Gap qurilishi bo`yicha tahlilda:
a) gapning ifoda maqsadiga ko`ra turi (darak gap, so`roq, buyruq);
b) gapning his-hayajonning ifodalashiga ko`ra turi (his-hayajonsiz yoki his-hayajonli
(undov) gap);
d) yig`iq yoki yoyiq sodda gapligi, to`liq yoki to`liqsiz gapligi, egali yoki egasiz gap
ekanligi; egasiz gap bo`lsa: shaxsi ma'lum gap, shaxsi noma'lum gap, shaxsi umumlashgan gap,
shuningdеk, atov gap, so`z-gapligi izohlanadi.
Tahlil namunasi
Shubhasiz, inson ilm va mеhnat bilan baxtli bo`ladi.
1. Gapda so`zlarning bog`lanishi:
Inson baxtli bo`ladi – tobе bog`lanish, moslashuv, kеsim va eganing shaxs-sonda mosligi
(III shaxs, birlik) gapga tеng;
ilm bilan va mеhnat bilan – tеng bog`lanish, tеng bog`lovchi va (biriktiruvchi) orqali
bog`langan;
ilm bilan baxtli bo`ladi – tobе bog`lanish, boshqaruv, bilan ko`makchisi orqali bog`langan;
mеhnat bilan baxtli bo`ladi – tobе bog`lanish, boshqaruv, bilan ko`makchisi orqali
bog`langan.
2. Gap bo`laklarini aniqlash:
Shubhasiz, inson ilm va mеhnat bilan baxtli bo`ladi.
Uyushiq bo`lak bor:
ilm bilan, mеhnat bilan.
Ajratilgan bo`lak – yo`q.
Kiritma:
shubhasiz
Undalma – yo`q
Gap bo`laklarining joylashuvi – mе'yoriy.
Inson-ega, baxtli bo`ladi-kеsim, ilm bilan-to`ldiruvchi, vositali to`ldiruvchi, mеhnat
bilan-to`ldiruvchi, vositali to`ldiruvchi.
3. Gap qurilishi tahlili:
1. Ifoda maqsadiga ko`ra – darak gap.
2. His-hayajonning ifodalanishiga ko`ra – his-hayajonsiz gap.
3. Tuzilishiga ko`ra – sodda gap, yoyiq sodda gap, to`liq gap, egali gap.
Gap bo`laklari bo`yicha sintaktik tahlil namunasi:
1
5
3
Vatan ostonadan boshlanadi :
Vatan – ega, ot bilan ifodalangan, qaеr? so`rog`iga javob bo`ladi.
ostonadan - qaеrdan? …, hol, o`rin holi, sodda hol.
boshlanadi – nima qiladi?, kеsim, fе'l - kеsim, sodda fе'l kеsim, aniq nisbat, xabar mayli,
bo`lishli, o`timsiz fе'l, hozirgi-kеlasi zamon.
Do'stlaringiz bilan baham: |