Pulga talabning keyscha nazaryasi reja
Download 25.62 Kb.
|
Pul taklifi, pulga talab va bank tizimi
(M/P) D = k Y
Bu erda: M/R – “real pul qoldig’i”, “pul mablag’larining real zahirasi” deb nomlanadi. Pulga talabning keynscha nazariyasi. Pulga talabning Keyns nazariyasi, likvidlilikning afzalligi nazariyasi, pulni naqd ko’rinishda saqlashga kishilarni undovchi uch sababni ajratib ko’rsatadi: transaktsion sabab (joriy bitimlar uchun naqd pulga talab); ehtiyotkorlik sababli (ko’zda tutilmagan holatlar uchun ma’lum miqdorda naqd pullarni saqlash); spekulyativ sabab (foyda olish maqsadida qimmatli qog’ozlar sotib olish uchun pulga talab). Spekulyativ sabab foiz stavkasi bilan obligatsiyalar kursi o’rtasidagi teskari bog’liqlikka asoslanadi. Agar foiz stavkasi ko’tarilsa, obligatsiyalar bahosi pasayadi, ularga talab esa oshadi. Bu esa o’z navbatida, naqd pul zahiralarining qisqarishiga hamda naqd pullarga talabning pasayishiga olib keladi. Pul likvidlilik xususiyatiga ega bo’lganligi uchun ham aholi uni saqlashni afzal biladi. Likvidlilikning afzalligi nazariyasi ko’rsatadiki pulga bo’lgan talab miqdori foiz stavkasiga bog’liq. Foiz stavkasi naqd pul vositalarini qo’lda ushlab turishning muqobil xarajatlari miqdorini, ya’ni, siz foiz olib kelmaydigan naqd pullarni qo’lda ushlab turgan sharoitda yo’qotadigan pul miqdorini bildiradi. Nonning narxi non talabi miqdoriga ta’sir qilganidek, naqd pullarni qo’lda ushlab turish miqdori ham pul zahiralariga talab miqdoriga ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun foiz stavkasi oshganda, insonlar boyliklarini naqd pul shaklida kamroq ushlab turishga harakat qiladi. Foiz stavkasi va pul massasi muvozanatli darajasining o’zgarib turishi pul bozorining ekzogen o’zgaruvchilari – daromadlar darajasi va pul taklifining o’zgarishi natijasida ham ro’y beradi. Grafik ko’rinishda, bu, pul talabi va pul taklifi egri chiziqlarining siljishi sifatida namoyon bo’ladi (9.4, 9.5 chizmalar). Daromadlar darajasining Y1dan Y2ga qadar o’sishi (20-chizma) pulga talabni M1d dan M2d gacha oshishiga va foiz stavkasini R1dan R2ga qadar ko’tarilishiga olib keladi.Pul taklifining kamayishi ham foiz stavkasining ko’tarilishiga va muvozanat nuqtasining o’zgarishiga olib keladi. Pul bozorida muvozanatni o’rnatish va saqlab turish mexanizmi qimmatli qog’ozlar bozori rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida muvafaqqiyatli amal qiladi. Pul bozoridagi muvozanat tovarlar va xizmatlar bozoridagi muvozanat singari makroiqtisodiy muvozanatning muhim tarkibiy qismidir. Download 25.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling