Maqsadli ketma-ketlikda to‘lovlar oldindan belgilangan maqsadlarga qarab to‘lanadi.
Bu ketma-ketlik
rivojlanayotgan davlatlarda, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasida qo‘llaniladi.
Har qanday pullik to‘lovlar pul aylanmasida ishtirok etuvchi sub’ektlarining joriy
hisob raqamlaridagi pul
mablag‘lari hisobiga to‘lanadi. Joriy hisob raqamlar AQSH bank amaliyotida tranzaksion
depozit hisob raqamlari,
Germaniyada jiro hisob raqamlari, Rossiyada “depoziti do vostrebovanie” deyiladi. Fransiyada joriy hisob raqami deyiladi,
O‘zbekistonda talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlari deyiladi.
Naqd pul aylanmasi muomalaga 2 kanal orqali chiqadi:
1) Markaziy Bankning zaxira vakillik tizimi orqali (tijorat banklarining buyurtmalari asosida). Tijorat
banklarida naqd pulga bo‘lgan qo‘shimcha talab yuzaga kelganda ular bu talabni qondirish uchun markaziy bankga naqd
pul olish uchun buyurtma beradilar. Markaziy Bank buyurtma qilingan naqd pulni emissiya
qiladi va uni inkassatsiya
xizmati orqali tijorat banklariga yetkazadi. Emissiya qilingan summaga Markaziy Bank balansining
passiv qismidagi
“Majburiyatlar moddasi” ko‘payadi. Tijorat bankining Markaziy Bankning balansida ochilgan “Vostro”
vakillik hisob
raqamining qoldig‘i ana shu summaga kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: