Pulning metallik nazariyasi


Markaziy bank va uning funksiyalari. O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatining asoslari


Download 28.16 Kb.
bet2/2
Sana23.04.2023
Hajmi28.16 Kb.
#1393311
1   2
Bog'liq
mustaqil talim Nasiba

Markaziy bank va uning funksiyalari. O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatining asoslari
Markaziy bank – kredit tizimining bosh banki bo`lib, mamlakatda pul-kredit siyosatini, emissiya jarayonlarini olib boradi.
Birinchi markaziy banklar bundan qariyib uch yuz yil oldin tijorat banklarining rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Bular 1668 yilda tashkil bo`lgan Shved Riks Jiro banki, 1694 yilda tashkil qilingan Angliya banklaridir.
Yevropa mamlakatlarida Markaziy banklar ancha kechroq, asosan XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab faoliyat ko`rsata boshlagan. AQShda Markaziy bank funksiyasini 12 federal rezerv bankidan iborat federal rezerv tizimi bajaradi.
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki 1992 yilning sentabr oyidan sobiq SSSR davlat bankining Respublika bo`limi zaminida paydo bo`lgan.
Jaxon amaliyotida Markaziy banklar vujudga kelishining ikki asosiy yuli mavjud:
Birinchi yul – o`zoq davr mobaynida tijorat banklarining rivojlanishi natijasida ularni Markaziy bankka aylanishi. Shu holat 1844 yilda Angliyada, 1848 yilda Fransiyada, 1874 yil Ispaniyada, 1875 yilda Germaniyada (Reyxsbank), 1893 yilda Italiya Markaziy banklari tashkil bo`lishi bilan bog`liq.
Ikkinchi yo`l – bir yo`la Markaziy bank – emission markaz sifatida tashkil qilingan banklar. Bunday banklarga AQShning federal banklari, 1913 yildan tashkil etila boshlangan Lotin Amerikasi mamlakatlari banklari, Avstriya Markaziy banki va boshqalarni kiritish mumkin.
Markaziy bank iqtisodiyotni boshqarishda va bank tizimini nazorat qilishda muhim rol o`ynaydi. Shuning uchun ham uning faoliyati uning Ustaviga nisbatan yuqori kuchga ega bo`lgan qonun bilan tartibga solinadi. Markaziy bank alohida statusga ega bo`lgani holda butun bank tizimini, davlat organlarini nazorat qilib uning faoliyati, vazifalari va yuklatilgan majburiyatlar uni tijorat faoliyati chegarasidan chiqadi. 
Respublikamizda Markaziy bank to`g`risidagi qonun 1995 yilni 21 dekabrda qabul qilinib 2002 yilda unga ayrim o`zgartirishlar kiritilgan.
Qonunning 3-moddasiga kura Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutani barqarorligini ta`minlash hisoblanadi. Valyuta barqarorligi tushunchasi pul massasi barqarorligini, baho va milliy valyuta almashuv kursini barqarorligini anglatadi.
Qonunning 6-moddasi Markaziy bankning mustaqil ekanligiga bag`ishlanib u quyidagilarda ko`rinadi:
3.Markaziy bank to`g`risidagi qonun , Toshkent, 2002y
- Markaziy bank xukumatning iqtisodiy siyosati chegarasida faoliyat ko`rsatadi. Markaziy bank xukumat siyosatidan o`tib o`zining alohida siyosatini yurgizmaydi.
- Markaziy bankning mustaqilligi unga yuklatilgan vazifalar chegarasida amalga oshadi. Bu mamlakatdagi pul-kredit siyosatini belgilashda, kreditlar bo`yicha foiz stavkalarini belgilashda, bank likvidligi nisbati, almashuv kurslarini belgilash bilan bog`liq boshqa ishlarda ko`rinadi.
Markaziy bank o`ziga yuklatilgan vazifalarni bajarilishini ta`minlash uchun tegishli tarkibni tashkil etadi. Qonunning 8-moddasiga binoan Markaziy bank Qoraqalpog`iston Respublikasining poytaxti, viloyat markazlari va Toshkent shahrida Bosh boshqarma va xizmat bo`limlariga ega.
Qonunning 15-moddasiga binoan Markaziy bankning Oliy Organi bo`lib bank Pravleniyasi hisoblanadi. Bank Pravleniyasi 11 kishidan iborat bo`lib uning tarkibiga Markaziy bank raisi, uning muovinlari va bank asosiy bo`limlari boshliqlari kiradi. Bank Pravleniyasining raisi bo`lib Markaziy bank Raisi hisoblanadi. Pravleniya a`zolari Markaziy bank raisi tavsiyasiga binoan Oliy Majlis kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Qonunning 5-moddasiga kura Markaziy bank o`z faoliyati natijalari bo`yicha Respublika Oliy Majlisiga bo`ysunadi.
Oliy Majlis:
- Respublika Prezidentining tavsiyasiga binoan Markaziy bank raisini tayinlaydi va vazifasidan bo`shatadi.
- Yillik xisobat va auditor xulosasini ko`rib chiqadi.
Qonunning 44-moddasiga binoan Markaziy bank quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1. Banknotalar (naqd pullar) emissiyasi Markaziy bankning qadimgi va muhim funksiyasidir. Qonunning 38-moddasiga ko`ra muomilaga naqd pullarni chiqarish va undan olish faqat Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 6 apreldagi «Pul massasi oshishini chegaralash va moliyaviy intizomni ta`minlash javobgarligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi farmoni naqd pullarni bankka o`z vaqtida qaytishini ta`minlashda muhim ahamiyatga ega. Respublikamizda muomilada naqd pul muomilasini chegaralash maqsadida plastik kartochkalardan keng foydalanish va boshqa choralari ko`rilmoqda.
2. Tijorat banklari kassa rezervlarini to`plash va saqlash. Qonunning 28-moddasida bu holat o`z aksini topgan bo`lib minimal zaxiralar bu tijorat banklari resurslarining Markaziy bankda saqlanishi zarur bo`lgan qismidir. Majburiy rezerv miqdori tijorat bankining yig`ilgan resurslariga nisbatan foizda belgilanadi. Minimal zahira jamg`arma turiga, uning hajmiga, bankning joylashgan o`rniga bog`liq bo`lgan holda turli mamlakatlarda turlicha. Jumladan, Yaponiyada minimal rezervlar stavkasi 2,5%, AQSH da 12%, Germaniyada 12,1%, Portugaliyada 17%, O`zbekistonda 2005 yildan 15%. Markaziy bank bundan pul muomilasini muvofiqlashtirishda foydalanadi.
3. Oltin-valyuta zahiralarini saqlash. Bu mamlakat to`lov balansi defitsitini qoplash va milliy valyuta kursini barqarorligini ta`minlashda muhim ahamiyatga ega.
Respublikamizda 2006 yilda oltin-valyuta zahiralari 35%ga oshib, tashqi savdo ijobiy qoldig`i 1,445 mlrd. AKSH dollariga yetdi va oltin-valyuta zaxiralarimiz respublikamizning 8 oylik importini qoplashga yetadi.
4. Tijorat banklarini kreditlash. Kredit muassasalari depozitlarini markazlashuvi kredit operatsiyalarini kengaytirish uchun baza hisoblanadi. 2006 yilda banklar tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga milliy valyutada berilgan kreditlar 4095,4 mlrd. so`mni tashkil etdi, uning 77,8% i uzoq muddatli kreditni tashkil etadi.
5. Davlat banki sifatida xukumat uchun kredit berish va hisob-kitob operatsiyalarini bajarish. Bu markaziy bankda xukumat tashkilotlari va muassasalarining hisobvaraqlarini yuritilishida, shu hisobvaraqlar orqali qimmatli qog`ozlar, uzoq va qisqa muddatli kreditlar, davlat obligatsiyalarini sotib olish, chet el valyutasi bo`yicha va boshqa operatsiyalarni amalga oshirilishi bilan bog`liq. Markaziy bank xukumatining fiskal (xazina) vakili vazifasiga muvofiq xukumat organlari hisob-varaqlarini yuritar ekan (47 modda), xukumatning moliya operatsiyalarini amalga oshirishda kumaklashadi, budjet kirimlari va chiqimlari yuzasidan maslaxatlar beradi.
6. Xisob-kitob va almashuv operatsiyalarini amalga oshirish. Qonunning 40,43 moddalariga binoan Markaziy bank milliy valyutani chet el valyutasiga nisbatan kursini belgilaydi, uni almashish limitini belgilaydi, respublika xududi va undan tashqarida valyuta operatsiyalarini amalga oshiradi.
7. Pul-kredit siyosati. Pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi milliy valyuta barqarorligini ta`minlash, valyuta kursi va foiz stavkalarini oqilona o`rnatish asosida inflyatsiya sur`atlarini kamaytirish, kreditdan foydalanishning samaradorligini oshirish va iqtisodiyotning barqaror o`sishini ta`minlashdan iborat.
Pul-kredit siyosati davlatning iqtisodni boshqarish siyosatining bir qismi bo`lib muomiladagi pul massasi, kredit hajmi, foiz stavkalari darajasi va boshqa pul muomilasi kursatkichlarini o`zgartirishi bilan ishlab chiqarish hajmini o`sishi va pasayishiga moslab pul ta`minotini yo`lga kuyadi.
Jumladan, Markaziy bankning pul-kredit siyosati 2007 yilga quyidagicha belgilangan:
1. Iste`mol narxlar indeksining yillik darajasi 5,7% dan oshmasligi.
2. YAIM ni real o`sishi 7,7%.
3. Budjet taqchilligi YAIMning 1,0% dan oshmasligi.
4. Sof tashqi savdo aylanmasini o`sishi va uni ijobiy qoldig`i 2 mlrd. AQSH dollari hajmida bo`lishi.
5. Banklardagi aholi jamg`armalarining qoldig`i 678,3 mlrd.so`mga yetishi va boshqalar.
8. Nazorat funksiyasi. Bu funksiyaga qonunning VIII-bobi 50-54 moddalari bag`ishlangan bo`lib, ularda tijorat banklari faoliyatining nazorati va ularni Markaziy bank bilan o`zaro munosabatlari aks etgan.
Umuman tijorat banklar faoliyati nazorati quyidagi yo`nalishlarda olib boriladi:
Davlat nazorati – bank tizimidagi qonunchilik asosida, chunki hamma banklar, shu jumladan Markaziy bank ham qonun asosida faoliyat ko`rsatadi.
Yuqori tashkilot nazorati, ya`ni Markaziy bank tomonidan.
Mustaqil tashkilot tomonidan – auditorlik tashkiloti va boshqalar.
4. Tijorat banklari, ular faoliyatining tamoyil va funksiyalari. Tijorat banklarining operatsiyalari.
KREDIT BO’YICHA FOIZ STAVKALAR VA BAHOSIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR
Tayanch iboralar: foiz, bahonorma, qayta moliyalashtirish, nominal foiz, haqiqiy foiz,bozor bahosi, kredit bahosi,
1. Kreditning bahosi tushunchasi. Nominal foiz stavkasi. Real foiz stavkasi. Oddiy foizlar va ularni hisoblash tartibi. Murakkab foizlar va ularni hisoblash tartibi. Korxonalar foydalanilgan qarz mablag’lari uchun kreditorga foiz shaklida to’lovni o’tkazadilar. Kreditning to’lash uni to’liq summada o’z egasiga qaytarilishinigina emas, shu bilan kredit uchun foiz shaklidagi to’lov bilan qaytarilishini ifodalaydi. Demak, kreditor o’z mablag’larini hech vaqt o’z hajmida qaytarib olish sharti bilan bermaydi, bunda u mablag’ni qarzga berganligi uchun muayyan to’lov talab qiladi (foizsiz imtiyozli kreditlar bundan mustasno). Kreditning to’lovi nafaqat banklar xo’jalik hisobi maqomiga, shu bilan birga, korxonalarni bevosita foydasi bilan bog’liq xo’jalik hisobiga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Kredit uchun haq to’lashning iqtisodiy mohiyati qarz beruvchi va qarz oluvchi o’rtasidagi qo’shimcha olingan foydaning taqsimlanishini qayd qilishda namoyon bo’ladi. Ko’rib chiqilayotgan tamoyilning amaliyotda uchta asosiy funktsiyasini bajaruvchi bank foizi me’yorini o’rnatish jarayonida namoyon bo’ladi. Tijorat banklarining foiz siyosati depozitlar va kreditlarning okilona foiz stavkalarini shakllantirish va foiz riskini boshkarish bilan boglik tadbirlar majmuasidir. Tijorat banklarining foiz siyosatining asosiy jixatlari quyidagilardan iborat: 1. Foiz siyosatining asosiy maksad va vazifalari: foiz siyosatining asosiy maksadi foiz siyosatida anik belgilab kuyilgan bo’lishi lozim. Ayrim banklarda foiz siyosatining asosiy maksadi sifatida foiz risklarini boshkarish tizimini takomillashtirish belgilab kuyiladi, boshkalarida esa sof foizli daromad darajasini oshirish kursatiladi. 2. Foiz riskini yuzaga keltirishi mumkin bo’lgan xolatlar: bunday xolatlar odatda kredit kuyilmalarining xajmini keskin oshirilishi natijasida yoki kreditlarning bozor stavkalarini sezilarli darajada oshishi natijasida yuzaga kelishi mumkin. 3. Foiz riskini boshkarish usullari: odatda bank amaliyotida foiz riskini asosiy boshkarish usullari sifatida foizli svoplardan keng foydalanadilar, kichik banklarda esa ko’proq kredit riskiga limitlar o’rnatish uslubidan foydalanadilar. 4. Foiz stavkalarini o’stirmaslik makomini belgilash tartibini joriy kilish. Tijorat banklarining daromad olish soxasi faoliyati uning foiz siyosati orkali amalga oshiriladi. Bank kredit bera turib mijozning foyda olishi uchun shart-sharoit yaratar ekan, demak, o’zining manfaatini xam amalga oshirgan bo’ladi. Banklar foiz siyosatini amalga oshirishda omonatlar bo’yicha to’lanadigan foizni ularning o’zlari takdim etadigan ssudalar uchun oladigan ssuda foizidan pastroq qilib belgilaydi. Olingan va to’langan foizlarning summalari urtasidagi farq banklarning foydasini tashkil etadi.
Tijorat banklari xar bir aniq kelishuvlarida foiz me’yorini xisoblaganda quyidagilar e’tiborga olinadi: - ta’minlangan ssudalar bo’yicha eng kreditga layokatli mijozlar uchun aniq muddatga beriladigan bazaviy foiz stavkasining darajasini; - xar bir aloxida kelishuvning shartlarini inobatga olgan xolda tavakkalchilik uchun qo’shimcha to’lov. Foiz stavkasi- jalb qilgan mablag’lar bo’yicha kelishilgan daromadlilik stavkasidir. Amalda mablag’larni jalb qilish turlari qancha ko’p bo’lsa ularni foiz stavkasi turlari ham ham shuncha ko’p bo’ladi. Misol, qarz oluvchi uy sotib olish maqsadida berib turilgan qarz pul uchun mazkur zayom bo’yicha foiz stavkasi to’laydi, bu o’z navbatida qo’yilgan mablag’(nakd, mulk va boshqalar) bo’yicha foiz stavkasi deb yuritiladi; a bankni firmadan ushlayotgan stavkasi esa tijorat krediti bo’yicha foiz stvkasi deyiladi. Foizlarni hisoblashda tartib bo’yicha diskret(diskret foizlari) usulida; bunda ham hisoblash davrlari oy, chorak va yil sifatida qabul qilinadi. Arim hollar da har kunlik hisoblash qo’llanilib, (misol, uzoq muddatli investitsiyalarni analiz qilish uchun)mijozlarga ma’qul kelishi uchun ayrim hollar da foizni o’zluksiz hisoblash usuli qo’llaniladi. Foiz stavkani son jihatdan moliyaviy tahlil etishda nafaqat qarz summasini ko’payish quroli ko’rinishda, balki kengroq ma’noda bevosita mablag’larni bir egasidan boshqasiga oqib o’tish va ko’payish orqali tijorat va moliyaviy faoliyatdan keladigan daromadlilik darajasini o’lchash uchun joriy etiladi. Foiz stavkalar avvalgi u yoki bu boshlang’ich summasiga yoki avalgi davlar uchun hisoblangan foiz summasiga ssudani mazkur muddatni barcha davlari(oddiy foiz stavka)ga qo’llaniladi. Shunga o’xshash hisob stavkalari ham qo’llaniladi. Mos holda, asosiy foiz stavka 4 turi bir biridan tubdan farq qiladi: oddiy va murakkab foiz stavkalari, oddiy va murakkab hisob stavkalari. Amaliyotda fiksirlangan stavkadan tashqari so’zib yuruvchi yoki o’zgaruvchan stavkalari mavjud. Ayrim holatlarda shartnomalarda ayrim bazaviy stavkalari(pul bozoridagi stavkani vaktlar bo’yicha o’zgarishidan, misol uchun London banki tomonidan o’rnatilgan «LIBOR»stavkasi)ga fiksirlangan qo’shimcha daromad-marja qo’shiladi. Shunday qilib, umuman stavka qaysiki, foiz hisoblanayotgan stavka bazani o’zgarishi hisobiga o’zgarib turadi. Shartnomalardagi marjani hajmi vaqtlar bo’yicha o’zgarishi orqali ko’rsatilishi mumkin.1 Moliyaviy aktivlarni asosiy formalariga qarzli majburiyatnoma, aktsiya va xosilaviy qimmatli qog’ozlar kiradi. Qarzli majburiyatnomalarni muomalaga pul bilan shug’ullanuvchi davlat, korxona va boshqa xujaliklar (uy-xujaliklar) chiqaradi. Shunday qarzli majburiyatnomalar bozorida shunday davlat va korporativ obligatsiyalari va uy-joy va tijoratli avanslar; shuningdek, iste’mol zayomlarga o’xshash aktivlar sotiladi. Qarzli majburiyatnomalar fiksirlangan daromadli instrumentlar deyilib, kelgusida fiksirlangan summani to’lashga va’da beradi yoki qat’iy belgilangan foizli qimmatli qog’ozlar deyiladi. Qarzli majburiyatnomalar uni qaytarish muddatiga qarab quyidagi shakllarga bo’linadi: -qisqa muddatli qarzli majburiyatnomalar bozori-(qaytarish muddati 1 yilgacha) pul bozori deyiladi -o’zoq muddatli qarzli majburiyatnomalar va aktsiya bozori-(qaytarish muddati 1 yildan yuqori) kapital bozori deyiladi Pul bozorida davlat yoki ishonchi bo’lgan xususiy sektor egasi tomonidan chiqarilgan foizli qimmatli qog’ozga o’xshash afzallikka ega instrumentlar (kaznachey veksellar, katta 1 Игошин Н.В. Инвестиции. Организация управления и финансирование: Учебник для вузов. - М.: Финансы, ЮНИТИ, 2007. - 413 с
korxonalarni tijorat vekseliga o’xshash veksellar)muomalada yuradi. Zamonaviy pul bozori integratsiyani globallashuvi va likvidlilik bilan harakterlanadi. Aktivlarni likvidlilik darajasi uning pulini konveratatsiya qilish jarayonini tezligi va kam harajat liligi hamda oddiyligiga bogliq holda aniqlanadi. Qo’shimcha bo’lib esa taraflar kelishuvining predmeti hisoblanmish qat’iy belgilangan miqdor hisoblanadi va ushbu miqdor kredit shartnomasi muddati davrida odatda o’zgarmaydi. Ushbu qat’iy belgilangan qo’shimchaning miqdori shartnoma shartlari va tavakkalchilik darajasiga bog’liq bo’ladi. Nominal foiz stavkasi deganda e’lon qilingan foiz stavkasi tushuniladi. Real foiz stavkasi deganda nominal foiz stavkasini pulning qadrsizlanish darajasiga muvofiqlashtirilgan darajasi tushuniladi. Foizning nominal stavkasi (i) va real stavkasi (r) deb belgilansa:
r = i + x,
bu erda, x – inflyatsiyaning kutilayotgan darajasi. Rivojlangan davlatlar pul-kredit tizimida foiz stavkalarning turli-tumanligi mavjud. Foiz stavkalarning birinchi darajasi – markaziy bank tomonidan tijorat bankiga taqdim etiladigan kreditlar bo’yicha belgilanadigan rasmiy foiz stavkasidir. Mazkur foiz stavkasi hisob yuritish yoki qayta moliyalashtirish foiz stavkasi deb ataladi. Foiz stavkalarning navbatdagi darajasi kredit resurslarining banklararo bozoridagi taklif stavkalaridan iboratdir. Etakchi banklar birinchi darajali banklar evrovalyutalarida ushbu banklarda depozit hisobvaraqlarini ochish orqali kreditlashni taklif stavkalari bo’yicha amalga oshiradi. Misol sifatida LIBOR (LIBOR – London Inter Bank Offered Rate) London banklararo taklif stavkasini keltirish mumkin. Ushbu stavka rasmiy asosda belgilanmaydi, balki har bir tijorat banki mazkur stavkani har bir ish kunining birinchi yarmi, ya’ni soat 11.00 holatiga pul-kredit bozorining kon’yunkturasidan kelib chiqqan holda aniqlaydi. LIBOR stavkasi deganda ushbu banklar bo’yicha o’rtacha arifmetik miqdor sifatida hisoblangan o’rtacha stavka tushuniladi. FV = 1000 dollar x 1,10 = 1100 dollar. Agarda Siz 1100 dollarni hisob raqamida yana bir yilga qoldirsangiz, unda ikkinchi yil yakunida pulingiz qancha bo’ladi? Ikkinchi yil davomida Siz 1100 dollarli summaga yillik 10% hajmida daromad olasiz va hisoblangan foizlarning summasi 0,10 x 1100 = 110 dolarga teng bo’ladi. Demak ikkinchi yilning oxiriga kelib Siz 1210 dollarning egasi bo’lasiz. Murakkab foizlarning tabiati to’g’risida aniq bir tasavvurga ega bo’lish uchun biz istiqboldagi qiymatni (1210 dollar) uch tarkibiy qismga bo’lamiz. Birinchi qism – bu dastlabki 1000 dollar. Ikkinchi qism bo’lib esa mazkur 1000 dollarga birinchi yil uchun 100 dollar va ikkinchi yil uchun 100 dollar hajmida hisoblangan foizlar hisoblanadi. Omonatning asosiy summasiga hisoblangan foizlar oddiy foizlar (simple interest) deb ataladi Endi, yana 10 dollar hajmidagi foizlar mavjud, ular ikkinchi yili olingan bo’lib, birinchi yil uchun foizlar sifatida olingan 100 dollarlik summaga hisoblangan. To’langan foizlarga hisoblangan foizlar murakkab foizlar (compound interest) deb ataladi. Foizlarning umumiy hisoblangan summasi (210 dollar) oddiy foizlar (200 dollar) va murakkab foizlar (10 dollar)dan iborat. FV = 1000 dollar x 1,1 x 1,1 = 1000 dollar x 1,1² = 1210 dollar. Uch yildan so’ng ushbu summa FV = 1000 dollar x 1,1 x 1,1 x 1,1 = 1000 dollar x 1,1³ = 1331 dollar.
Download 28.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling