Pul va banklar reja


Pul shakllar va turlarining evolyutsiyasi


Download 115.8 Kb.
bet5/9
Sana14.11.2023
Hajmi115.8 Kb.
#1772272
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
PUL VA BANKLAR 5 ta mavzu (2)

3.Pul shakllar va turlarining evolyutsiyasi.
PKB fani bank ishi mutaxassisligi uchun ixtisoslik fan bo’lib, u nazariy fan hisoblanadi. Bu fan bank ishi, pul kredit orqali muvofiqlashtirish, monetar siyosat, kredit mexanizmi, tijorat banklari resuruslarini boshqarish kabi fanlar uchun nazariy asos bo’lib hisoblanadi.
Pul va banklarning predmeti bo’lib, pullar va pul muomalasi, kredit va kredit munosabatlari, banklar va bank tizimi bilan bog’liq bo’lgan pul-kredit munosabatlari hisoblanadi.
Pul va banklarning fani oldiga quyidagi vazifalar qoyilgan:

  1. Pulning mohiyati va pul muomalasi qonuniyatlarini o’rganish.

  2. Pul aylanmasi va pul tizimi to’g’risidagi bilim va ko’nikmalarni hosil qilish.

  3. Kreditning mohiyati va prinsiplarini o’rganish.

  4. Kreditning shakllari va turlari hususida to’liq ma’lumotlarni berish.

  5. Bank tizimini mohiyati hususidagi nazariy va amaliy bilimlarni o’rganish.

Pul mohiyati quyidagicha ifodalanadi: pul barcha tovarlar qiymatini o’zida ifoda etuvchi ekvivalentdir.
Tovarlarning qiymatini pulda ifodalanishi baho deyiladi. Pulning mohiyati har doim 3 shaklda namoyon bo’ladi:

  1. Barcha tovarlar va xizmatlarning qiymati pulda o’lchanadi.

  2. Pul mustaqil almashuv qiymatiga ega. Buning ma’nosi shundaki pul tovarlarsiz ham harakatlana oladi. Masalan: bank tomonidan korxonaga kredit berish yoki davlatga soliqlar to’lash, talabalarga stipendiya berish.

  3. Pul buyumlashgan mehnatning tashqi o’lchovidir. Har qanday tovarlarni ishlab chiqarish uchun ma’lum miqdordagi mehnat sarfi amalga oshiriladi. Xaridor uchun ana shu mehnat sarfi pul orqali ko’rinadi. Buyumlashgan mehnatning ichki o’lchovi bo’lib ish vaqti hisoblanadi.

Pul paydo bo’lishi mehnat taqsimoti bilan bog’liq. Dastlab bir tovar ikki tovarga ayirboshlangan. Bu qiymatning oddiy yoki tasodifiy shakli deyiladi. Yillar o’tishi bilan qiymatning to’liq yoki kengaytirilgan shakli yuzaga kelgan. Bunda bir nechta tovar bitta tovarga ayirboshlangan. Qiymatning 3-shakli umumiy shakl deb ataladi. Bunda bir nechta tovarlar bahosi bitta tovarda ifodalangan bo’ladi. Odatda aholi keng iste’mol qiladigan tovarlarning bittasi umumiy ekvivalent vazifasini bajarar edi. Qiymatning so’nggi 4-shakli pul shakli hisoblanadi. Oltin 4500 yil davomida pul sifatida foydalanilganligi tarixga ma’lum. Kumush esa 300 yildan ortiq pul sifatida foydalanilgan.
Birinchi qog’oz pul 1260 yil Xitoyda paydo bo’lgan. Iqtisodiy adabiyotlarda pulning kelib chiqshi masalasida 2 xil yondashuv mavjud:

  1. Subektiv (ratsionalistik) yondashuv.

  2. Obektiv (evolyutsion) yondashuv.

Subektiv yondashuvga ko’ra pul odamlar o’rtasidagi kelishuvga asosan ayirboshlash instrumenti sifatida paydo bo’lgan. Hatto taniqli olim Pol Samuelson ham ushbu yondashuvni himoya qilgan.
Obektiv yondashuvga ko’ra pulning paydo bo’lishi quyidagi obektiv sabablar bilan izohlanadi:

  1. Tovarlar ishlab chiqarish hajmining o’sishi.

  2. Ijtimoiy mehnat taqsimotining paydo bo’lishi.

  3. Real ayirboshlash instrumenti bo’lgan ekvivalentga bo’lgan talabning paydo bo’lishi.

Obektiv yondashuv qiymat shakllari evolyutsiyasiga asoslanadi. Birinchi martda obektiv yondashuvni asoslab bergan olim Karl Marksdir.
Iqtisodiy adabiyotlarda pulning funksiyalari xususida 2 ilmiy maktab olimlarining qarashlari mavjud:

  1. Evropa maktabi.

  2. Amerika maktabi.

Evropa maktabi pulning 5 funksiyasi xususida xulosaga kelgan:


  1. Download 115.8 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling