Punktuatsiya haqida ma’lumot Reja


Punktuatsiyasi va intonatsiya


Download 102 Kb.
bet5/6
Sana19.06.2023
Hajmi102 Kb.
#1606626
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
punktuatsiya

Punktuatsiyasi va intonatsiya. Hozirgi o’zbek yozuvida punktuatsiyasi, asosan, sintaktik funksiya bajarishini. yuqorida ko’rdik. Lenin punktuatsiyasi, bundan tashqari, fonetik funksiyani ham bajarishi mumkin. Punktuatsiyasining fonetik funksiya bajarishi ba’zan intonatsiyada ham ochiq ko’rinadi. Masalan, nuqta, so’roq va undov bel­gilari muayyan intonasion tugallikning signali sifatida tushuniladi; vergulning uyushiq bo’laklarda qo’llanishi sanash intoiasiyasiga teng keladi; kirish konstruksiyalar va undalmalar og’zaki nutqda qisqa to’xtam bilan gap bo’laklaridan ajraladi, yozuvda esa punktuatsion belgi vositasida ajratiladi.
Lekin, bunday yaqin aloqada bo’lishiga qaramay, punktuatsiyasi va intonatsiya o’zaro farqlanadi. Bu farq, avvalo, ularning ikki sohaga xos vosita usuli bo’lishi bilan, ya’ni punktuatsiyasi yozma nutqqa, intonatsiya esa og’zaki nutqqa xosligi bilan belgilanadi.
Ikkinchidan, tinish belgilarining ishlatilishi hamma vaqt intonatsiyaga mos kelavermaydi. Punktuatsiyasi tarixida tinish belgilarining ishlatilishini faqat intonatsiyaga bog’lab izohlash hollari ham bo’lgan. Masalan, prof. A. M. Peshkovskiy ko’proq shu yo’lni tanlagan. Ammo punktuatsiyasini faqat intonatsiyaga bog’lash masalaga bir yoqlama yondashishdir. Chunki hech vaqt orfografiya orfoepiyaga to’liq mos kelmaganidek, punktuatsiyasi ham intonatsiyaga aynan mos kelmaydi. Shuningdek, intonatsiya gapni shakllantiruvchi asosiy grammatik vositalardan biridirki, uni alohida ajratib olish mumkin emas: gap semantik, grammatik va intonasion jihatlarning dialektik butunligidan tashkil topadi.
Punktuatsiyasining intonatsiyaga to’liq mos kelmasligi quyidagilardan ko’rish mumkin:
1. Gapning ma’noli qismlari — sintagmalar — nutq jarayonida qisqa to’xtamlar bilan ajratib talaffuz qi-linadi. Lekin bunday to’xtamlar yozuvda tinish belgilari bilan ko’rsatilmaydi: YOz oylari //Naymanchaning ko’chalari// tuproqdan chang bo’lardi. (A. Muxtor) Bu gapda qisqa to’xtam bilan ajratib talaffuz etiladigap uchta sintagma bor, ammo ular o’zaro tinish belgilari bilan ajratilmagan.
2. Albatta, axir, xolos tipidagi kirish so’zlar gap oxirida kelganda, ularning to’xtam bilan ajratilishi uncha sezilmaydi, ularni ajratuvchi to’xtam juda qisqa bo’ladi. SHunga qaramay, ular yozuvda tinish belgilari bilan ajratiladi: Boboxo’ja domla bitta sonni yozish uchun doskaga bo’r surkab, qancha qimirlatar edi, axir. (P. Tursun) Ishning bir qismi maishnalar bilan bajariladi, albatta. (SH. R.)
3. Gap o’rtasida va oxirida kelgan undalmalarda to’xtam, ohang — intonatsiya uncha sezilmaydi, ammo yozuv­da doim vergul bilan ajratiladi: Ha, bir musht urdim, o’rtoq polkovnik, ikki mushtni ko’tara olmas ekan. (A. Q.) Senda nima yumush bo’lsin, Ra’no.
4. Bog’lovchilar va nisbiy so’zlar vositasida munosabatga kirishgan ajratilgan bo’laklardan keyin hech qanday to’xtam bo’lmaydi, lekin vergul bilan ajratiladi. Shunaqa qilib, nazir qilingan ikki qiz eshonzodaga, ya’ni Nu’monjonga, qoldi. (A.Q.)
5. Sodda gaplarda kesim ot- bilan ifodalanganda va bog’lama olmaganda egadan keyingi to’xtam sezilmaydi, biroq yozuvda tire qo’yiladi: Gazeta — ommaga! Yo’lchi — «Qutlug’ qon» romanining bosh qahramoni.


Download 102 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling