Pulning agregatlari va tarkibi


Download 233.22 Kb.
bet2/3
Sana23.12.2022
Hajmi233.22 Kb.
#1046790
1   2   3
Bog'liq
XM MOLIYA MAQOLA

Tahlil va natijalar.
Pul iqtisodiyoti muammolari milliy iqtisodiyotni qayta qurish bo‘yicha amaliy choratadbirlarda ham, nazariy izlanishlarda ham asosiy muammoga aylanmoqda. Shu sababli, ushbu masalalar iqtisodiy matbuot sahifalarida qizg'in muhokama qilinganiga qaramay, ularning ahamiyati kamaymaydi. Inflyatsiya jarayonlarini tahlil qilishning yuqori xarajati, mavjud bo'lgan ko'plab omillar to‘g’ri pul-kredit siyosatini ishlab chiqishni qiyinlashtiradi.
Mamlakatimiz va boshqa davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bozor munosabatlariga o‘tish narxlarning tez o‘sishi va inflyatsion omillar ta’sirining kuchayishi bilan birga keladi. Bozor munosabatlariga o‘tish inflyatsiyani chuqurlashishiga sabab bo‘ladimi yoki bu munosabatlarda ilgari to‘plangan inflyatsiya potentsiali o‘z ifodasini topadimi yoki yo'qligini to‘g’ri baholash juda muhimdir.[4]
Pul muomalasining eng muhim miqdoriy ko‘rsatkichi bu pul aylanmasi bo‘lib, u iqtisodiy aylanmani ta’minlaydigan va xususiy shaxslar, korxonalar va davlatga tegishli bo‘lgan sotib olish va to‘lov vositalarining umumiy miqdoridir.
Pul massasi - bu jismoniy shaxslarga, institutsional egalariga va davlatga tegishli bo‘lgan xalq xo‘jaligidagi tovarlar va xizmatlarning aylanishini ta’minlaydigan naqd va naqdsiz sotib olish va to‘lov vositalarining kombinatsiyasi. Pul massasi tuzilishida faol ayirboshlash mablag’lari sifatida xizmat qilishi mumkin bo'lgan pul aylanmalari, hisobvaraqlar qoldiqlari, shu jumladan, iqtisodiy aylanmaga xizmat qiladigan mablag’lar va passiv qismi mavjud.[1]
Bizning pul ta’minotida pul bazasidagi o‘sishiga qaramasdan, ko‘paytiruvchi pul kamayishini va faqatgina uncha katta bo’lmagan miqdorda ta’minlovchi pulning oshishini taxmin qiladi.
Pul agregatlari – bu pul massasini muqobil o‘lchash imkoniyatini beruvchi ko‘rsatkichlardir. Xalqaro amaliyotda quyidagi pul agregatlaridan keng foydalaniladi:[6]
1. M0 – bu agregatni hisoblash uchun Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan ya’ni emissiya qilingan barcha naqd pullar summasidan banklar va korxonalarning kassasidagi naqd pullarning qoldig’i ayirib tashlanadi. Tarqqiy etgan mamlakatlar bank amaliyotida M0 hisobga olinmaydi.
2. M1 = M0 + talab qilib olinadigan depozitlar + yo‘l cheklari. Ayrim mamlakatlarda kredit kartalari ham M1 tarkibiga kiritiladi.
3. M2 = M1 + muddatli depozitlar + jamg’arma depozitlar. M2 hisoblashda summasi uncha katta bo’lmagan muddatli va jamg’arma depoztlar olinadi.
4. M3 = M2 + yirik summadagi muddatli depozitlar + deposit sertifikatlari + jamg’arma sertifikati.
5. M4 (L- AQShda) = M3 + davlatning qisqa muddatli obligatsiyalari + korporativ obligatsiya + jamg’arma obligatsiyalar + bank akseptlari + pul bozori o’zaro fondlari paylari.
Taniqli olim F.Mishkenning fikriga ko‘ra Markaziy bank pul agregatlarining qisqa muddatli davriy orqalidagi o‘sishini e’tiborga olmasligi lozim, chunki pul agregatlarining qisqa davrda o‘sishi mavsumiy omillar ta’sisirida bo‘ladi. Shuning uchun pul massasining yillik o‘sish sur’atlarini nazorat qilish lozim.[5]
AQShda pul massasini aniqlash uchun 4 ta pul agregati, Yaponiya va Germaniyada – 3 ta, Angliya va Frantsiyada – ikkita pul agregatidan foydalaniladi.
Pul massasi tarkibi va dinamikasini tahlil qilish Markaziy bank tomonidan to‘g’ri pul-kredit siyosati olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi.[4]
O‘zbekistonda pul massasi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat.
M0naqd pullar;
M1 – M0 + schyotlardagi pul qoldig’i + mahalliy byudjet mablag’lari + byudjet, jamoa va boshqa tashkilot mablag’lari;
M2 –M1 + tijorat banklaridagi muddatli jamg’armalar;
M3 – M2 + sertifikatlar + maqsadli zayom obligatsiyalari + davlat zayom obligatsiyalari + xazina majburiyatlari. [1]
O‘zbekistonda 2022 yil 1 yanvar holatiga muomaladagi naqd pullarning umumiy pul massasidagi ulushi 20 foizni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 foiz bandga pasaydi. YIMga nisbatan ulushi esa 4,1 foizdan 3,9 foizgacha pasaydi.[3]


Download 233.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling