Python dasturlash tili: 6-dars
def func(x): print
Download 48.65 Kb.
|
Python dasturlash-6-dars-Funksiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu qanday ishlaydi
def func(x):
print("x teng", x) x = 2 print("Mahalliy x qiymatini", x, "ga o'zgartiramiz") func(x) print("x qiymati qanday bo'lsa, shunday turibdi", x) Natija:
$ python func_local.py x teng 50 Mahalliy x qiymatini 2 ga o'zgartiramiz x qiymati qanday bo'lsa, shunday turibdi 50 Bu qanday ishlaydi: Funksiyaning birinchi qatorida, x o’zgaruvchisiga biriktirilgan qiymatni birinchi bor chop etishda Python funksiyaning yuqorisida, ya’ni asosiy blokda e’lon qilingan parametrning qiymatidan foydalanadi. So’ng x o’zgaruvchiga 2 qiymatni biriktiramiz. x o’zgaruvchisi bizning funksiyamiz uchun mahalliy hisoblanadi. Shuning uchun x o’zgaruvchining qiymatini funksiya ichida o’zgartirganimizda, funksiya tashqarisida aniqlangan x o’zgaruvchi qiymati xech qanday o’zgarishsiz qoladi. Dastur oxirida print funksiyasi yordamida asosiy blokda aniqlangan x o’zgaruvchisi qiymatini chop etamiz va funksiya ichida x o’zgaruvchisi qiymatining o’zgartirilishi xech qanday ta’sir qilmaganligini ko’rishimiz mumkin bo’ladi.
“global” zahira so’zi (зарезервированное слово) Funksiya ichidagi biror o’zgaruvchiga yuqori darajadagi biror qiymatni (funksiya yoki klassning ko’rinish maydoni emas) biriktirish uchun Pythonga uning nomi mahalliy emas global ekanligini ko’rsatish darkor. Buni “global” zahira so’zi yordamida amalga oshirish mumkin. “global” zahira so’zini ko’rsatmasdan funksiya tashqarisida aniqlangan biror o’zgaruvchi qiymatini biriktirib bo’lmaydi. Funksiya tashqarisida aniqlangan biror o’zgaruvchi qiymatini funksiya ichida ishlatish mumkin (faqat sharti funksiya ichida huddi shu nom bilan biror o’zgaruvchi aniqlanmagan bo’lishi kerak). Lekin bunday holatlardan qochish kerak. Sababi dastur kodini o’qiyotgan odamga o’zgaruvchi qayerda aniqlanganligi tushunarsiz bo’lishi mumkin. “global” zahira so’zini ishlatish esa o’zgaruvchi eng yuqori blokda aniqlanganini aniq ko’rsatadi.
x = 50 Download 48.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling