Pulning metallilik nazariyasi. Pulning nominallik nazariyasi
Download 339.23 Kb.
|
2-ma\'ruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- TBS-KST-MKTS
- Naqdsiz pul aylanmasi va uni tashkil qilish tamoyillari. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi va uning elementlari
Pul aylanmasi
4.1-rasm. Pul aylanmasi tarkibiMamlakat iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasi pul aylanmasining tarkibiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, taraqqiy etgan mamlakatlarda iqtisodiyotning pul mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasi yuqori bo‘lganligi sababli, tovar pul munosabatlarida to‘lovsizlik muammosi mavjud emas. M2MK = MK = monetazitsiya koefitsiyenti M2 = pul agregati YaIMTaraqqiy etgan mamlakatlarda naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimining rivojlanganligi naqd pullarga bo‘lgan talabning kamayishiga olib keldi. Bu esa pul aylanmasi tarkibida naqdsiz yuqori va barqaror darajada saqlash imkonini beradi. TBS-KST-MKTSPM = pul massasi PM = PATKST = kreditga sotilgan tavorlar summasi PAT = Pul aylanmasi tarkibi Naqdsiz pul aylanmasi va uni tashkil qilish tamoyillari. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi va uning elementlariNaqd pulsiz pul aylanishi – banklarda pul mablag‘larini to‘lovchilar va oluvchilarning hisobvaraqlari bo‘yicha yozuvlar yordamida yoki o‘zaro talablarni hisobga olish yo‘li bilan amalga oshiriladigan pul aylanishidir. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda qator tamoyillar bajarilishi lozim. Ularning asosiylari sifatida quyidagilarni keltirish maqsadga muvofiq: naqd pulsiz hisob-kitoblar jarayonida ishtirok etayotgan har ikkala tomonning ham bankda tegishli hisobvaraqlari mavjud bo‘lishi lozim; mijozning hisobvarag‘idan mablag‘larni boshqa manzilga o‘tkazish va kirim qilish Markaziy bank tomonidan qat’iy belgilangan to‘lov hujjatlari asosida hamda ulardagi rekvizitlarni to‘liq to‘ldirilgan holda amalga oshiriladi; bank mijozning pul mablag‘larini o‘tkazish haqidagi topshirig‘ini uning hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lgandagina qabul qiladi. Mijozning hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lmagan holatda uning hisobvarag‘idan undirish to‘g‘risida inkasso topshiriqnomasi (o‘z vaqtida to‘lanmagan soliqlar va Davlat budjetiga o‘tkaziladigan soliqdan tashqari to‘lovlar (penya, jarimalar)ni undirib olishda soliq idoralari tomonidan, budjetdan tashqari fondlar – o‘z vaqtida to‘lanmagan to‘lovlarni undirib olishda, agarda bu qonuniy hujjatlarda ko‘zda tutilgan holatlarda), to‘lov talabnomalar kartoteka 2 ga kirim qilinadi va belgilangan tartibda to‘lovlar amalga oshiriladi; bank naqd pulsiz hisob-kitoblarni faqat mablag‘ egasining topshirig‘i asosida belgilangan maqsadlar uchun o‘tkazadi, hisobvaraq egasining hisobida mablag‘lar yetarli bo‘lmagan holatlar bundan mustasno; mablag‘lar to‘lovchining hisobvarag‘idan o‘chirilgandan so‘ng mablag‘ oluvchining hisobvarag‘iga kirim qilinadi; – to‘lovlarni amalga oshirish Markaziy bank tomonidan belgilangan naqd pulsiz hisob-kitoblarning shakllarini qo‘llagan holda, tegishli to‘lov hujjatlari orqali amalga oshiriladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning shakli va to‘lovlarni amalga oshirishning tartibi tovar sotuvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilot hamda uni sotib oluvchi o‘rtasida tuziladigan shartnomada aniq va batafsil belgilab qo‘yiladi. Bankda mablag‘larni kirim qilish yoki hisobdan chiqarish uchun asos bo‘ladigan hujjatlarning elektron nusxalari mijozning hisobvarag‘i xizmat ko‘rsatadigan buxgalteriya xodimi tomonidan imzolanadi hamda to‘lashga qabul qilish va to‘lash sanalari ko‘rsatilgan holda o‘ziga biriktirilgan shtamp bilan tasdiqlanadi. Yuqorida qayd etganimizdek, mamlakatimiz pul aylanmasi tarkibida naqd – pulsiz hisob-kitoblarning ulushi ayrim mamlakatlarga nisbatan yuqoriroq miqdorni tashkil etadi. Pul aylanmasi tarkibida naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmini oshirishga qator omillar ta’sir qiladi. Xususan: Yuridik va jismoniy shaxslarning banklarga bo‘lgan ishonchining yuqoriligi. Agar yuridik va jismoniy shaxslar banklarga nisbatan ishonchi yuqori darajada bo‘lmasa, banklarga naqd pullarni topshirishga bo‘lgan moyilligi pasayadi, hisob-kitoblarni naqd pullarda amalga oshirishga intiladi. Iqtisodiyotda monetizatsiya koeffitsiyenti darajasining tegishli me’yori ta’minlangan bo‘lishi lozim. Iqtisodiyotning yetarli darajada pul bilan ta’minlanganlik darajasi monetizatsiya koeffitsiyenti asosida aniqlanadi. Monetizatsiya koeffitsiyenti mamlakat yalpi ichki mahsulotiga nisbatan aniqlanib, xalqaro moliyaviy tashkilotlar va ekspertlarning fikrlariga ko‘ra, uning miqdori, o‘tish iqtisodiyoti sharoitidagi mamlakatlarda 45-60 foizdan iborat bo‘lishi lozim. Agar mamlakatda monetizatsiya koeffitsiyenti ushbu miqdordan past bo‘lsa, iqtisodiyotda pul taqchilligi, tijorat banklarida likvid mablag‘lar va resurslarning yetishmasligi, kreditlar va omonatlar bo‘yicha foiz stavkalarining yuqoriligi kuzatiladi. Bularning barchasi naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi; Tijorat banklarining resurslarga bo‘lgan ehtiyojining yetarli ravishda qondirilmasligi. Ma’lumki, tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan pullar o‘zining boshlang‘ich nuqtasiga qaytib kelmasligi banklarning resurs bazasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning oqibatida tijorat banklarining haqiqiy sektorni kreditlash uchun yo‘naltirayotgan resurslarning taqchilligi, omonatlarga to‘lanadigan to‘lovlar miqdorining oshib ketishi, bu esa o‘z navbatida naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmining pasayishiga olib keladi. Download 339.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling