Birinchi bo'lib ma'lumotlar ombori bilan ishlash uchun uni yaratish kerak. Bu uchun dasturni ishga tushirgandan so'ng "Database" → "Add a database" bo'limiga o'tamiz. Ochilgan oynada ma'lumotlar ombori joylashuvchi katalogni(hozirgi holatda Python fayl joylashgan katalogda) va uning nomi qanday aks etishi kerakligini kiritamiz. Shundan so'ng belgilagan katalogingizda dbkengaymasidagi fayl paydo bo'ladi.
So'ngra kodga ma'lumotlar omborini ulashimiz kerak. Bu uchun Pythonda mavjud bo'lgan sqlite3kutubxonasining connectmetodidan foydalanamiz va cono'zgaruvchisiga joylaymiz.
import sqlite3 con = sqlite3.connect('database.db')
Ma'lumotlar ombori(MO) bilan ishlash uchun connectmetodining cursorfunksiyasidan foydalanamiz. Uni ham yaratib alohida o'zgaruvchida joylashtiramiz.
cur=con.cursor() MOga so'rov yuborish uchun cursorning executefunksiyasidan foydalaniladi. Ushbu funksiya parametr sifatida SQL so'rovni qabul qiladi.
cur.execute("SQL_request").
Endi esa 4 xil so'rovni ko'rib chiqamiz. Bular yuqorida aytganimdek:
Creat (yaratish, ya'ni yangi jadval yaratuvchi so'rov).
Read (o'qish, ya'ni jadval ichidagi ma'lumotlarni olish).
Update (yangilash, ya'ni jadval ichidagi kerak ma'lumotni yangilash yoki kerakli ustonni o'zgartirish).
Delete(o'chirish, ya'ni jadvaldagi kerakli ma'lumotni o'chirish).
Hozir bularning hammasini alohida ko'rib chiqamiz!
Creat
Birinchi bo'lib kerakli so'rovni yaratamiz:
CREATE TABLE users (id INTEGER PRIMARY KEY AUTOINCREMENT, name VARCHAR (255), age INTEGER)
CREATE TABLE - yangi jadval yaratishimizni nazar tutyapmiz
users- yangi jadval nomi
Qavs ichidagilari jadvaldagi ustunlar nomi, turi va ustun qabul qilsihi mumkin bo'lgan ma'lumotning maksimal uzunligini belgilaydi
Yuqorida aytganimdek executefunksiyasiga parametr sifatida ushbu so'rovni beramiz.
cur.execute("CREATE TABLE users (id INTEGER PRIMARY KEY AUTOINCREMENT, name VARCHAR (255), age INTEGER)")
Do'stlaringiz bilan baham: |