Q. M. Murodov, D, Q, Murodova
Yupqa qavat xromatografiyasi
Download 2.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Yupqa qavat xromatografiyasi Yupqa qavat xromatografiyasi N.A. Izmaylov va M.S. Shrayber tomonidan 1938 yilda yaratilgan bo„lsa ham, u faqat oxirgi yillarda keng qo„llanila boshladi. Yupqa qavat xromatografiyasini murakkab ob‟ektlardagi noorganik va organik moddalarning tarkibini o„rnatishda va miqdorini aniqlashda ishlatiladi. Tahlil bir-necha bosqichdan iborat: namuna va plastinkani tayyorlash; xromatografik kamerani tayyorlash; namuna komponentlarini bir-biridan ajratish; plastinka yuzasidan elyuentni yo„qotish; detektorlash; sifat va miqdor analizini amalga oshirish. Elyuent tanlash va ajratish mexanizmi. YuQXda moddalarning bir-biridan ajralishi aralash mexanizm bilan boradi. YuQX suyuqlik xromatografiyasining ko„rinishlaridan biri bo„lgani uchun taqsimlanish adsorbsiya va unga teskari jarayon hisobiga sodir bo„lishi mumkin. Yupqa qavat xromatografiyasida aniqlanadigan moddalar qutbli molekulalarining erituvchi molekulalari bilan adsorbentning faol markazlari bilan ta‟sirlanishiga asoslangan. Qutbsiz molekulalarni eritib chiqarish uchun qutbsiz elyuentlar ishlatiladi. Elyuent tanlashda odatda adabiyotlardagi ma‟lumotlardan foydalinaladi. Elyuent tarkibini o„zgartirish natijasida moddalarning qiymatini o„zgartirish mumkin. Normal-fazali taqsimlanish YuQX da qutbsiz harakatli fazalar va qutbli harakatsiz fazalar ishlatiladi.Harakatlsiz fazada eruvchi aniqlanadigan moddalar ushbu fazalar o„rtasida taqsimlanadi. 134 Moddalarning qutbliligi oshgan sari ularning tutilish vaqtlari kattalashadi, elyuentning qutbliligi oshganda esa kamayadi. Taqsimlanish YuQX oddiy sorbentlarda (silikagel, kizelgur, sellyuloza) yoki polyar (DMSO, DMFA, etilenglikol) va gidrofob(parafin moyi, silikon moyi, undekan, dodekan) moddalar bilan qayta ishlangan sorbentlarda olib boriladi. Sorbent sifatida (diol-, sian- va amino-fazalar) guruhlari bilan kimyoviy boglangan gidrofil sorbentlar va (С 2, С 8, С 18 ) guruhlar bilan kimyoviy boglangan gidrofob sorbentlar ishlatilishi mumkin. Teskari-fazali taqsimlanish YuQXda suv bilan turli nisbatlarda aralashtirilgan qutbli erituvchilar: spirtlar, atseton, atsetonitril, suv yoki atsetonitril-suv aralashmalari ishlatiladi. Teskari-fazali taqsimlanish YuQX asosan qutbli va qutbsiz moddalar aralashmasini analiz qilishda ishlatiladi. 5-jadval Teskari-fazali taqsimlanish YuQX ishlatiladigan sorbentlar Plastinka turi Moddalar Harakatli fazalar Diolsilikagel Glyukazidlar Etilatsetat-25% ammiak erit- masi (100:1) Nitrilsilikagel Protestaronlar Petroleybenzin -atseton (8: 2) Aminosilikagel Alkaloidlar Xloroform-metanol (100:4) RP-2 silikagel Piridazin hosilalari Metanol-suv (7:3) RP-8 silikagel Aflatoksin Metanol-suv (20:1) RP-18 silikagel Alkaloidlar Metanol-0,5 NaCl (65:35) Sorbentlar Harakatsiz faza sifatida kolonkali suyuqlik xromatografiyasida ishlatiladigan sorbentlar qo„llaniladi. Sorbentning qalinligi 200-500 mkm, zarracha o„lchami esa 20 mkm tashlil etadi. O„tilgan yo„lning uzunligi 12 sm bo„lganda nazariy tarelkalar soni 2000 gacha yetishi mumkin. Tajriba vaqti 25 minut atrofida bo„ladi. 135 Hozirgi vaqtda YuQX da turli xil firmalar tomonidan ishlab chiqilgan turli tayyor plastinkalar ishlatiladi. Plastinkalar tayyorlashda adsorbent sifatida silikagel, alyuminiy oksidi, sellyuloza va boshqa materiallar ishlatiladi. YuQXda ishlatiladigan plastinkalar asosan, unga yopishtirlgan sorbent qatlamidan iborat. Plastinka asosi shishadan, alyuminiy falgadan yoki polimer plyonkadan tayyorlanadi. Yopishtiruvchi moddalar sifatida kraxmal, gips, ishqoriy metall silikatlari va organik polimer moddalar ishlatiladi. Teskari fazali YuQX da universal va ko„p ishlatiladigan adsorbent sifatida silikagelni ko„rsatishimiz mumkin. Download 2.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling