Pulning metallilik nazariyasi


Download 45 Kb.
Sana12.03.2023
Hajmi45 Kb.
#1263438
Bog'liq
PULNING METALLILIK NAZARIYASI


PULNING METALLILIK NAZARIYASI


Reja

  1. Pulning metallik nazariyasini tushuntiring

  2. Pulning metallilik nazariyasi g’oyalari

  3. Pulning mohiyati



  1. Pulning metallik nazariyasini tushuntiring

  • Pulning metallilik nazariyasi XVI asrda fransuz olimi Nikolo Orezme tomonidan nazariya sifatida shakllantirildi. Keyinchalik angliyalik iqtisodchi olimlar U.Stefford, T.Men, P.Nors, Chayld, Fransiyada A.Monkreten, Germaniyada U.Yust; Italiyada G.Skaruffi, F.Galiyani tomonidan rivojlantirildi.

Pulning metallilik nazariyasi merkantalizm g`oyalariga asoslanadi.
Merkantalizm – dunyo tarixidagi birinchi iqtisodiy maktab hisoblanadi.

    • Merkantalistlar 2 yirik guruhga bo`linadi:

1. Ilk merkantalistlar. 2. So`nggi merkantalistlar.
Ilk merkantalistlar - aktiv pul balansi degan g`oyani ilgari suradilar. Ularning fikriga ko`ra oltin va kumush o`z tabiatiga ko`ra pul hisoblanadi. Har bir jamiyatning boyligi uning oltin va kumush zaxiralari bilan belgilanadi.
Aktiv pul balansi - deganda oltin va kumushning har doim mamlakatga kirib kelish miqdori ularni mamlakatdan chiqib ketish miqdoridan katta bo`lishi tushiniladi.

T.Men birinchi bo`lib metallilik nazariyasiga yangilik kiritdi. Ushbu yangilik quyidagilardan iborat:



    • Mamlakat savdo balansi ijobiy saldoga ega bo`lganda tovarlarni import qilish mumkin.

    • Agar mamlakat uchun foydali bo`lsa, oltin va kumushni xalqaro savdoni rivojlantirish uchun ishlatish mumkin.

I-Jahon urushidan so‘ng metallizm tarafdorlari oltin moneta standartini qayta tiklash mumkin emasligini tan olib, o‘z nazariyalarini himoya qilish maqsadida oltin quyma standart va oltin deviz standartga asoslangan banknota ishlab chiqarishni yoqlab chiqdilar.

1929-1933 yillardagi jahon krizisidan keyin barcha mamlakatlarda oltin deviz standartning ba’zi elementlarini oltin dollar standart o‘zida olib qoldi. Bu standartning o‘ziga xos xususiyati shunda ediki, birinchidan, bu standartdan foydalanish huquqi faqatgina chet el emission banklari uchungina saqlab qolingan edi, ikkinchidan, bu standartda faqatgina AQSh dollarigina oltin bilan aloqasini saqlab qolgan edi, xolos. 1971 yil dekabr oyidan boshlab dollarning oltin pariteti bekor qilinishi bilan oltin standartning barcha ko‘rinishlari o‘z kuchini yo‘qotdi.Pulning nominallilik nazariyasining asoschilari bo`lib Angliyalik ruhoniy va faylasuf J.Berkli va Angliyalik iqtisodchi J.Styuard hisoblanadi. Ular bu nazariyaning yetakchisi. Bu nazariyani rivojlantirishga eng katta hissa qo`shgan olim G.Knapp. 1905- yilda Knappning ‘’Pulning davlat nazariyasi’’ nomli kitobi nashrdan chiqdi. Pulning naminallilik nazariyasi XVIII asrda paydo bo`lgan. Ushbu nazariya namoyondalari pulning Tovar xususiyatini inkor etdilar. Ular aytadiki pul qiymat va iste`mol qiymatiga ega emas. Pulning qiymati unga qo`yilgn nominali bilan belgilanadi


Knapp pulning nominallilik nazariyasini rivojlantirar ekan quidagi xulosaga keldi.

  • Pulni davlat yaratadi;

  • Pulning asosiy funksiyasi bu to`lov vositasi funksiyasidir;

  • Davlat pulga xarid qobilyatini beradi;

  • Pulning xarid qobilyati davlatning qonun hujjatlari bilan belgilanadi;

Keyns pulning nominallilik nazariyasi tarafdori u aytadiki qog`oz pullarning oltin tangalarni muomaladan siqib chiqarishi Knappning buyuk g`alabasidir.


Pulning mohiyati 3 shaklda namoyon bo`ladi.
1. Pul barcha tovarlar qiymatini o`zida ifoda etuvchi umumiy ekvivalentdir.
2. Pul mustaqil almashinuv xususiyatiga ega. Pul tovarlarsiz ham erkin harakatlana oladi. (talabalarga stipendiya, oylik maoshlar, soliqlar, bankdan kredit olish)
3. Pul buyumlashgan mehnatning tashqi o`lchovi

Nominalistlar baho masshtabi deganda milliy valyutaning oltin asosiga aytiladi.


Nominalistlar oltinga almashmaydigan qog`oz pullar muomalasini afzal ekanligini e`tirof etadilar. Hozir dunyoda hech bir valyuta oltin asosiga ega emas. Hozirgi davrda muomlaga chiqarilayotgan naqd pullar Markaziy bankning aktivlari bilan ta`minlanadi
Nominalizmning asosiy xatosi shundaki, bu nazariya bo‘yicha pulning qiymati davlat tomonidan aniqlanar edi.
Nominalistlar pulning qiymat o‘lchovini va baholar masshtabini aralashtirib yubordilar. J. Styuart pulni teng bo‘lgan bo‘laklardan iborat masshtab sifatida aniqladi. Shu bilan birga, agar buning asosida masofa mavjud bo‘lsa, geografik masshtabni tushunish va ishlatish mumkin. Agar u qandaydir og‘irlikka ega bo‘lsa, mahsulot og‘irligini o‘lchash mumkin. Shu kabi pul ham qiymat o‘lchovi funktsiyasini bajarishi uchun tovar bilan qandaydir jinsdoshlikka ega bo‘lishi kerakligini qayd qilib o‘tdi.
Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling