2.Bug‘doydoshlar (boshoqdoshlar) oilasi - Poaceae (Graminiae). Oilaga 650 turkumga mansub 10000 tur kiradi. Turlarning ko‘pchiligi kosmopolitdir. Ular, asosan, bir va ko‘p yillik o‘tlar hisoblanadi. O’zbekistonda 87 turkumga mansub 252 tur uchraydi. Bug‘doydoshlar oilasi vakillarining xalq xo‘jaligidagi ahamiyati judayam muhimdir. Bularga: bug‘doy (Triticum), sholi (Oryza), makkajo‘xori (Zea), suli (Avena), tariq (Prosa), arpa (Hordeum) kabi turkumlarning vakillari kiradi. Oilaning asosiy vakillaridan biri bug‘doy o‘simligi bilan tanishamiz.
Bug‘doy - Triticum. Bo‘yi 1-1,5 m ga yetadigan bir yillik o‘simlik. Poyasining ichi kovak. Barglari lentasimon bo‘lib, poya bo‘g‘imlarida bittadan joylashgan. lldizi popuk ildiz. Aprel, may oylarida gullaydi, Gullari sarg‘ish rang bo‘lib, boshog‘idan chiqib turadi. Boshog‘i qiltiqli, ba’zi turlari esa qiltiqsiz. Iyun-iyul oylarida mevasi pishadi. Mevasi - don. Doni oq yoki qizg‘ish rangda, usti qipiq bilan qoplangan. Bug‘doyning turlari ko‘p. Shundan 2 turi: yumshoq (T.vulgare) va qattiq (T.durum) bug‘doy bizda ko‘p ekiladi.
3.Palmadoshlar - Arecaceae oilasi. Bir urug‘pallalilar ichida faqat palmalar daraxt shakliga ega. Palmalarning barglari juda yirik, patsimon. To‘pgullari ancha katta, meva va urug’lari ham yirikligi bilan ajralib turadi. Bu oilaga 210 turkumga mansub 3000 tur kiradi. Ular tropik va subtropik hududlarda o‘sadi. Palmalarning bo‘yi 60 m ga yetadi. Gullari bir jinsli, urug‘idan moy olinadi. Yog‘ochi qurilish materiali sifatida ishlatiladi. Mevasi (finik) tarkibida 70% ga yaqin qand bor. Shuning uchun to‘yimli oziq - ovqat sifatida ishlatiladi.
Kuchalanamolar - Arales qabilasi Qabila 2 ta oilani o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |