Pyton dasturlash tili va uning imkoniyatlari Python dasturlash tilida faylli dastur yaratish
Python dasturlash tilida faylli dastur yaratish, kiritish va chiqarish operatorlari
Download 79.99 Kb.
|
Pyton dasturlash tili va uning imkoniyatlari Python dasturlash t
Python dasturlash tilida faylli dastur yaratish, kiritish va chiqarish operatorlariPython dasturlash tilida ko‘pgina hollarda, dasturchi masala kodini faylga saqlaydi va natijani fayl kod orqali amalga oshiradi. Bu jarayon boshqa dasturlash tillari kabi alohida fayl yaratish orqali datur tuziladi va yaratilgan dastur RUN tugmasi orqali ishga tushiriladi. Bu jarayon skript yozish deb nomlanadi. Python dasturlash tilida yaratilgan fayl .py kengaytmaga ega bo‘ladi. Python dasturlash tilida skript yozish uchun IDLE interaktiv rejimida File → New File (yoki Dastur natijasi quyidagicha bo‘ladi. Skript dastur yaratish jarayonida ma’lumotlarni kiritish(o‘qish) va chiqarish(yozish) operatorlari ishlatiladi. Bunda kiritish operatori ma’lumotlarni faqat satr ko‘rinishida qabul qiladi. Sonli ma’lumotlarni qayta ishlash uchun yuqoridagi int(); yoki float();funksiyasi yordamida amalga oshiriladi. Kiritish operatori o‘zgaruvchiga birlashtiriladi, kiritish operatorining umumiy ko‘rinishi quyidagicha. o‘zgaruvchi = input() yoki o‘zgaruvchi = input(‘izoh’)Kiritish operatorining umumiy ko‘rinishi quyidagicha. Print(‘izoh’, o‘zgaruvchi)Kiritish va chiqarish operatorlarini yozilishi quyidagi dastur tarkibida keltirilgan. Misol. Ikkita a haqiqiy va b butun son berilgan bu sonlarni ko‘paytmasini ekranga chiqaring. Yuqoridagi dasturda a=input('a='); izohni chiqargan holda a ga qiymat qabul qiladi, b=input() esa izohsiz b ga qiymat qabul qiladi. Input() funksiyasi tarkibida bir vaqtni o‘zida izohli va izohsiz kiritishni ishlatish mumkin. Kiritish operatori klaviaturadan kiritilgan ma’lumotlarni o‘qiydi va o‘zgaruvchan nomga yozadi. Chiqarish operatori esa o‘zgaruvchidagi ma’lumotni ekranga chop etadi.Berilganlarni qayta ishlash uchun dasturlash tillarida amallarning juda keng majmuasi aniqlangan. Amal - bu qandaydir harakat bo‘lib, u bitta (unar) yoki ikkita (binar) operandlar ustida bajariladi, hisob natijasi uning qaytaruvchi qiymati hisoblanadi. Tayanch arifmetik amallar dasturlash tilida quyidagicha yoziladi.
Dasturlash asoslarida arifmetik amallar matematikadagi amallarni yozilishi bir oz farq qiluvchi holatlari ham mavjud. Amallarni ishlash jarayoni tushunarli bo‘lishi uchun, ularni interaktiv rejimda sinab ko‘ramiz. Misol. Arifmetik amallarni bajarilishi Type "help", "copyright", "credits" or "license()" for more information. >>> y=5 >>> x=2 >>> x+y 7 >>> x-y -3 >>> x*y 10 >>> y/x 2.5 >>> y%x 1 >>> y//x 2 >>> y**x 25 >>> >>> y=12.3 >>> x=7 >>> y//x 1.0 >>> y=12 >>> x=2.3 >>> y//2.3 5.0 >>> Yuqoridagi misollarga e’tibor bersangiz // butun bo‘lish amali bo‘luvchi va bo‘linuvchi butun son bo‘lsa natija ham butun bo‘ladi. Agar bo‘luvchi va bo‘linuvchining kamida bittasi haqiqiy son bo‘lsa ham natija haqiqy bo‘ladi. Python dasturlash tilida amallarni funksiyalar orqai ham amalga oshirish imkoniyati mavjud.
Round(x) funksiya sonning butun qismigacha yaxlitlaydi, round(x,n) funksiyasi sonning n – xonasigacha yaxlitlaydi, pow(x,y)=x**y ga teng kuchli va a,b=divmod(x,y) funksiyasi bir vaqtda x ni y ga bo‘lib butun va qoldiq qismlarini oladi. Funksiyali amallarni ishlash jarayoni tushunarli bo‘lishi uchun, ularni interaktiv rejimda sinab ko‘ramiz. Misol. Funksiyali amallarni bajarilishi Type "help", "copyright", "credits" or "license()" for more information. >>> y=-5 >>> abs(y) 5 >>> x=12.32568 >>> round(x) 12 >>> y=13.652 >>> round(y) 14 >>> round(13.652,2) 13.65 >>> a=2 >>> b=3 >>> pow(a,b) 8 >>> a=5 >>> b=2 >>> x,y=divmod(a,b) >>> x 2 >>> y 1 >>> Download 79.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling