Python dasturlash tili boshqa tillarga nisbatan o‘rganish ancha oson va shu bilan birga imkoniyatlari boy bo‘lgan til hisoblanadi


Download 25.92 Kb.
bet6/7
Sana16.06.2023
Hajmi25.92 Kb.
#1517272
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kirish

print("Exception bo'lmadi.")
Natija:
$ python raising.py
Nimadir kiriting –> a
ShortInputException: Kiritilgan satr uzunligi — 1;
minimum 3 uzunlik kutilgan edi


Bu qanday ishlaydi:

Bu yerda biz ShortInputException nomli o'zimizning exception turimizni xosil qildik. U ikkita xususiyatdan (maydon) tashkil topgan: length — kiritilgan satr uzunligini saqlash uchun, atleast — dastur kutgan minimal satr uzunligi.


except blokida biz ShortInputException klasini ko'rsatamiz u o'z navbatidaex o'zgaruvchisiga saqlanadi. ex o'zgaruvchisi esa tegishlik xatolik/exception ob'yektidan tashkil topgan. except bloki ichida length va atleastxususiyatlarini ishlatib foydalanuvchiga tegishli xabarni ko'rsatamiz.
try . . finally

Tasavvur qilaylik, dasturda fayldan o'qib olish amali bor va dastur oxirida shu fayl to'g'ri yopilishi kerak. Bunga finally blokini qo'llash bilan erishish mumkin.




Misol: (finally.py nomi bilan saqlang)
import time
try:
f = open('poem.txt')
while True: # Odatiy fayldan o'qish usuli
line = f.readline()
if len(line) == 0:
break
print(line, end='')
time.sleep(2) # Bir qancha vaqt kutish
except KeyboardInterrupt:
print("!! Siz fayldan o'qishni bekor qildingiz.")
finally:
f.close()
print('(Tozalash: Faylni yopish)')
Natija:
$ python finally.py
Dasturlash qiziqarli.
Agar ish zerikarli bo'lsa,
Unga quvnoq tus berish uchun –
^C!! Siz fayldan o'qishni bekor qildingiz.
(Tozalash: Faylni yopish)


Bu qanday ishlaydi:

Bu yerda biz oddiy fayldan o'qib olish amallarini bajaryapmiz. Dastur sekin ishlashi uchun har bir chop qilingan satrdan so'ng dastur 2 sekund uyquga ketadi (python judayam tez ishlaydi). Dasturni to'xtatish yoki bekor qilish uchun dastur bajarilishi jarayonida Ctrl + c bosing.


Kuzatgan bo'lsangiz KeyboardInterrupt istisnosi yuz berdi va dastur bajarilishdan to'xtadi. Ammo dastur bajarilishdan to'xtashidan oldin finally bloki bajarildi va o'qish uchun ochilgan fayl yopildi.


with operatori

Biror bir resursga try blokida murojaat qilib, so'ngra bu resursni finally blokida bo'shatib yuborish odatiy yo'l sifatida ko'riladi. Lekin bu amalni nisbatan qulayroq bajarish uchun with operatoridan foydalanish mumkin.





Download 25.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling