Pullar bo‘yicha sirlar (Pul topish texnikalari)
Download 477.77 Kb. Pdf ko'rish
|
PUL TOPISH TEXNIKALARI - ERKABOYEVA
MILLIARDER TAMOYILI
ENERGIYA OLING!!! Azizlarim, qoidani eslab qoling: agar inson o`zini limondek siqilgan va charchagan his qilsa, hech qanday muvaffaqiyatga erishib bo`lmaydi! Ushbu tamoyilning asosi juda oddiy: Energiya = Pul Istaklarimizning har qanday bajarilishi = Energiya Agar sizda resurs, ya’ni energiya bo`lmasa, sizda orzu uchun to`laydigan valyuta yo`q – energiya yo`q. Energiyani qayerdan olish mumkin? Sizni energiyaga to`ldiradigan mashg`ulotlardan‼ Mening energiyam har doim 100 ta bepul zavq ro`yxati ko`rinishida men bilan birga. Barcha eng ko`p muvaffaqiyatli odamlarda o`zlarining 100 talik ro`yxati bor. Uning mohiyati 15-30 daqiqada tiklanish, ya’ni energiyaga to`lish. Energiyam pasayib borayotganini his qilishim bilan men ro`yxatimni ochaman va o`zimni juda tez energiyaga to`ldiraman. Bu roʻyxatdagi harakatlar juda oddiy, bepul, lekin, albatta, toʻldiruvchi boʻlishi kerak. Har kimning o`ziga yarasha qiziqarli yumushi bor. Kimdir meditatsiya bilan shug`ullanadi, kimdir bolalar bilan o`ynasa, kayfiyati yaxshilanadi. Shaxsan meni bolalar bilan bo`lgan vaqt charchatadi. Qaysi harakatlar charchatayotganini va qaysilarini ro`yxatga qo`shish kerakligini qanday tushunish mumkin? Biror ishni qilganingizdan so‘ng, 10-30 daqiqa davomida o‘zingizga savol bering: “Endi men dam olishni yoki qo`shiq aytishni, raqsga tushishni xohlaymanmi? Men yana harakatga tayyormanmi? Yoki yashirinib, yolg‘iz o‘tirgim kelyaptimi?” Men shunday qildim. Meni nima charchatayotganini va nima energiyaga to`ldirishini kuzatishni o`rgandim. Va endi menda 100 ta zavq-shavqim ro`yxati bor va mening energetik manbamga eng mos keladi. Download 477.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling