Kalit argumentlar (Ключевые аргументы)
Agar biror funksiya ko’p parametrga ega bo’lsa va uni chaqirish joyida bu parametrlardan faqat ayrimlariga qiymat ko’rsatilishi kerak bo’lsa, u holda bu parametrlar qiymatlari ularning nomi bo’yicha berilishi mumkin – bu kalit parametrlar deyiladi. Bu holda argumentlarni berish uchun ularning pozitsiyasi emas, nomi (kalit) ishlatiladi.
Bunday uslubni ikki xil afzalligi mavjud: birinchidan, funksiyadan foydalanish oson bo’ladi. Sababi argumentlarning ketma-ketligini rioya qilish zarur bo’lmaydi; ikkinchidan, faqat tanlangan argumentlarga qiymat berish mumkin bo’ladi va qolgan argumentlar boshlang’ich qiymatlarga ega bo’ladi.
Misol: (func_key.py nomi bilan saqlang)
def func(a, b=5, c=10):
print('a teng', a, ', b teng', b, ', c teng, c)
func(3, 7)
func(25, c=24)
func(c=50, a=100)
Natija:
$ python func_key.py
a teng 3, b teng 7, c teng 10
a teng 25, b teng 5, c teng 24
a teng 100, b teng 5, c teng 50
Do'stlaringiz bilan baham: |