Python dasturlash tilida sonlar butun son ko’rinishida yoki o’nlik son ko’rinishida bo’lishi mumkin


Download 20.17 Kb.
Sana13.11.2023
Hajmi20.17 Kb.
#1769402
Bog'liq
Python dasturlash tilida sonlar butun son ko


Python dasturlash tilida sonlar butun son ko’rinishida yoki o’nlik son ko’rinishida bo’lishi mumkin.
a=10 (int=integer=butun son)
b=5.5(float=o’nlik son floating point number=suzuvchi nuqtali sonlar)
Deb saqlasak ham bo’ladi.
temp=36.6
Odatda o’zgaruvchilarni turini tekshirish uchun “type” funksiyasidan foydalaniladi.
Type funksiyasi ichiga o’zgaruvchini nomini yozsak bizga uni turini chiqarib beradi.
Masalan: print (type(temp));
Demak, mana shunday qilib biz butun sonlarni kiritishimiz mumkin, o’nlik sonlarni kiritishimiz mumkin.
Pythonni qulayliklaridan yana biri bu juda uzun sonlarni kiritishda bir nechta sonlarni guruhlarga ajratib kiritishimiz mumkin. Buning uchun pastki chiziqdan foydalaniladi.
Masalan: aholi_soni= 7_594_394_654
print (“Aholi soni:”, aholi_soni)
Pythonni yana bir qulayliklaridan biri bir necha o’zgaruvchiga bir qatorda qiymat berish mumkin.
Masalan: x, y, z = 10, 2.6, -69
Endi sonlar ustida arifmetik amallar ko’ramiz. Bunda bir narsaga e’tibor berishimiz kerak agar bizda butun son va o’nli son bo’lsa natija har doim o’nlik son bo’ladi. Ya’ni agar natijamiz butun son chiqsa ham xotirada o’nlik son ko’rinishida saqlanadi.
Masalan:
a=20
b=5.5
c=a*b
print(c);
print(type(c));
Demak yuqorida keltirilganday arifmetik amal bajarsak natija o’nlik son ko’rinishida xotirada saqlanadi.
Const-o’zgarmas qiymatlar
Odatda dasturlash tillarida ya’ni pythondan boshqa dasturlash tillarida constant degan tushuncha bor. Constanta bu matematikadan tanishmiz qandaydir o’zgarmas qiymatlar.
Masalan:(Pi-3.14, ETT-9.8……)
Boshqa dastulash tillarida dasturning boshida ma’lum bir constanta yaratib unga ma’lum bir qiyamat berib qo’ysangiz dastur davomida ana shu qiymatni o’zgartirib bo’lmaydi. Pythonda const. Tushunchasi yo’q.
Pyhonda const qiymatlarni shunchaki katta harflarda dasturchilari o’zlari bilishlari uchun belgilab ketadilar.
Masalan:
Radius=20
Pi=3.14159
Diametr=2*radius
print("Aylana uzunligi=", Pi*diametr);

ism="Jobir"


yosh= 36
xabar= ism + ' ' +yosh + ' ' + 'yoshda'
print(xabar);
Xatolik str va int ni birlashtirib bo’lmaydi.
Bu yerda yosh int ism esa str tipida. Shu sababli bu kodimizda error ya’ni xatolik beryapti.
Bu yerda biz yoshni str tipiga o’tkazishimiz kerak. Buning uchun pythonda maxsus type casting deb nomlangan funksiyasi mavjud.
Bu funksiya qiymatlarni bir turdan ikkinchi turga o’tkazib beradi.
ism="Jobir"
yosh= 36
yosh=str(yosh)
xabar=ism + ' ' +yosh + ' ' + 'yoshda'
print(xabar);
print(type(yosh))

Endi yangi ma’lumot turi bilan tanishamiz ya’ni “List” turi bilan.+


List da bitta o’zgaruvchiga bir qancha ma’lumot kititishimiz mumkin.
Buning uchun o’zgaruvchi yaratamiz.
Masalan “mevalar deb nomlagan o’zgaruvchi yaratamiz katta qavs ochiladi va unga bir necha qiymat ya’ni ma’lumot kiritamiz.

mevalar=['olma', 'anor', 'shaftoli', 'uzum']


Har bir qiymatni orasini vergul bilan ajratamiz.


print(mevalar);


Mana shunday qilib biz ro’yxatlar yaratishimiz mumkin va ularni ichida istalgan turdagi ma’lumotlarni saqlashimiz mumkin.


Yuqorida keltirilgan o’zgaruvchida biz matn ko’rinishidagi ma’lumotni saqladik.

narxlar=[10000, 20000, 30000, 40000]


print(narxlar)

Pythonda o’zgaruvchilar yordamida biz aralash ro’yxat ham tuzishimiz mumkin ya’ni bitta ro’yxat ichida bir necha ko’rinishdagi yani bir necha turdagi ma’lumotlarni saqlashimiz mumkin.


sonlar = ['bir', 'ikki', 'uch', 4, 5]


print(sonlar)

O’zgaruvchilar ichiga biz yuzlab yoki undan ham ko’ ma’lumotlar kiritishimiz mumkin. Aytaylik bizga mana shu qiymatlar ichidan faqat bittasigina qiymat kerak. Bu bitta qiymat element deyiladi.. Biz uni qanday chaqirib olamiz. Mana shu har bir elementga biz tartib raqami bo’yicha murojaat qilamiz. Demak har bir elementni o’zini tartib raqami ya’ni indeksi bor. Dasturlashda indeks ya’ni sanash har doim noldan boshlanadi.


Masalan


mevalar=['olma', 'anor', 'shaftoli', 'uzum']
print(mevalar[0]);
print(mevalar[2]);

Agar biz ro’yxatni oxiridagi elementga murojaat qilmoqchi bo’lsak unga minus bir orqali ham murojaat qilishimiz mumkin


mevalar=['olma', 'anor', 'shaftoli', 'uzum']


#print(mevalar[-1]);

Upper Title Lower


Upper metodi matnni hamma harflarini katta harf ko’rinishida chiqaradi.


Masalan:


print (mevalar[0].upper())
print (mevalar[0].title())

mevalar=['OLMA', 'ANOR', 'SHAFTOLI', 'UZUM']


print (mevalar[3].lower())

Endi elementlar o’rnini almashtirishni ko’rib chiqamiz.


Masalan:
mevalar=['olma', 'anor', 'shaftoli', 'uzum']


mevalar [0] = 'anor'
print (mevalar)

Ro’yxatga ma’lumotlar qo’shish (Append)


mevalar.append('tarvuz')


print(mevalar);
Append metodi har doim ro’yxatni oxiriga ma’lumot qo’shadi.
Download 20.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling