Qabul qildi: Bajardi: Nurova Nargiz Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 68.3 Kb.
bet2/11
Sana05.05.2023
Hajmi68.3 Kb.
#1432090
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nurova Nargiza Kurs ishi Analitika

Kurs ishining hajmi.Kurs ishi an’anaga ko’ra kirish, I bob adabiyotlar sharhi, II bob tajriba qismi, III bob olingan natijalar tahlili, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar qismidan iborati bo’lib, Times New Roman bosma taboqda, 14 o’lcham va 1,5 intervallarda yozilgan. Kurs ishining hajmi 25 sahifadan tashkil topgan.11 ta adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan. Keyingi yillarda analitik kimyo fanining xalq – xo’jaligidagi roli tobora kengayib bormokda. Qishloq xo’jaligi uchun mineral o’g’itlar, o’simliklarni turli zararkunandalardan
ximoya qilish preparatlari (gerbetsid, pestitsid shu kabilar) ishlab chiqarishda, analitik kimyoning roli beqiyos. Meditsinada dori – damonlar tayyorlash ham analitik kimyo usullaridan foydalanib o’tkaziladi. Ushba ma‘ruza matnni analitik kimyo fanining miqdor analiz bo’limidan tayyorlangan bo’lib unda, uning eng muhim qonuniyatlari ochib beriladi. Kimyoviy usullardan foydalanib, moddaning miqdoriy xususiyatlari o’rganiladi. Albatta bunda tortma, hajmiy, gaz analiziga tayaniladi. Moddaning miqdoriy jihatdan aniqlashda fizik – kimyoviy analiz usullari keng qo’llaniladi, optik, kolorimetrik, potentsiametrik, konduktometrik, polyarografik, elektrogravimetrik analizi usullari shular jumlasidandir.
O’zining sezgirligi va aniq natijalarini berishda fizik – kimyoviy usullarning ahamiyati juda katta. Talabalar analitik kimyo fanining, yuqorida keltirilgan usullaridan foydalanib moddalarning miqdori to’g’risida to’g’ri tasavvurga ega bo’ladilar.


2.1 Potensiometrik analiz. Potensiometrik va boshqa asbobli (instrumental) titrlash usullarining vizual usullarga ko`ra bir qator afzalliklari mavjud: 1) titrlashdagi subyektiv xatolar deyarli yo`qoladi; 2) aniqlashning sezuvchanligi ancha yuqori bo`ladi 3) loyqa va rangli eritmalar ham osongina titrlanadi; 4) muayyan sharoit yaratilganda eritmada bo`lgan bir necha modda aralashmasi tabaqalab titrlanadi; 5) titrlash jarayoni osongina avtomatlashtiriladi. Titrlashning oxirgi nuqtasi yaqinidaelektrkimyoviy indikator reaksiyalarining biri ikkinchisi bilan almashinadi, buning natijasida sistemaning potensiali keskin sakrash bilan o`zgaradi. Elektrod jarayonlarining mexanizmi. Potensiometriyada tekshiriladigan eritmalarga tushirilgan elektrodlarning potensiallari o`lchanadi. 1889-yilda V.Nemst elektrod potensialining eritmadagi moddalar konsentratsiyasiga bog`liqligining termodinamik mohiyatini isbotladi. Hozirgi davrda elektrod potensiali deganda, taqqoslash (asosan, vodorod) elektrodi bilan istalgan oksidlanish-qaytarilish yoki boshqa reaksiyaga mos elektrod orasida yuzaga keladigan elektr yurituvchi kuch (e.yu.k.) tushuniladi. Shu negizda elektrodlarning quyidagi asosiy turlari haqida gapirish mumkin: 1) elektron almashinuvchi elektrodlar; 2) elektron-ion almashinuvchi elektrodlar; 3) ion almashinuvchi elektrodlar. Agar biror oksidlanish-qaytarilish jufti mavjud bo`lgan eritmaga inert (indifferent) metall elektrodi tushirilgan bo`lsa, shu metall sirtida muayyan tezlik bilan sistemadagi oksidlangan va qaytarilgan moddalar orasida elektronlar almashinuvi Potensiometriyada ishlatiladigan elektrodlar indikator va taqqoslash elektrodlariga, ular esa birinchi, ikkinchi va uchinchi tur elektrodlarga boiinadi. Indikator elektrodlar tekshiriladigan eritmaning elektrod potensialini o`lchash uchun xizmat qiladi. Elektrod — eritma sirti chegarasida sodir bo`ladigan elektr kimyoviy jarayonning mexanizmiga ko`ra indikator elektrodlari quyidagilarga bo`linadi: 1) oksidlanish-qaytarilish (oksred) elektrodlar; bunday elektrodlarda elektronlar almashinishi kuzatiladi; 2) birinchi, ikkinchi va uchinchi tur metall va metallmas elektrodlar; bunday elektrodlarda elektron-ion almashinish kuzatiladi; 3) ion selektiv membranali elektrodlar; bunday elektrodlarda ion almashinishi sodir bo`ladi. Elektrodlar agregat holatlariga ko`ra qattiq (platina, kumush, grafit va boshqa), suyuq (simob) va gaz (vodorod, xlor) elektrodlarga bo`linadi. Bulardan tashqari elektrodlar aktiv (kumush, mis va boshqa) va befarq (inert: platina, grafit va boshqa) elektrodlarga bo`linadi. Qo`llaniladigan reaksiyalarning turlariga ko`ra u yoki bu turdagi elektrodlar ishlatiladi. Selektivlik koeffitsienti qattiq membranali elektrodning asosiy ko`rsatkichi hisoblanadi. Qiymat qanchalik kichik bo`lsa, elektrodning selektivligi shuncha yuqori bo`ladi. Suyuq membranali elektrodlar suv bilan aralashmaydigan suyuq fazali organik moddalar bo`lib, ular o`z tarkibiga harakatchan ionlar va ionogen birikmalarni oladi. Suyuq membranalar qattiq membranalardan farqli ravishda harakatchan ionogen guruhlarga ega. Suyuq membrananing ishlash tartibi 2, a-chizmada tasvirlangan. Bir zaryadli Kt,+va Kt2+ kationlar membrana-eritma chegarasi orqali erkin o`ta oladi, organik radikal R esa membranadan o`ta olmaydi. Shuning uchun eritmadagi Z anionlar eritmadan membranaga amalda o`tolmaydi. R-Kt,+ va R-Kt2+lar a) ionit membranani tashkil etuvchi birikmalar bo`lib, ular quyidagicha dissotsilanadi.Kalomel elektrod nihoyatda ko`p qo`llaniladigan, qaytarlik darajasi yuqori va qayta takrorlanuvchan natijalar beradigan elektroddir. Unda sodir bo`ladigan elektrod reaksiyasi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: Elektrod tarkibiga simob va kalomel (Hg­2Cl2) dan tashqari kaliy xloridning turli konsentratsiyali eritmalari ham kiradi. Kaliy xloridning konsentratsiyasiga ko`ra, elektrod uch xil bo`ladi. 1. To`yingan kalomel elektrod — kaliy xloridning to`yingan eritmasi bilan to`ldirilgan, uning elektrod potensiali +0,2488 F(t=25°C). Bu elektrod potensialining doimiylik darajasi va harorat koeffitsienti ancha yuqori. 2. Normal kalomel elektrodi — kaliy xloridning 1N eritmasi bilan to`ldirilgan. Uning potensiali +0,2828 V (t=25°C). Bu elektrod potensialining doimiylik darajasi pastroq boladi. 3. Detsinormallik kalomel elektrodi — 0,1N kaliy xlorid eritmasi bilan to`ldirilgan, uning potensiali +0,3365 K(t=25°C).[19] Kumush xloridli elektrod potensiometriyada juda ko`p ishlatiladigan elektrod. Bu elektrodning potensiali +0,2224 F(t=25°C), uning doimiylik darajasi yuqori, elektrodning o`lchami kichik, suvda va suvsiz eritmalarda ham ishlatilishi mumkin. Elektrod, ko`pincha kumush va platina simiga elektrolitik cho`ktirilgan kumush yoki kumush xlorid asosida tayyorlanadi.

Download 68.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling