Q. M. Murodov, D, Q, Murodova
Xromatogrammani miqdoriy analiz qilish usullari
Download 2.04 Mb. Pdf ko'rish
|
Xromatogrammani miqdoriy analiz qilish usullari Xromatografik analizning oxirgi va ko„pincha hal qiluvchi qismi, identifikatsiya qilingan dog„lar tarkibidagi moddalarni miqdoriy jihatdan aniqlash hisoblanadi. Demak, miqdoriy analiz xromatografik jarayonning eng mas‟uliyatli operatsiyasi bo„lib, olingan natijalarning qanchalik to„g„ri ekanligi tanlangan hisoblash usulining aniqligiga bog„liq bo„ladi. Yuzada olingan xromatogrammaning miqdoriy analizini ikki guruhga bo„lish mumkin: identifikatsiya qilingan dog„larni to„g„ridan-to„g„ri xromatogramma yuzasidan hisoblash; dog„larni xromatogramma yuzasidan yuvib olib, analiz qilish. 1.Dog„larning maydonini hisoblash usuli. Ma‟lumki dog„larning maydonlari va ularning ranglarining quyuqligi xromatografiyalanadigan moddalarning miqdoriga bog„liqdir. Agar xromatografik qog„ozga har xil miqdor modda saqlagan namunalarni tushirsak, unda hosil bo„lgan dog„larning maydonlari S har bir dog„ tarkibidagi modda konsentratsiyasining logarifmiga proporsionaldir. 142 Bunda a va b empirik konstantalar; c-analiz qilinayotgan moddaning konsentratsiyasi. Bunday usulda miqdoriy analizni bajarish uchun xromatografik qog„ozning start chizig„iga o„lchangan va ma‟lum tartibda miqdori oshib boradigan bir necha namuna qator qo„yilib, o„zgarmas sharoitlarda xromatografiyalanadi. Hosil bo„lgan dog„larning maydonlari turli usullar (planimetrik, dog„ maydonini xromatogrammadan kesib olib tarozida tortish va boshqalar) bilan aniq o„lchanib, noma‟lum aralashma tarkibidagi dog„larning maydonlarini aniqlaydilar va miqdoriy jihatdan hisoblaydilar. Shuni ham ko„rsatish kerakki, dog„ maydonining kattaligi faqat konsentratsiyaga bog„liq bo„lmasdan, namunani quyish usulikasiga, xromatografik qog„ozning tuzilishiga, temperatura va boshqa sharoitlarga ham bog„liqdir. Yuqorida ko„rsatilgan sharoitlar hisobga olinganda, xato kamayib, solishtirma xató 5-10% dan oshmaydi. 2. Dog„ rangining quyuqligini hisoblash usuli. Ma‟lumki, xromatogrammada hosil bo„lgan dog„ rangining quyuqligi, undagi moddaning konsentratsiyasiga proporsionaldir. Bunda boglanish miqdoriy analiz uchun asos bo„lishi mumkin. Shuning uchun dog„ maydoni rangining quyuqligini denkometrik usul bilan to„g„ridan- to„g„ri fotometrlaydilar. Turli xil konsentratsiyali namunalarning analizidan olingan natijalardan foydalanib hisoblash grafigi tuziladi va undan turli dog„larning konsentratsiyalari hisoblanadi. 3. Ko„z yordamida solishtirish usuli. Dog„ maydoni rangining quyuqligi, undagi modda konsentratsiyasiga proporsional ekanligini hisobga olib, xromatogrammadagi dog„larning ranglari maydonini ko„z yordamida bir-biriga solishtirish yo„li bilan aralashmaning yarim miqdoriy analizini o„tkazish mumkin. Buning uchun chegarali suyultirish usulini qo„llash maqsadga muvofiqdir. Analiz qilinadigan modda eritmasi har safar suyultirilib, rangi yo„qolguncha xromatografiyalanadi. Keyin C=an (n- suyultirish) formula bo„yicha eritmadagi modda miqdori aniqlanadi. 4. Yuvish usuli 143 Bunda xromatogrammadagi aniqlangan moddaning dog„i turli usullar (ekstraksiya, selektiv erituvchilar bilan ketma-ket yuvish) bilan miqdoriy jihatdan qulay fizik-kimyoviy usullar yordamida analiz qilinadi. Bu usul ancha mehnat talab qilishiga qaramasdan aniq hisoblanadi. Download 2.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling