Pulning paydo bo‘lish sabablari
To‘lov vositasi funksiyasi
Download 37.5 Kb.
|
pul va banklar otrobotka (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jamg‘arish vositasi funksiyasi.
- Jahon puli funksiyasi
- Iqtisodiyotning rivojlanishida pulning roli.
To‘lov vositasi funksiyasi. Bunda tovarlar to‘lov muddati kechiktirlib sotiladi. SHuningdek, kredit va moliya munosabatlaridagi to‘lovlar ham pulning to‘lov vositasi funksiyasiga kiradi. Masalan: kredit olgan mijoz bankka kreditning asosiy qarz summasi va foizlarini qaytaradi. Bundan tashqari korxonalar soliq to‘lovlarini amalga oshiradi, turli xildagi jarimalar to‘lovlarini to‘laydilar.
Jamg‘arish vositasi funksiyasi. Bunda naqd va naqd bo‘lmagan pullar jamg‘ariladi. Aholi, korxonalar o‘zlarining bo‘sh pul mablag‘larini banklarga muddatli yoki jamg‘arma depozit hisob raqamalarida saqlaydilar. Aholining qo‘lida turgan har qanday pul to ishlatilgunga qadar jamg‘arish vositasi funksiyasini bajaradi. Korxonalarning joriy hisob raqamlaridagi pul mablag‘lari ham to ishlatilgunga qadar jamg‘arish vositasi funksiyasini bajaradi. Jahon puli funksiyasi. Jahon puli funksiyasi jahon bozorlarida kotirovka qilinadigan ya’ni oldi-sotdi qilinadigan valyutalar bajaradi. Masalan: o‘zbek so‘mi bu vazifani bajarmaydi. Xalqaro hisob-kitob banki ma’lumotlariga ko‘ra, xalqaro valyuta bozorlarida konversion operatsiyalarning 90% ortiq qismi 5ta valyutada amalga oshirilmoqda (www.bis.org). Bu valyutalar xalqaro rezerv valyutasi maqomiga ega. Bu maqomni Xalqaro Vlayuta Fondi beradi. Xulosa qilib aytganda, pulning barcha funksiyalari birbiri bilan uzviy bog‘liq va ular birbirini to‘ldiradi. Pulning funksiyalarining aynan shunday uzviy bog‘liqligi va birbirini to‘ldirishi pul muomalasining barqarorligi va samarasini ta’minlashga sharoit yaratadi. Iqtisodiyotning rivojlanishida pulning roli. Mamlakat rivojlanishining asosiy vositalaridan biri pul bo’lib, bozor iqtisodiyotiga o’tish va unda faoliyat yuritishda uning o’rni va ahamiyati yanada oshib boradi. Darhaqiqat, pul – “bozor tili” deb bejiz aytilmagan. Har bir iqtisodiy axborot, tovarlar va xizmatlar bahosi, to’lovlar, daromadu xarajatlar, moliyaviy talablar va majburiyatlar, iqtisodiy aloqalar mikro va makro darajalarda faqat pulda ifoda qilinadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida pul ahamiyatining ortib borishi jamiyatimizda mavjud huquqiy va jismoniy shaxslar faoliyati va uning natijasi – daromadi pul bilan bog’liq. Bozor iqtisodiyotini muhim omilini pul tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti pul bilan tirik, chunki takror ishlab chiqarish jarayonining barchasida pul vositachilik qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovarlar va xizmatlarning ishlab chiqarishdan boshlab iste’molchigacha bo’lgan jarayon pul vositasida amalga oshadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomilasini uyushtirish, tovarlarni ayirboshlash, pullarni saqlash va taqsimlash, bo’sh pulni qarzga berish, korxonalar o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar yanada kuchayib, murakkablashib boradi. Pul shaklidagi mablag’lar bozor orqali resursga aylanadi va ular ishtirokida tovarlar yaratiladi, tovarlar sotilib yana pulga aylanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida nafaqat pul, balki uning ekvivalentlaridan – aksiya, obligasiya kabi qimmatli qog’ozlar va boshqalardan keng foydalaniladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ilgari pulga aylantirilmagan ayrim vositalar ham endi pulda o’z aksini topadi (yer va boshkalar). Umuman bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar moliyasini tashkil etish, pulni aylanishi, umuman xo’jaliklar faoliyatini tashkil etilishi yangi pul munosabatlari asosida tashkil etiladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib bozor iqtisodiyoti sharoitida pul iqtisodiy quvvat, iqtisodiyotning o’ziga xos tashrif qog’ozi bo’lib xizmat qiladi. Download 37.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling