu jumladan, 6 million 145 ming tonna bug‘doy yetishtirildi. Davlat byudjeti ortig‘i bilan bajarildi, ko‘zda tutilgan defitsit o‘rniga yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1,5 foiz miqdorida profitsitga erishildi. Puxta o‘ylangan qat’iy pul-kredit siyosatini izchil olib borish tufayli inflyatsiya ko‘zda tutilgan prognoz ko‘rsatkichlari chegarasida, ya’ni yillik 7,8 foiz darajasida saqlab qolindi. Shu o‘rinda mamlakatimizda mehnatni rag‘batlantirish, ish haqini ko‘paytirish va aholi daromadlari o‘sishini ta’minlashga qaratilgan www.ziyouz.com kutubxonasi 9 siyosatni amalga oshirish bo‘yicha qo‘lga kiritilgan natijalar haqida alohida to‘xtalib o‘tmoqchiman. 2008 yilda o‘rtacha ish haqi byudjet tashkilotlarida 1,5 barobardan ziyod, butun iqtisodiyot bo‘yicha esa 1,4 barobar oshdi. Natijada o‘rtacha ish haqi miqdori 300 AQSH dollaridan ortiq bo‘ldi. Aholining real daromadlari esa yil davomida jon boshiga 23 foiz ko‘paydi. 2009 yilni oladigan bo‘lsak, o‘rtacha ish haqi miqdorini byudjet sohasida — va shunga mos ravishda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda ham — 1,4 barobar oshirish ko‘zda tutilmoqda. Inflyatsiyaning o‘sish ko‘rsatkichini 7—9 foiz darajasida saqlab turish mo‘ljallanmoqda. Tashqi bozorda kon’yunkturaning yomonlashuviga qaramasdan, 2008 yilda tashqi savdo aylanmasi 21,4 foizga oshdi, ayni vaqtda tovarlar va xizmatlar eksporti 28,7 foizga ortdi. Natijada tashqi savdo balansida ijobiy saldo hajmi sezilarli darajada o‘sdi. Bu esa ishonchli to‘lov balansi va iqtisodiyotimiz barqarorligining muhim ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qilmoqda. Tashqi savdo tarkibida chuqur ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Keyingi yillar mobaynida eksport tarkibida raqobatdosh tayyor mahsulot salmog‘ining barqaror o‘sish tendensiyasi va xom ashyo yetkazib beruvchi tarmoqlar mahsulotlari ulushining kamayib borayotgani yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. 2008 yilda umumiy eksport hajmida xom ashyo bo‘lmagan tovarlarning ulushi 71 foizdan ziyodni tashkil etdi. Ayni vaqtda O‘zbekiston uchun an’anaviy eksport xom ashyosi bo‘lgan paxta tolasining bu boradagi ulushi 2003 yildagi 20 foizdan 2008 yilda 12 foizga tushdi. Ta’kidlash kerakki, tashqi savdo munosabatlarimiz geografiyasi, avvalo, rivojlanib borayotgan Osiyo qit’asi bozorlari bilan savdo aylanmasining o‘sishi hisobiga sifat jihatidan o‘zgarmoqda. Bu ko‘rsatkichlarning barchasi, avvalo, eksport tarkibida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan raqobatdosh tayyor mahsulot ulushining izchil oshishi, birinchi navbatda, iqtisodiyotimizning o‘sib borayotgan salohiyati va imkoniyatlaridan dalolat beradi. Shu bilan birga, bunday holat eksportimizning xom ashyo resurslari narxi tez-tez o‘zgarib turadigan jahon bozori ta’siriga bog‘liqligini kamaytirishda muhim yo‘nalish bo‘lib xizmat qiladi. Jahon iqtisodiy inqirozi davom etayotgan hozirgi sharoitda bunday o‘zgarish ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Nega deganda, bugungi kunda www.ziyouz.com kutubxonasi 10 eksport asosan xom ashyo yetkazib berishdan iborat bo‘lib, dunyo bozoridagi narx-navo o‘yinlariga haddan tashqari bog‘lanib qolayotgani ayrim mamlakatlarda valyuta tushumlarini kamaytiradigan, moliyaviy barqarorlikning yomonlashuviga olib keladigan, iqtisodiyotni izdan chiqaradigan jiddiy faktorga aylanmoqda. Bizning keyingi yillarda eksport sohasida qo‘lga kiritgan yutuqlarimiz, avvalo, mamlakatimiz iqtisodiyotini tubdan tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya qilish, qisqa muddatda biz uchun mutlaqo yangi, lokomotiv rolini bajaradigan tarmoqlarni barpo etish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash dasturlarini amalga oshirish, zamonaviy bozor infratuzilmasini shakllantirish borasida o‘z vaqtida boshlangan, chuqur o‘ylangan va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan ishlarimizning natijasidir. Mamlakatimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo‘lib kelmoqda. 2008 yilda iqtisodiyotni rivojlantirish uchun barcha moliyaviy manbalar hisobidan 6,4 milliard AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb etildi. Bu 2007 yil bilan taqqoslaganda, 28,3 foizga ko‘p bo‘lib, yalpi ichki mahsulotga nisbatan investitsiyalar hajmi 23 foizni tashkil etdi. O‘zlashtirilgan barcha investitsiyalarning 50 foizga yaqini ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashga yo‘naltirilganini ta’kidlash darkor. Keyingi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmining izchil va barqaror o‘sib borayotgani e’tiborga sazovordir. 2008 yilda 1 milliard 700 million AQSH dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi. Bu 2007 yildagiga nisbatan 46 foiz ko‘p demakdir. Eng muhimi, xorijiy investitsiyalarning 74 foizini to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar tashkil etdi. Jahon inqirozi davom etayotganiga qaramasdan, 2009 yilda mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar hajmi 1 milliard 800 million dollarga ko‘payadi, buning to‘rtdan uch qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalardir. Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlash kerakki, o‘zlashtirilgan barcha investitsiyalarning qariyb 54 foizini korxonalar va aholi mablag‘lari tashkil etadi. Bu mamlakatimizda soliq yukini kamaytirish va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning investitsiya faolligini rag‘batlantirish bo‘yicha olib borilayotgan soliq siyosati qanchalik to‘g‘ri ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. www.ziyouz.com kutubxonasi 11 Iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va uni modernizatsiya qilish borasida strategik muhim rol o‘ynaydigan loyihalarni amalga oshirish, birinchi navbatda, ishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirishda 2006 yilda tashkil etilgan, bugungi kunda 3 milliard 200 million AQSH dollaridan ortiq nizom jamg‘armasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot fondi faoliyatiga katta ahamiyat berilmoqda. YAqin istiqbolda ushbu Fond aktivlarini 5 milliard dollarga yetkazish ko‘zda tutilmoqda. O‘tgan ikki yil mobaynida o‘nlab yirik sanoat va infratuzilma inshootlarini moliyalashtirish va hamkorlikda moliyalashtirish uchun Fond tomonidan 550 million AQSH dollaridan ziyod miqdorda kreditlar ajratildi. Mamlakatimiz bo‘yicha investitsiya dasturlarini amalga oshirish natijasida qariyb 250 milliard so‘mlik asosiy fondga ega bo‘lgan jami 423 ta ob’yekt, jumladan, oziq-ovqat sanoatida 145 ta, qurilish materiallari sanoatida 118 ta, yengil va to‘qimachilik sanoatida 65 ta, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi sohasida 58 ta, kimyo va neft-kimyo sanoatida 13 ta, farmatsevtika tarmog‘ida 8 ta ob’yekt ishga tushirildi. 2008 yilda ishga tushirilgan va hozirgi kunda qurilayotgan yirik ishlab chiqarish inshootlari qatorida Farg‘ona vodiysini elektr energiyasi bilan muntazam ta’minlash imkonini beradigan, uzunligi 165 kilometrlik Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasi — "O‘zbekiston" yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyasi barpo etilganini alohida ta’kidlash joiz. Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasini "So‘g‘diyona" kuchlantirish stansiyasi bilan bog‘laydigan, o‘uzor-Surxon yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari va Toshkent shahri elektr ta’minoti ob’yektlari loyihalarini amalga oshirish ishlari davom ettirilmoqda. Shuningdek, 2008 yili 2 ming 600 kilometrdan ortiq ichimlik suvi hamda 825 kilometrdan ziyod tabiiy gaz tarmoqlari foydalanishga topshirildi. Ijtimoiy soha ob’yektlarini qurish va foydalanishga topshirish masalalariga ustuvor ahamiyat berilishi natijasida 113 ming 200 o‘quvchiga mo‘ljallangan 169 ta kasb-hunar kolleji va 14 ming 700 o‘rinli 23 ta akademik litsey qurildi va rekonstruksiya qilindi. Shu bilan birga, 69 ta yangi maktab barpo etildi va 582 ta maktab kapital rekonstruksiya qilindi. Shular qatorida 184 ta bolalar sporti inshooti, 26 ta qishloq vrachlik punkti va 7 million 240 ming kvadrat metr turarjoy binolari va boshqa ob’yektlar qurildi. www.ziyouz.com kutubxonasi 12 2008 yilda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining samaradorligini yanada oshirish prinsipial muhim ahamiyatga ega ekanini inobatga olib, fermer xo‘jaliklariga ajratilayotgan yer maydonlarini optimallashtirish borasida zarur ishlar amalga oshirildi. Dastlab zarar ko‘rib ishlaydigan, rentabelligi past va istiqbolsiz shirkat xo‘jaliklarini tugatish negizida tashkil etilgan xususiy fermer xo‘jaliklari bugungi kunda haqli ravishda qishloqda yetakchi bo‘g‘inga — qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi asosiy kuchga aylandi. Hozirgi vaqtda fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etishning eng samarali shakli ekanini hayotning o‘zi tasdiqlab bermoqda. Yurtimizda fermer xo‘jaliklarini moddiy-texnik ta’minlash va moliyalash bo‘yicha bozor iqtisodiyoti tamoyillariga to‘la javob beradigan ishonchli tizim va mexanizmlar shakllantirildi va muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. Har yili fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash uchun katta miqdorda moddiy resurs va mablag‘lar ajratilmoqda. Faqat o‘tgan 2008 yilning o‘zida qishloq xo‘jalik mahsulotlarining eng muhim turlarini yetishtirish uchun 1 trillion so‘m, jumladan, paxta tayyorlashga — 800 milliard so‘m, g‘alla yetishtirishga 200 milliard so‘m mablag‘ avans tariqasida berildi. 2009 yilda ushbu maqsadlar uchun 1 trillion 200 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Qishloq xo‘jalik texnikasini lizing asosida sotib olish bo‘yicha maxsus tashkil etilgan Fond hisobidan ushbu maqsadlar uchun 2008 yili 43 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilgan bo‘lsa, 2009 yilda 58 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirish rejalashtirilmoqda. Davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan ana shunday e’tibor va amaliy yordam tufayli 2008 yilda fermer xo‘jaliklarining paxta yetishtirishdagi ulushi 99,1 foizni, g‘alla tayyorlashda esa 79,2 foizni tashkil qildi. Shu bilan birga, o‘tgan davr mobaynida orttirgan tajribamiz fermerlikni yanada rivojlantirish uchun bir qator juda muhim muammolarni, xususan, fermer xo‘jaliklarining barqarorligi, eng muhimi, ularning samaradorligini oshirish bilan bog‘liq masalalarni hal qilishni qat’iy talab etmoqda. Faoliyat yuritayotgan aksariyat fermer xo‘jaliklarining ish tajribasi shundan dalolat beradiki, fermer xo‘jaliklarini shakllantirishning dastlabki bosqichida ularga ajratib berilgan yer maydonlarining kamligi mahsulot www.ziyouz.com kutubxonasi 13 ishlab chiqarish rentabelligining o‘sishiga ko‘p jihatdan to‘sqinlik qilmoqda. Imkoniyati, kuch-quvvati kam bo‘lgan fermer xo‘jaliklari o‘zini zarur texnika, aylanma mablag‘ bilan ta’minlash, kredit qobiliyatiga ega bo‘lish, eng asosiysi, o‘z xarajatlarini qoplash va foyda ko‘rib ishlash, daromadni oshirishning ishonchli asosiga aylanolmasligini bugun hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, yer maydonlarini to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazish va fermer xo‘jaliklari faoliyatini tanqidiy baholash asosida ularning yer maydonlarini optimallashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli, shu bilan birga, puxta o‘ylangan ishlar amalga oshirildi. Bunda fermer xo‘jaliklarining qaysi sohaga ixtisoslashgani va mamlakatimizning turli hududlaridagi aholi zichligi alohida e’tiborga olindi. Ana shu ishlar natijasida fermer xo‘jaliklari uchun ajratilgan yer maydonlari bugungi kunda paxtachilik va g‘allachilikda o‘rtacha 37 gektardan 93,7 gektargacha ko‘paydi yoki 2,5 barobardan ziyod oshdi. Bu ko‘rsatkich sabzavotchilikda — 10 gektardan 24,7 gektargacha yoki 2,5 barobar, chorvachilikda esa 154 gektardan 164,5 gektargacha ko‘paydi. 2008 yilda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi barqaror rivojlandi. 2021-yilda O‘zbekiston YaIM 7,4 foizga o‘sdi. Ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalarining sezilarli o'sishi qishloq xo'jaligidagi hali ham zaif bo’lgan o'sishni ushlab turishga yordam berdi. Mehnat muhojirlaridan pul o‘tkazmalari oqimi tiklandi. Biroq, bu oltin sotishdan tushgan daromadning sezilarli pasayishini (29 foizga) to’liq qoplay olmadi. Bu joriy operatsiyalar hisobining yanada kengroq taqchilligiga olib keldi va u 2020-yildagi 5 foizdan 2021-yilda YaIMning 6,6 foizigacha ko'tarildi. Davlat byudjeti taqchilligi 2020-yildagi 4,5 foizdan 2021-yilda YaIMga nisbatan 6,2 foizgacha o‘sdi. U deyarli to‘liq yangi tashqi qarzlar hisobidan moliyalashtirildi. Bunda qarzlar hukumatning yangi qarz bo'yicha belgilagan 5,5 milliard dollar miqdoridagi yillik yuqori chegarasidan oshmadi. Inflyatsiya pasayishda davom etib, 2021-yilda o‘rtacha 10,8 foizni tashkil etdi (2020-yildagi 12,9 foizga nisbatan). Oziq-ovqatning hamda transport xarajatlarining yanada yuqori ichki va xalqaro narxlari inflyatsiyaga turtki bo’lishda davom etdi. Davlat tomonidan subsidiyalangan kreditlash hajmining qisqarishi va yuqori real foiz stavkalari kreditlash hajmining o‘sishini 2020-yildagi 31 foizdan 2021-yilda 18 foizgacha sekinlashtirdi. Bank tizimi faoliyati barqarorligicha qolmoqda. Bufer kapital zaxiralari va likvidligi normativ minimumlardan yuqoriligicha qolmoqda. O‘zbekiston Markaziy banki bank tizimining dollarlashuvini kamaytirish maqsadida 2021-yilda xorijiy valyutadagi depozitlar bo‘yicha minimal zaxiralarni 14 foizdan 18 foizga oshirdi. Ishsizlik darajasi 2020-yildagi 10,5 foizdan 2021-yilda 9,6 foizga tushdi. Biroq u hali ham COVID-19 pandemiyasidan oldingi 9 foiz darajasiga qaytgani yo‘q. JAHON BANKINING O'ZBEKISTONDAGI DASTURI Iqtisodiy rivojlanish istiqbollari Ukrainadagi urush O‘zbekiston YaIM o‘sishini 2022-yilda 3,6 foizgacha sekinlashtiradi; inqirozgacha bu ko’rsatkich 6 foiz atrofida bo’lishi prognoz qilingan edi. Rublning zaiflashishi va Rossiya iqtisodiyotining qulashi tufayli mehnat muhojirlaridan pul o‘tkazmalarining kutilayotgan 50 foizga kamayishi, shuningdek, neft, bug‘doy va o‘simlik moyi narxlarining ko’tarilishi xususiy iste’mol o‘sishini keskin kamaytiradi. Shuningdek, milliy iqtisodiyotning Rossiya kapital importiga hamda davlat va xususiy investitsiya loyihalarini bank tomonidan moliyalashtirilishiga kuchli qaramligini hisobga olgan holda, investitsiyalar oqimi o'sishining sekinlashuvi kutilmoqda. O‘zbekiston xomashyo (oltin, mis va tabiiy gaz) narxlarining yuqori bo‘lishidan foyda ko‘rsa-da, pul o‘tkazmalarining YaIMga nisbatan 6 foizgacha qisqarishi 2022-yilda joriy operatsiyalar hisobi taqchilligini YaIMning 10 foizigacha oshishiga olib keladi. Rossiyadan xorijiy investitsiyalar qisqarishi kutilmoqda. Bundan tashqari, umuman, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar oqimi 2022-yilda cheklangan bo’ladi. Uning tiklanishi uchun vaqt kerak. Natijada joriy operatsiyalar hisobining yanada yuqori taqchilligi hukumat tomonidan yangi tashqi qarzlar olish va oltin-valyuta zaxiralari mablag'laridan foydalanish orqali moliyalashtiriladi. 2022-yilda davlat byudjetining umumiy taqchilligi YaIMning 4 foizigacha qisqarishi kutilmoqda. 2023- yilgacha amalga oshirilishi rejalashtirilgan byudjet konsolidatsiyasi, ehtimol, kechiktirilishi kerak bo‘ladi. Prognozlarga ko’ra, davlat qarzi 2022-2023-yillarda YaIMning 42 foizi darajasidagi cho’qqiga yetishi mumkin. U 2024-yil oxirigacha YaIMning 40% atrofida barqarorlashishi kerak. Jahon banki 2023-yilda dunyo iqtisodiyoti turg’unlikka kirishini taxmin qilmoqda. Xalqaro moliya tashkilotiga ko’ra, inflyatsiyaga qarshi kurash doirasida ko’plab mamlakatlarda markaziy banklar moliyalash stavkasi foizini oshirishi, Rossiyaning Ukrainada davom etayotgan urushi kabi bir qator sabablar tufayli joriy yil dunyoda iqtisodiy o’sish to’xtashi mumkin. Jahon baki 2023-yilda global yalpi ichki mahsulotning o'sishi 1,7 foizni tashkil etishini bashorat qildi. Bu o’tgan 30 yil ichida, 2009 va 2020-yillardagi tanazzuldan keyin, eng sekin o’sishdir. 2022-yil iyun oyida bank 2023-yil uchun global o'sishni 3 foiz darajasida prognoz qilgan edi. Bankning ta'kidlashicha, rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotidagi sekinlashuv, shu jumladan, AQSh va Yevro hududi uchun prognozning 0,5 foizga qisqartirilishi oxirgi iqtisodiy inqirozdan uch yil o’tmasdan yangisi yuz berishi mumkinligini ko’rsatmoqda. "Iqtisodiy noqulay sharoitlarni hisobga olgan holda, kutilganidan yuqori inflyatsiya, uni ushlab turish uchun foiz stavkalarining keskin ko'tarilishi, “COVID-19” pandemiyasining qayta bo’y ko’rsatishi yoki geosiyosiy keskinlikning kuchayishi kabi har qanday salbiy o’zgarish global iqtisodiyotni resessiyaga olib kelishi mumkin", - deyiladi bank hisobotiga ilova qilingan bayonotda. Jahon bankining qayd etishicha, rivojlanayotgan iqtisodiyotlar uchun vaziyat, ayniqsa, og'ir bo'ladi, chunki ular og'ir qarz yuklari, zaif valyuta hamda daromad va biznes investitsiyalarining kamayishi muammolari bilan kurashmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiy o’sish so’nggi 20 yilda eng quyi nuqtaga tushishi mumkin. O'sish va biznes investitsiyalarining zaifligi ta'lim, sog'liqni saqlash, qashshoqlik va infratuzilmadagi allaqachon halokatli o'zgarishlarni hamda iqlim o'zgarishiga bo'lgan bosimni yanada kuchaytiradi", - dedi Jahon banki Prezidenti Devid Malpass o'z bayonotida. Jahon banki hisobotida aytilishicha, 2022-yilda Xitoyning o‘sishi 2,7 foizga tushib ketdi, bu, 2020-yilni hisobga olmaganda, 1970-yillarning o‘rtalaridan buyon Xitoyda yuz bergan eng sekin o’sishdir. Pekin 2023-yilda 4,3% o’sishga erishishi kutilmoqda, ammo bu koronavirusning qayta avj olishi hamda tashqi talabning zaiflashishi tufayli iyun oyidagi prognozdan 0,9 foizga past. Jahon banki 2022-yil yakuniga kelib inflyatsiya bosimi biroz pasayganini, shuningdek, energiya va xom ashyo narxlari tushganini ta’kidlagan, ammo u ayni paytda yangi ta'minot yo’llarining uzilish xavfi yuqori ekanligi va yuqori bazaviy inflyatsiya saqlanib qolishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Markaziy banklar bunga moliyalash stavkalarini kutilganidan ko'proq oshirish orqali javob berishi mumkin; bu esa global iqtisodiy vaziyatni yanada beqarorlashtiradi, deya qo'shimcha qiladi u. Bank qashshoq mamlakatlar aholisiga oziq-ovqat va energiya zaxirlari masalasida yordam berish kerakligini aytadi. Hisobotda aytilishicha, iqlimga moslashish, inson kapitali va sog'liqni saqlash sohalariga investitsiyani kuchaytirishga yordam berish uchun xususiy kapital va ichki resurslar bilan bir qatorda yangi imtiyozli moliya va grant manbalarini topish zarur. Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida 2022-yil iqtisodiy o‘sish 0,2 foizni tashkil etgan. 2023 yilda u 0,1 foiz darajasida deyarli o‘zgarishsiz qolishi prognoz qilinmoqda. Bu, asosan, Rossiya iqtisodiyotining keskin qisqarishi va Ukrainadagi chuqur turg’unlik bilan bog’liq. Bu ikki iqtisodiyotni hisobga olmaganda, Yevropa-Markaziy Osiyo hududida ishlab chiqarish 2023-yilda 2, 1 foizga o'sishi taxmin qilinmoqda. Xulosa
Jahon banki 2023-yilda dunyo iqtisodiyoti turg’unlikka kirishini taxmin qilmoqda. Xalqaro moliya tashkilotiga ko’ra, inflyatsiyaga qarshi kurash doirasida ko’plab mamlakatlarda markaziy banklar moliyalash stavkasi foizini oshirishi, Rossiyaning Ukrainada davom etayotgan urushi kabi bir qator sabablar tufayli joriy yil dunyoda iqtisodiy o’sish to’xtashi mumkin. So’nggi hisobot Jahon banki joriy hafta iqlim o'zgarishi va boshqa global inqirozlarni hal qilish uchun kredit imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirish masalasida o’tkazayotgan yig’ini arafasida e’lon qilindi. Yig’in yakunida qabul qilinishi kutilayotgan reja Ikkinchi jahon urushi oxirida tashkil qilingandan beri bank ishi tarixidagi eng katta o’zgarishlarni o’z ichiga olishi aytilyapti. Foydalanilgan adabiyotlar . O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni. https://prezi.com/p/ucrsld4dg1l7/jahon-moliyaviy-inqirozining-yuzaga-kelish-sabablari-oqibatlari-va-uni-ozbekistonda-bartaraf-etish-yollari/ O‘zbekiston Respublikasining “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”gi Qonuni. https://genderi.org/mavzu-jahon-moliyaviy-inqirozining-yuzaga-kelish-sabablari-oki.html O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasining “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonuni. https://library.samdu.uz/download/7193 https://www.gazeta.uz/oz/2022/11/02/world-bank/ https://azkurs.org/1-jahon-moliyaviy-inqirozining-yuzaga-kelish.html https://fayllar.org/mavzu-jahon-moliyaviy-inqirozining-yuzaga-kelish-sabablari-oqi.html https://mbaza.uz/anywork/jahon-moliyaviy-iqtisodiy-inqirozi-va-ozbekistonda-unga-qarshi-qollanilayotgan-chora-tadbirlar/ Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling