Pyton dasturlash tili va uning imkoniyatlari Python dasturlash tilida faylli dastur yaratish


Download 79.99 Kb.
bet3/3
Sana20.09.2023
Hajmi79.99 Kb.
#1682165
1   2   3
Bog'liq
Pyton dasturlash tili va uning imkoniyatlari Python dasturlash t

Ta’minlash operatori


Ma’lum bir ifodaning natijasi biror o‘zgaruvchiga ta’minlash uchun Python dasturlash tilida “=” belgisi bilan ishlatiladi va uning umumiy ko‘rinishi quyidagicha:

=;


Python dasturlash tilida taminlash operatori amallar yordamida ham ishlatiladi. Qo‘shish qiymat berish bilan (+=); ayirish qiymat berish bilan (-=); ko‘paytirish, qiymat berish bilan (*=); bo‘lish qiymat berish bilan (/=); bo‘lish qoldig‘ini olish qiymat berish bilan (%=) va boshqalar. Bu holatlarning umumiy ko‘rinishi:

=;


s+=x; ning ma’nosi s=s+x;
Ta’minlash operatorini ishlash jarayoni tushunarli bo‘lishi uchun, ularni interaktiv rejimda sinab ko‘ramiz.
Misol. Ta’minlash operatorida foydalanish




Type "help", "copyright", "credits" or "license()" for more information.
>>> x=5
>>> y=2
>>> x*=y
>>> x



10
>>> x/=2
>>> x 5.0
>>> x%=y
>>> x 1.0

Python dasturlash tilida s=+x amali s=x amaliga teng kuchli hisoblanadi, s=x+ va s=x++ amallari python dasturlash tilida aniqlanmagan.



Mantiqiy amallar


Mantiqiy turdagi o‘zgaruvchi xotiradan 1 bayt joy egallaydi va 0 (false, yolg‘on) yoki (true, rost) qiymat qabul qiladi. Mantiqiy tur o‘zgaruvchilar qiymatlar o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalaydigan mulohazalarni rost (true) yoki yolg‘on (false) ekanligi tavsifida qo‘llaniladi va ular qabul qiladigan qiymatlar matematik mantiq qonuniyatlariga asoslanadi. Mantiqiy o‘zgaruvchini quyidagicha faollashtiramiz.

= qiymat


Bu yerda qiymat True yoki False bo‘lishi mumkin.
Taqqoslash amallari python dasturlash tilida quyidagi jadvalda berilgan ko‘rinishida bajariladi.


Nomi

Pythonda
ifodalanishi

Misol

Natija

Tenglik

==

12==50
5==5

False True

Teng
emas

!=

100!=50
50!=50

True
False

Katta

>

100>50
50>50

True
False



Katta
yoki teng

>=

100>=50
50>=50

True
True

Kichik

<

100<50
50<50

False
False

Kichik
yoki teng

<=

100<=50
50<=50

False
True



Python dasturlash tilida uchta mantiqiy bog‘lash mulohazalari mavjud, mantiqiy mulohazalar ustida amallar quyidagicha:

  • inkor;

  • konyunksiya;

  • dizyunksiya;

    1. inkor – A mulohazani inkori deganda A rost bo‘lganda yolg‘on yoki yolg‘on bo‘lganda rost qiymat qabul qiluvchi mulohazaga aytiladi. Python tilida inkor – not A bilan beriladi. Masalan, A mulohaza inkori not A ko‘rinishida yoziladi;

    2. konyunksiya- ikkita A va B mulohazalar konyunksiyasi yoki mantiqiy ko‘paytmasi «A and B» ko‘rinishga ega. Bu mulohaza faqat A va B mulohazalar rost bo‘lgandagina rost bo‘ladi, aks holda yolg‘on bo‘ladi (odatda «and» amali «va» deb o‘qiladi).

    3. dizyunksiya – ikkita A va B mulohazalar dizyunksiyasi yoki mantiqiy yig‘indisi «A or B» ko‘rinishda yoziladi. Bu mulohaza rost bo‘lishi uchun A yoki B mulohazalardan biri rost bo‘lishi yetarli. Odatda

«or» amali «yoki» deb o‘qiladi.
Mantiqiy amallarni bajarilish jadvali quyidagicha.


A

B

Not A

Not B

A and B

A or B

0

0

1

1

0

0

0

1

1

0

0

1

1

0

0

1

0

1

1

1

0

0

1

1

Taqqoslash va mantiqiy amallarni ishlash jarayoni tushunarli bo‘lishi uchun, ularni interaktiv rejimda sinab ko‘ramiz.




Misol. Taqqoslash amallaridan foydalanish




Type "help", "copyright", "credits" or "license()" for more information.
>>> a=12
>>> b=-7
>>> a>b True
>>> z=a>>> z
False
>>> not z True
>>> z=a==b
>>> z
False
>>> a!=b
True
>>> a>=b
True
>>> a<=b
False
>>>


Python dasturlash tilida mantiqiy amallardan foydalanishda albatta quyidagilarga e’tibor bering:

  • O‘zgaruvchiga boshlang‘ich qiymatlarni berishda = belgisi oldidan va orqasidan bitta bo‘sh joy(probel) quying;

  • O‘zgaruvchiga boshlang‘ich qiymatlarni berishda True va False kabi yozilish kerak ya’ni birinchi harfi katta harflarda.


Misol. Mantiqiy amallardan foydalanish




Type "help", "copyright", "credits" or "license()" for more information.
>>> a = True




>>> b = False
>>> a,b (True, False)
>>> z=a and b
>>> z
False
>>> z=a or b
>>> z
True
>>> not z False


Download 79.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling