Pulning metallilik nazariyasi. Pulning nominallik nazariyasi


Pulning nominallik nazariyasi


Download 339.23 Kb.
bet2/19
Sana23.04.2023
Hajmi339.23 Kb.
#1389592
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
2-ma\'ruza (1)

Pulning nominallik nazariyasi


Pulning nominallilik nazariyasining asoschilari bo‘lib, angliyalik ruhoniy va faylasuf J.Berkli va Angliyalik iqtisodchi J.Styuard hisoblanadi. Ular bu nazariyaning yetakchilari. Bu nazariyani rivojlantirishga eng katta hissa qo‘shgan olim G.Knapp. 1905- yilda Knappning ”Pulning davlat nazariyasi” nomli kitobi nashrdan chiqdi. Pulning naminallilik nazariyasi XVIII asrda paydo bo‘lgan. Ushbu nazariya namoyondalari pulning tovar xususiyatini inkor etdilar. Ular aytadiki, pul qiymat va iste’mol qiymatiga ega emas. Pulning qiymati unga qo‘yilgan nominali bilan belgilanadi. Ular metal pullar yemirilish xususiyatiga ega ekanligini ta’kidlashdi va qog‘oz pullar to‘lov vositasi sifatida moslashuvchan va qulay, ayriboshlash vositasi ekanligini etirof etishdi.


Knapp pulning nominallilik nazariyasini rivojlantirar ekan quyidagi xulosaga keldi.
- Pulni davlat yaratadi;
- Pulning asosiy funksiyasi bu to‘lov vositasi funksiyasidir;
- Davlat pulga xarid qobilyatini beradi;
- Pulning xarid qobilyati davlatning qonun hujjatlari bilan belgilanadi;
Keyns pulning nominallilik nazariyasi tarafdori bo‘lgan. Keyns aytadiki, qog‘oz pullarning oltin tangalarni muomaladan siqib chiqarishi Knappning buyuk g‘alabasidir.
Pulning mohiyati 3 shaklda namoyon bo‘ladi:

  1. Pul barcha tovarlar qiymatini o‘zida ifoda etuvchi umumiy ekvivalentdir.

  2. Pul mustaqil almashinuv xususiyatiga ega. Pul tovarlarsiz ham erkin harakatlana oladi. (talabalarga stipendiya, oylik maoshlar, soliqlar, bankdan kredit olish)

  3. Pul buyumlashgan mehnatning tashqi o‘lchovi.

Buyumlashgan mehnatning ichki o‘lchovi mehnat asosida o‘lchanadi.
Nominalistlar baho masshtabi deganda milliy pulning oltin asosiga aytiladi.
Nominalistlar oltinga almashmaydigan qog‘oz pullar muomalasini afzal ekanligini etirof etadilar. Hozir dunyoda hech bir valuta oltin asosiga ega emas. Hozirgi davrda muomalaga chiqarilayotgan naqd pullar Markaziy bankning aktivlari bilan ta’minlanadi.



    1. Download 339.23 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling