Q. F. Abdullaev


Auditoriya mashg’ulotlariga tayyorlanishda mustaqil ishlar


Download 276.5 Kb.
bet5/50
Sana09.01.2022
Hajmi276.5 Kb.
#266595
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
мустақил таълим китоб 2 лотин

1.2. Auditoriya mashg’ulotlariga tayyorlanishda mustaqil ishlar

Oliy ta’lim muassasasidagi auditoriya mashg’ulotlarining asosiy turlari: ma’ruza, amaliy mashg’ulot, seminar, seminar-konferentsiya hisoblanadi.



Ma’ruzaga tayyorgarlik.

Ma’ruza – yirik hajmdagi o’quv materialini og’zaki bayon qilish metodi sanalib, uning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: qat’iy mantiqiy ketma-ketlik, uzatilayotgan axborotlarning ko’pligi, bilimlar bayonining tizimliligi.

Istalgan fan mazmunini o’zlashtirish fan bo’yicha tayyorlangan ishchi dasturda belgilangan mavzularni aniq ketma-ketlikda o’rganib, tahlili qilib borish orqali erishiladi. Professor-o’qituvchilar tomonidan tayyorlangan o’quv-uslubiy majmualar takibida mavzular bo’yicha ma’ruzalar matnining mavjudligi,shuningdek ular tomonidan tayyorlangan darsliklar, o’quv qo’llanmalar talabalarga bo’lajak lektsiya mazmunini anglash va ma’ruza jarayonida savollar bilan faol ishtirok etish imkoniyatini yuzaga keltiradi. Talabalarning 2 soatlik ma’ruza mashg’ulotiga tayyorgarlik vaqti 0,2 s dan kam bo’lmasligi lozim.


Download 276.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling