Pulning nazariyalari xususida iqtisodiy nazariyachilarning qarashlari
Download 42.54 Kb.
|
Pulning nazariyalari xususida iqtisodiy nazariyachilarning qarashlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pul nazariyasining mohiyati
Pulning nazariyalari xususida iqtisodiy nazariyachilarning qarashlari. REJA: 3.1. Pul nazariyasining mohiyati 3.2. Pulning metallik nazariyasi 3.3. Pulning nominallik nazariyasi 3.4. Keynsning likvidlikning afzal ko‘rilishi nazariyasi 3.5.Keynschilik nazariyasining keyingi rivojlanishi 3.6. Fridmanning pulning zamonaviy miqdoriy nazariyasi 3.7.Fridmanning pulning zamonaviy miqdoriy nazariyasi Pul nazariyasining mohiyati Pul nazariyasining olamshumul ilmiy ahamiyati shundaki, u barcha iqtisodiy fanlarning bazisi hisoblanadi. Haqiqatda ham birorta iqtisodiy adabiyot mavjud emaski, agar pul yoki u bilan bog‘liq munosabatlarni o‘zida aks ettirmagan bo‘lsa. Pulning nazariy tabiati bir nechta bo‘lib, qator konsepsiyalarda uning mavjudligini tabiiy asoslari va amal qilishining sabablari keltiriladi. Shartli ravishda buni “tovarli” va “tovarsiz” konsepsiyalarga ajratish mumkin1. Tovarli konsepsiyada pulning qimmatliligini aniqlashda asosiy e’tibor real foydali hisoblangan ichki qiymatiga qaratiladi. Bu borada juda keng tarqalgan pulning metallilik nazariyasi e’tiborga olinadi. Pulning tovarsiz konsepsiyasida uning tovarni sotib olish huquqini beruvchi qiymati, simvoli, ieroglifi, umumiy ko‘rinishi kabi belgilariga e’tibor qaratiladi. Albatta, pul nazariyasining ko‘p qirraliligi va uning iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi juda ko‘p iqtisodchi olimlar, mutaxassislar, ekspertlar tomonidan e’tirof etilgan. E’tiborli jihati shundaki, iqtisodchi olimlar, ekspertlar va mutaxassislarning pul nazariyasi va uning iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi haqidagi qarashlari, ta’limotlari va g‘oyalari juda ko‘p hollarda bir – biridan farq qiladi. Buning asosiy sabablaridan biri, bizning nazarimizda, iqtisodiy nazariyachi olimlar, mutaxassislar va ekspertlarning pul nazariyasi haqidagi asarlarining turli vaqtda, turlicha ishlab chiqarish sharoitida va turli hududlarda yaratilganligidir. Jamiyatda mehnat taqsimotining mavjudligi, kishilarni bir – biriga bog‘lab turadilar, ular o‘rtasida mahsulotlar va resurslar almashuvini ta’minlaydigan mexanizmni amal qilishini talab etadi. Ushbu mexanizm bozor bo‘lib, bozor kishilar faoliyatini tartibga soladi va ularning manfaatlarini bir – biriga mos kelishini ta’minlaydi. Kishilar faoliyatini harakatga keltiruvchi, ular o‘rtasidagi ayirboshlashni ta’minlovchi va ularning manfaatlarini tartibga soluvchi vosita sifatida pul maydonga chiqadi. Ma’lumki, jamiyatda ayirboshlash munosabatlarining dastlabki davrlarida kishilar barterdan juda keng ravishda foydalangan, keyinchalik ular barter, ya’ni tovarni – tovarga almashtirish jarayoni ma’lum qiyinchilik va qo‘shimcha vaqtni talab etishi natijasida, bozor ishtirokchilari pulni kashf etdilar. Pul – barcha tovarlarning umumiy ekvivalenti sifatida maydonga chiqadigan “maxsus tovar” bo‘lib, uning yordamida barcha tovarlar qiymati o‘lchanadi. Pulning jamiyatda amal qilishi va uning evolyusiyasi bilan bog‘liq masalalar iqtisodiy adabiyotlarda pul nazariyasi sifatida talqin etiladi. Ushbu iqtisodiy adabiyotlarda pul nazariyasining iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi quyidagi uchta guruhga ajratib o‘rganiladi. Download 42.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling