Punktuatsiya haqida ma’lumot Reja


Punktuatsiya paydo bo’lishini ta’minlagan asosiy omillarni izohlash


Download 102 Kb.
bet3/6
Sana19.06.2023
Hajmi102 Kb.
#1606626
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
punktuatsiya

2.Punktuatsiya paydo bo’lishini ta’minlagan asosiy omillarni izohlash
Masalan, punktuatsion tizim hozirgi maʼno va koʻrinishda Gʻarbiy Yevropa tillari yozuvlarida 15—16-asrlarda, rus yozuvida 18-asr da, oʼzbek yozuvida esa 19-asrning 2-yarmida paydo boʻlgan. Yoki ingliz tili punktuatsion tizimida apostrof va defis ham tinish belgisi hisoblanib, ularning jami 12 ta boʻlsa, hozirgi oʻzbek P.si quyidagi 10 ta tinish belgisidan iborat: vergul, ikki nuqta, koʻp nuqta, nuqta, nuqtali vergul, soʻroq belgisi, tire, undov belgisi, qavs, qoʻshtirnoq. P.ning qoʻllanishida ham tillararo tafovut boʻlishi mumkin, Masalan, ispan tilida soʻroq va undov belgilari gapning boshida va oxirida qoʻyiladi. P. tilning sintaktik qurilishi bilan uzviy bogʻliq boʻlib, yozma nutqni toʻgʻri, ifodali, aniq bayon qilishda, uning uslubiy ravonligini, tez tushunilishini taʼminlashda muhim vositadir.
Oʻz navbatida, muayyan tiddagi P. anʼanalarining mustahkamlanishi va takomillashuvida tanikli yozuvchilarning ijo-di hamda tinish belgilarining qoʻllanish kridalarini belgilovchi va tartibga soluvchi tilshunoslar faoliyati katta ahamiyatga ega. Hozirgi uzbek P.sining shakllanishi, rivoji, uning oʻrganilishi Fitrat, S. Ibrohimov, H. Gʻoziyev, O. Usmon, Gʻ. Abdurahmonov, K. Nazarov va boshqa tilshunoslarning nomi bilan bogʻliq.
Hozirgi zamon yozuvida tinish belgilarining funksiyasi juda taraqqiy etib, ularning qo’llanish doirasi har jihatdan kengaydi. Masalan, tire hozirgi o’zbek yozuvida 20 ga yaqin funksiyani bajaradi. Demak, punktuatsiyasi polifunksional xususiyatga ham ega.
Punktuatsiyasining funksional taraqqiyotini shartli ravishda quyidagi to’rt bosqichga bo’lib o’rganish mumkin:
1-bosqich. Qadimgi yozuvlarda ishlatilgan punktuatsion harakterdagi ishoralarning dastlabki funksiyasi — ajratishdir: ular yozuvga «ajratuvchi belgilar sifatida kiritilgan. Ajratuvchi belgilar matnda so’zlarni formal ajratish uchun qo’llangan, xolos. Ammo hech qanday ma’no ifodalamagan. So’zlar interval vositasida, ayrim nutq parchalari — gap yoki gap qismlari «punktuatsion» ishora vositasida ajratilgan.
Demak, punktuatsiyasi taraqqiyotida birinchi bosqich ajratish funksiyasining kuchliligi bilan harakterlanadi.

Download 102 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling