Pulning paydo bo‘lishi funksiyalari kredit pullar va ularning turlari Reja: Fanning predmeti va vazifalari. Pulning paydo bo‘lish sabablari
Qiymat shakllarining evolyusiyasi. Qiymatning oddiy yoki tasodifiy shakli
Download 60.39 Kb.
|
Kredit pullar va ularning turlari Mustaqil ish
4. Qiymat shakllarining evolyusiyasi. Qiymatning oddiy yoki tasodifiy shakli.
“Pul-kredit va banklar” fani fundamental, nazariy fanlardan biri bo‘lib, boshqa iqtisodiy va mutaxassislik fanlarini chuqur o‘rganishda asos bo‘lib xizmat qiladi. SHuningdek, mazkur fan “Bank ishi” ta’lim yo‘nalishi uchun 2- kurs bakalavr talabalari uchun 3- 4 va 5 semestrlarda, “Buxgalteriya hisobi va audit” (soliq yo‘nalishi bo‘yicha) 4-5-semestrda va boshqa barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun 4 – semestrda o‘qitiladi.Fanning o‘qitishdan maqsad talabalarni pul-kredit sohasi qonuniyatlari, uni ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi tutgan o‘rni, nazariy asoslarini, jamiyat hayotidagi ahamiyatini, ularni muomalasini tashkil qilish va muvofiqlashtirish va boshqalardan iborat. SHuning bilan birga, fan bank, bank tizimi, kredit tizimi va uning jamiyat taraqqiyotidaga o‘rni, mamlakat pul muomalasini tashkil qilish, maqsadi va vazifalarini o‘rgatishdan iborat. Mazkur fan pulning xarid quvvati, uning mamlakat iqtisodiyotini barqarorligiga ta’siri, inflyasiya hamda mavjud makroiqtisodiy omillarni chuqurroq o‘rganishdan iborat. SHuning uchun “Pul, kredit va banklar” fani “Bank ishi”, “Soliqlar va soliqqa tortish”, “Moliyaviy menejment”, “Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalari” fani bilan chambarchas bog‘liq. Pul o‘zining evolyusiyasi jarayonida metall (oltin, kumush, mis), qog‘oz, kredit pullar shaklida ishlatilib kelgan. Qiymatni o‘zida ifodalashiga ko‘ra pullar ikki turga bo‘linadi: – haqiqiy pullar; – haqiqiy pul izdoshlari - qiymat belgilari. Haqiqiy pullar nominal qiymatini o‘zida ifodalovchi, real qiymatga ega bo‘lgan metall pullar bo‘lib, ular har xil shakllarda chiqarilgan va keyinchalik amaliyotda qulay bo‘lgan aylana (shu shakl-da metall emirilishi kam bo‘ladi) shaklda chiqarilgan. Kredit pullar deb kredit munosabatlar asosida yuzaga keluvchi, to‘lov vositasini bajaruvchi qiymat belgilariga aytiladi. Dexqonchilik, chorvachilik va xunarmandchilikning ajrab chiqishi tufayli ularda endi mahsulot bilan bir vaqtda tovar ishlab chiqarish paydo bo‘ldi. Ushbu ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida o‘zlaridagi etishtirilgan ortiqcha mahsulotlarni o‘zlarining ehtiyojini qondirish maqsadida boshqa mahsulotlarga doimiy ravishda ayirboshlashga kuchli ehtiyoj yuzaga chiqdi. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘z ehtiyojini kondirish uchun emas, balki uni ayriboshlash maqsadida etishtirgan mahsuloti tovarga aylandi. Demak mahsulot ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotni ularning ehtiyojini qondirishdan ortgan qismini boshqa mahsulotga ayirboshlash uchun yo‘naltirilishi natijasida mahsulot tovarga aylangan. Ushbu jarayonni bir ishlab chiqaruvchidan boshqa ishlab chiqaruvchi o‘rtasidagi tovar ayirboshlashni shakllanishi deb hisoblanadi. Buning natijasida turli tovarlarning shakli, sifati, ehtiyojni qondirishligiga asosan ularning qiymatini aniqlashlik, ya’ni moslilik talab etila boshladi. Natural xo‘jalik sharoitida doimiy ravishda ortikcha mahsulot ishlab chiqarish yuzaga chika boshladi. Bunda qiymatning oddiy yoki tasodifiy shakli yuzaga chikadi. CHunki ishlab chiqarishni xali rivojlanmaganligi sababli tovar ayirboshlash cheklangan. Bunda faqat ikki holat hisobga olinadi: ishlab chiqaruvchi va haridorlarni manfaatlarini o‘zaro mos kelishi va ayirboshlayotgan tovarlarning qiymatini to‘g‘ri kelishi: Bitta 1qo‘y = bir qop bug‘doy yoki bo‘lmasa: Bir qop bug‘doy = bitta bolta. Albatta bu holatda eng avvalo ishlab chiqaruvchi va haridorning manfaatlari o‘zaro mos kelishi asosiy o‘rinni egallagan. Masalan, qo‘y egasiga bir qop bug‘doy kerak. Lekin bug‘doy egasiga qo‘y kerak emas, unga bitta bolta kerak. Bu erda tovar ayirboshlash yuzaga chiqmaydi. Qo‘y egasi agarda bolta egasi manfaatiga mos kelsa, u holda u o‘z qo‘yini bitta boltaga ayirboshlaydi. SHundan so‘ng u boltani olib boradi va bir qop bug‘doyga almashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Iqtisodiy adabiyotda juda qiziq holat aks ettirilgan. Afrika qabilasi a’zolaridan biri o‘z ehtiyojini kondirish maqsadida o‘zi ishlab chiqargan mahsulotini 28 ta ishlab chiqaruvchiga borishga majbur bo‘lgan. .
Download 60.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling