Python dasturlash tilida ma’lumotlar bazasi bilan ishlash


Django freymworklari bilan ishlash bilan ishlash


Download 218.41 Kb.
bet5/5
Sana18.06.2023
Hajmi218.41 Kb.
#1561403
1   2   3   4   5
Bog'liq
Python mustaqil ish

Django freymworklari bilan ishlash bilan ishlash
Django — Pythonga asoslangan bepul va ochiq manbali web-freymvork boʻlib, u model-template-view (MVC) arxitektural namunaga amal qiladi. Uni Django Software Foundation (DSF), 501(c)(3) nodavlat tashkilot sifatida tashkil etilgan Amerika mustaqil tashkiloti qoʻllab-quvvatlaydi.
Djangoning asosiy maqsadi maʼlumotlar bazasiga asoslangan murakkab web-saytlarni yaratishni yengillashtirish hisoblanadi. Ushbu freymvork komponentlarning qayta ishlatilishi va „ulanishi“, tez rivojlanishi va oʻzingizni takrorlamaslik tamoyiliga urgʻu beradi. Python, hatto sozlash fayllari va maʼlumotlar modellari uchun ham qoʻllaniladi. Django shuningdek, yaratish, oʻqish, yangilash va oʻchirish uchun qoʻshimcha admin interfeysini taqdim etadi, bu introspeksiya orqali dinamik ravishda yaratiladi hamda boshqaruv modellari yordamida sozlanadi.
Djangodan foydalanadigan baʼzi taniqli saytlarga PBS, Instagram, Mozilla, The Washington Times, Disqus, Bitbucket va Nextdoor kiradi.
Django ning yaratuvchilari: Russell Keith-Magee, Adrian Holovaty, Simon Willison, Jacob Kaplan-Moss, Wilson Miner
Django soʻzining oʻzi esa fransuz jazz musiqachisi Reynxard Django sharafiga qoʻyilgan. Uning asl ismi Jan Batist Renart boʻlib, taxallusi Django boʻlgan. Bu soʻz sigan tilida „men uygʻondim“ degan maʼnoni anglatadi.
Django backend vositasi sifatida
Maʼlumki, web-saytlar yaratish bir necha bosqichdan iborat boʻlgan murakkab jarayon boʻlib, turli xil dasturiy vositalarni talab qiladi. Eng avval yaratilajak saytning dizayni yaratiladi. Bunda dizayner photoshop dasturini ishlatib, saytning maketini ishlaydi. Keyin esa frontend mutaxassisi ushbu saytning html kodini yozadi, turli vizual effektlar beradi. Kerakli sahifalar va tugmalarni yaratadi. Shundan soʻng estafeta tayoqchasini backend mutaxassisi oladi. U server va foydalanuvchi oʻrtasidagi muloqotni hamda ma'lumotlar bazasi ishini yoʻlga qoʻyadi. Aynan mana shu bosqichda djangoning yordamidan foydalanishimiz mumkin. Yaʼni server bilan aloqani yoʻlga qoʻyish, maʼlumotlar bazasidan kerakli maʼlumotni chiqarish yoki biron maʼlumotni bazaga kiritish kabi vazifalarni bajaradi.
Django ni kompyuterga oʻrnatish
Django ni oʻrnatish uchun, kompyuterga birinchi navbatda python oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Shundan soʻng quyidagi buyruq orqali django oʻrnatiladi:
pip install django
Shundan soʻng, bemalol yangi loyiha yaratishni boshlash mumkin. Buning uchun, quyidagi buyruqdan foydalanamiz:
django-admin startproject proyekt nomi
Shunda proyekt nomi nomli papka avtommatik tarzda yaratiladi. Uning ichida manage.py fayli va proyekt nomi deb nomlangan yana bitta papka hosil boʻladi. Aynan manage.py fayli django bilan ishlashda eng muhim fayl hisoblanadi. U orqali eng muhim buyruqlar bajariladi. Masalan, yaratgan proyektimizni ishga tushirib koʻraylik. Buning uchun
cd proyekt-nomi
buyrugʻini berib, kerakli papkaning ichiga kiramiz. Shundan soʻng, manage.py faylini ishga tushiramiz:
python manage.py runserver
Download 218.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling