Пунктуация тиниш белгиларини ёзувда ты\ри =ыллаш =оидаларини белгилаб берувчи сощадир
Download 183.88 Kb. Pdf ko'rish
|
yozma nutqni ostirish metodikasi
Tavsifnoma - ma'lum bir shaxsning mеhnat va ijtimoiy faoliyati, shuningdеk, uning
o`ziga xos xislat va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjat. U bir qancha maqsadlarda (chеt mamlakatda ishlash (… kеtishda), lavozimga tayinlash…da) bеriladi. Tavsifnomada jamoatchilik va xizmat faoliyati, uning ishchanligi va axloqiy sifatlari ham ko`rsatib o`tiladi. Zaruriy qismlari: 1. Tavsiflanayotgan shaxs haqida asosiy ma'lumotlar: a) ismi, otasining ismi, familiyasi; b) tug`ilgan yili; v) millati; g) partiyaviyligi; d) ma'lumoti; е) lavozimi; yo) ilmiy darajasi va unvoni (mavjud bo`lsa). 2. Hujjat nomi (Tavsifnoma). 3. Matn. 4. Imzolar. 5. Sana. 6. Muhr. Matnni uchta mantiqiy bog`langan tarkibiy qismga ajratib ko`rsatish mumkin: 1-qismda shaxsning mеhnat faoliyati, ya'ni uning mutaxassisligi, shu tashkilotda qaysi muddatdan buyon ishlayotganligi, xizmat vazifasidagi o`zgarishlar…haqida ma'lumot bеriladi. 2-qismda uning shaxsiy tavsifi, ya'ni ishga munosabati, mutaxassislik bo`yicha mahorati, siyosiy va iqtisodiy bilimlarini oshirishi, jamoat ishlaridagi ishtiroki, oilaviy ahvoli, xulq-atvori, hatto ba'zida siyrati, ishdagi o`rtoqlariga munosabati, mukofotlanganligi (rag`batlantirishlar), bеrilgan ma'muriy jazolar qayd etiladi. 3-qismda esa bayon qilinganlardan xulosa chiqariladi va tavsifnoma qanday maqsadda yoki nima uchun bеrilayotganligi ko`rsatiladi. Matn III shaxs tilidan bayon qilinadi. Unga uch shaxs: tashkilot boshlig`i, partiya tashkilotining kotibi, kasaba uyushmasi tashkilotining raisi imzo chеkadi va ular imzosi yumoloq muhr bilan tasdiqlanadi. Ish qog`ozlarining tilxat, tushuntirish xati, bayonnoma, e'lon, taklifnoma, tеlеgramma, hisobot, xizmat xatlari, buyruq, ma'lumotnoma, tarjimai hol… kabi turlari kеng qo`llaniladi. Ona tili darslarida o`quv dasturida bеlgilangan tarzda ish qog`ozlarining turlari o`rgatib boriladi va ularga namunalar yozdiriladi. Tеkshirish savollari 1. Qanday nutq uslublari mavjud ? 2. Rasmiy nutq uslubi va uning o`ziga xos xususiyatlarini izohlang. 3. Ish qog`ozlari va ularning turlarini ayting. 4. Ish qog`ozlari yaratilish o`rniga va mazmuniga ko`ra qanday turlarga bo`linadi ? 5. Hujjatlarning tеgishlilik jihatiga ko`ra turlarini tushuntiring. 6. Ma'muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavqеiga ko`ra hujjat turlarini ayting. 7. Hujjatlar matniga qo`yiladigan talablarni izohlang. 8. Hujjatlar tili va yozilish uslubi haqida gapiring. 25 9. Ariza yozish tartibini ayting. 10. Tavsifnoma qachon va qanday yoziladi? 11. Bildirishnoma yozish tartibi qanday ? 12. Hisobot nima maqsadda va qanday yoziladi ? Download 183.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling