for i in range(1,n+1): sum = sum + i
print("summa(1+...+n) =", sum)
Dastlab konsol ekranidan butun son kiritiladi. Siklda i o‟zgaruvchisi aniqlangan bo‟lib, u range() funksiyasidan qaytarilgan qiymatni o‟zida saqlaydi. Bu erda range() funksiyasi 2 ta parametr qabul qilgan. Birinchisi sonlar kollektsiyasini boshlang‟ich qiymati va ikkinchisi oxirgi qiymati ( oxirgi qiymat kollektsiyaga kirmaydi). Natijada range() funksiyasi [1,…,n-1] intervaldagi sonlarni ketma-ket qiymat sifatida qaytaradi va har bir qiymat uchun sikl operatorining tana qismi bajariladi.
range funksiyasi. range funksiyasining quyidagi shakllari mavjud:
range(stop) – 0 dan stop gacha (stop kirmaydi) bo‟lgan barcha sonlarni qaytaradi;
range(start, stop) – start(kiradi) dan stop (kirmaydi) gacha bo‟lgan barcha butun sonlarni qaytaradi;
range(start, stop, step) – start (kiradi) dan stop (kirmaydi) gacha bo‟lgan barcha butun sonlar step qadam bilan hosil qilinadi va qaytaradi.
Masalan:
1
2
3
4
|
print(list(range(5))) #[0, 1, 2, 3, 4]
print(list(range(1,5))) #[1, 2, 3, 4]
print(list(range(1,5,2))) #[1, 3]
print(list(range(-5,5,3))) #[-5, -2, 1, 4]
|
Bu erda range(5) funksiyasi [0, 1, 2, 3, 4] oraliqdagi sonlar kollektsiyasini qaytargan va qaytarilgan sonlarni ro‟yхatda jamlash uchun list() funksiyasi qo‟llanilgan. range() funksiyasining boshqa holatlarda qanday qiymatlar hosil qilishini yuqoridagi dasturdan ko‟rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |