Qabul qildi: olmaliq-2023 yil fransus pisixalogiyasini rivojlanishi


I.1.Frantsuz ma’rifatparvarlarining psixologik qarashlari


Download 52.86 Kb.
bet2/3
Sana25.10.2023
Hajmi52.86 Kb.
#1721201
1   2   3
Bog'liq
Титуль Ш

I.1.Frantsuz ma’rifatparvarlarining psixologik qarashlari
XVII asrda Frantsiyada ma’rifatparvarlik harakati psixologik g‘oyalar taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan omil bo‘lib xizmat qildi. Psixika va ong muammolarini tadqiq qilgan frantsuz ma’rifatparvarligining ko‘zga ko‘ringan vakillari J. Lametri, J.- J. Russo, D. Didro, E. Kondilyak, K. Gelvetsiy, P. Kabanislar edi.
Lametri Jyulen (1709 – 1751), frantsuz filosofi, vrach. Ilohiyotshunoslik fanlari, fizika va meditsinani o‘rgangan. Jyulen Lametri og‘ir bezgak holatini boshidan o‘tkazib, o‘z-o‘zini kuzatish ma’lumotlariga tayanib shunday xulosaga keladiki, vujudning holati odamning ruhiy faoliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. 1747 yili Jyulen Lametri Gollandiyada “Odam - mashina” nomli kitobini nashr qiladi. Ushbu kitobning nashr qilinishi ruhoniylar orasida kuchli e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Bu kitobda u inson oragnizmi ruhsiz mashinaga o‘xshaydi, degan fikrni bayon qildi.
Jyulen Lametri odam organizmi soat mexanizmiga o‘xshagan murakkab mexanizm (mashina), odam boshqa jonivorlardan ehtiyojlarining ko‘pligi bilan ajralib turadi, ehtiyojlarning ko‘pligi esa aqlning ko‘pligini ta’minlaydi, deb hisoblagan.

Umuman olganda esa, odamning hayvonlardan ustunligi ta’lim va tarbiya tufaylidir. Lametri bo‘yicha bilish sezgilardan boshlanib tasavvur va diqqat yordamida obrazlar tuzishdan iboratdir. Jyulen Lametri jamiyatning taraqqiyoti ma’rifatning muvaffaqiyati hamda buyuk odamlarning faoliyatiga bog‘liq, deb hisoblagan.



Russo Jan Jak (1712 – 1778), buyuk faylasuf, yozuvchi, bola tarbiyasining butun bir tizmini ishlab chiqqan ma’rifatparvar. Shveytsariyada tug‘ilgan, 1741 yilgacha shu erda yashagan, keyin Parijga ko‘chib o‘tgan va bu erda boshqa ma’rifatparvar-entsiklopedistlar bilan hamkorlik qila boshlagan. 1762 yilda nashr qilingan Jan Jak Russoning “Emil, yoki tarbiya haqida” nomli pedagogik romani ruhoniylar tomonidan kuchli norozilikka sabab bo‘ldi. Jan Jak Russoning fikricha tsivilizatsiya odamga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun romanda u tasavvurdagi tarbiyalanuvchi Emilni unga tug‘ma ravishda berilgan qobiliyatlarini rivojlantirish uchun jamiyatdan himoya qiladi, chunki, uning fikricha shaxsning barkamol taraqqiyoti uchun tabiatdan andoza olish zarur. Jan Jak Russo bolani to‘g‘ri tarbiyalash uchun uning individual xususiyatlarini hisobga olish, uning shaxsiga nisbatan zo‘ravonlik qilishga yo‘l qo‘ymaslik zarur.
Jan Jak Russo psixologiya fani tarixiga to‘rtta bosqichdan iborat dastlabki yosh davrlarini ishlab chiqqan olim sifatida kirgan: Birinchi bosqich – tug‘ilgandan ikki yoshgacha – bu davrda bolani jismoniy tarbiyalash zarur. Bu davrda bolada nutq yo‘q, shuning uchun aqliy tarbiyaga zarurat ham yo‘q. Ikkinchi bosqich – ikki yoshdan 12 yoshgacha – bolaning sensorikasini rivojlantirish kerak, chunki sezgilar bola tafakkuri rivojlanishining asosi bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun Jan Jak Russoning fikricha erta tizimli ta’lim maqsadga muvofiq emas. Uchinchi bosqich –12 yoshdan 15 yoshgacha – bolaga intensiv ta’lim berishga bag‘ishlash kerak, bu davrda u berilayotgan bilimlarni adekvat idrok qila va o‘zlashtira oladi. Bolaning axloqiy taraqqiyoti kechroq amalga oshishi tufayli bu davrda asosan tabiiy va aniq fanlarga urg‘u berish kerak. To‘rtinchi bosqich –15 yoshdan balog‘atga etguncha – bu “gurkirash va ehtiroslar” davri, bu davrda bolada hissiyotlar sohasi shakllanadi.
Bu bosqichda pedagogning asosiy vazifasi – bolalarda ezgu hissiyot va fikrlashni shuningdek irodaviy harakatga qobiliyatni shakllantirishdan iborat bo‘lishi kerak. Didro Deni (1713 – 1784), frantsuz filosofi, frantsuz “Entsiklopediya, yoki fan, san’at va hunarlar izohli lug‘ati”ning mualliflaridan biri (1751–1780 yillar). Deni Didro bilishning asosiy usullari eksperiment va kuzatish, deb hisoblagan, uning fikricha materiya turli tuman va u sezgirlik xususiyatiga ega.
Deni Didroning fikricha, davlat ta’lim tizimi quyidagi tamoyillarga amal qilinganda samarali bo‘lishi mumkin: birinchidan, umumiy bepul va tabaqalashmagan boshlang‘ich ta’lim. Ikkinchidan, kambag‘al oilalardan chiqqan o‘quvchilarni moddiy rag‘batlantirish (boshlang‘iq maktabda bepul darslik va ovqat). Ta’limning sifatini oshirish uchun Deni Didro noqobil o‘quvchilarni aniqlash uchun bir yilda bir necha marotaba maktablarda hammaning ko‘z o‘ngida imtixonlar o‘tkazib turishni taklif qilgan.
Gelvetsiy Klod (1715 – 1771), frantsuz filosofi. 1758 yili Klod Gelvetsiy “Aql haqida” nomli kitobini nashr qildi, bu kitob cherkov tomonidan norozilik uyg‘otib ta’qiqlandi. Bu kitobda Klod Gelvetsiy Xudoni, ruhning o‘lmasligini inkor qilib, o‘zining ateistik qarashlarini bayon qildi. Mexanika qonunlarini absolyutlashtirgan Klod Gelvetsiyning fikricha, odamni o‘rab turgan borliq moddiy va cheksiz. Tafakkur – doimiy harakatdagi materiyaning xususiyati va murakkab qurilmasidir.
Klod Gelvetsiy ruh va aql bir-biriga o‘xshash bo‘lmagan tushunchalar, deb hisoblagan.
Klod Gelvetsiy shuningdek, hamma odamlar tabiatan teng, notenglikning sababi esa tarbiya va tasodifda, deb hisoblagan. Shuning uchun odam tarbiyalanayotgan muhit uning psixik qiyofasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Klod Gelvetsiy jamiyatni harakatga keltiruvchi kuch odamning ongi va ehtiroslaridir, deb hisoblagan. Ehtiroslarga ta’rif berib, Gelvetsiy ikki xil ehtiroslar mavjud, deb taxmin qilgan: 1) tug‘ma (lazzatlanish va azoblanish), 2) hayot jarayonida o‘zlashtiriladigan (emotsiya va hissiyotlar).

Individual va analitik psixologiya


Individual psixologiya – psixoanalizga oppozitsiya sifatida XX asrning boshlarida paydo bo‘ldi. Uning asoschisi A. Adler hisoblanadi. A. Adler dastavval Z. Freyd bilan hamfikr bo‘lgan, lekin keyinchalik uning qarashlarini rad etib, o‘zining shaxs nazariyasini ishlab chiqdi.
Adler Alfred (1870 – 1937), avstriyalik psixolog. 1902 yildan boshlab Z. Freydning psixoanalitik to‘garagida qatnashgan. 1910 – 1911 yillarda A. Adler Vena psixoanalitik jamiyatining prezidenti bo‘lgan. 1911 yili A. Adler Z. Freyd bilan munosabatlarini uzib, o‘zining shaxsiy psixologik nazariyasini ishlay boshlaydi. Individual psixologiyaning g‘oyalari dunyoda birinchi jahon urushidan keyin keng tarqaldi (xalqaro konferentsiyalar o‘tkazildi, “Xalqaro individual psixologiya jurnali” nashr etildi va x.k.). biroq 1934 yilda fashistlar tomonidan individual psixologiya ta’qiqlangandan keyin A. Adler AQSh ga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ldi.
A. Adler inson taraqqiyotini harakatga keltiruvchi kuch, bu tug‘ma to‘laqonli emaslik hissi, odamning ustunlikka va o‘z-o‘zini tasdiqlashga intilishidan paydo bo‘ladigan kechinmalar, deb hisoblagan. Organizmning to‘laqonli emaslik hissini bartaraf qilish qobiliyatining asosida kompensatsiya mexanizmi yotadi. Biroq, A. Adlerning fikricha giperkompensatsiya (ustunlik kompleksi) imkoniyati mavjud bo‘lib, odam nafaqat to‘laqonli emaslik hissini bartaraf qilibgina qolmay, o‘zining qobiliyatlarini namoyishkorona ko‘paytira boshlaydi.
A. Adlerning fikricha shaxs — bu, bir butun, yaxlit qurilmadir. Individual psixologiyaning vazifasi har bir odamda bir butunlikni aniqlashdan iboratdir. A. Adler ustunlikka intilish — bu, tug‘ma intilish, tendentsiya bo‘lib, har bir odam tomonidan shaxsiy, qaytarilmas hayot usuli doirasida turlicha amalga oshiriladi. Hayot usuli — bu, inson hayot faoliyatining asosida yotadigan xulq usullari va shaxs harakterining birlashmasidir. To‘rt yoki besh yoshlarda shakllanib, hayot usuli shaxsda mustahkam o‘rnashadi va keyinchalik qat’iy o‘zgarishlarga uchramaydi. Hayot usuli odam psixik jarayonlarining o‘ziga xos kuchaytiruvchisi rolini o‘ynab, ularni bir butun, yaxlitga birlashtiradi.
A. Adlerning fikricha, har bir odamning hayotida dunyoga kelish navbati (tug‘ilish ketma ketligi) muhim rol o‘ynaydi. A. Adler to‘rtta pozitsiyani ajratgan: 1) birinchi farzand, 2) yolg‘iz farzand, 3) ikkinchi farzand va 4) oxirgi farzand.
Birinchi farzand lider, konservator, hokimiyatga intiluvchi bo‘lib o‘sadi. Bunday sifatlar birinchi farzandda ikkinchi farzandning tug‘ilishiga reaktsiya natijasida shakllanadi, chunki shu vaqtdan boshlab ota-onanning diqqat e’tibori birinchi farzanddan uka yoki singilga ko‘chadi. Yolg‘iz farzand odatda egotsentrik va tobe odam, tengdoshlari bilan munosabatda doimiy qiyinchiliklarga duch keladi. Buning sababi unda oilada raqobatli kurash tajribasining yo‘qligidir. Ikkinchi farzand oriyatli, raqobatli kurash tajribasining mavjudligi uni muvaffaqiyatga erishishga yo‘nalishni shakllantiradi.
Ikkinchi farzand katta aka yoki opa bilan musobaqalashib, uning muvaffaqiyat va yutuqlaridan o‘zib ketishga harakat qiladi Raqobat uning taraqqiyot tezligiga ozuqa beradigan omil rolini o‘ynaydi. Oxirgi farzand katta aka va opalardan ustunlikka erishishning yuqori motivatsiyasiga ega, chunki u tez-tez kuchli tobelik va to‘laqonli emaslik hissini boshdan kechiradi (katta aka va opalarning doimiy, o‘ta nazorati, shaxsiy buyumlarining yo‘qligi va x.k.).
Analitik psixologiya – psixologiyadagi yo‘nalish bo‘lib, uning asoschisi A. Adlerga o‘xshab psixoanaliz g‘oyalaridan uzoqlashgan K. G. Yung hisoblanadi. 1913 yilgacha K. G. Yung Z. Freydning qarashlarini yoqlagan, biroq libido va ongsizlikning mohiyatini tushunish masalalari, belgilar ahamiyatini talqin qilishdagi kelishmovchiliklar oxir oqibat K. G. Yungni o‘z psixologik nazariyasini yaratish zarurati haqidagi fikrga olib keldi.
Yung Karl Gustav (1875 – 1961), shveytsariyalik psixolog. 1907 yili K. G. Yung Z. Freyd bilan tanishadi. 1911 yili Xalqaro psixoanalitik assotsiatsiyasining birinchi prezidenti etib saylangan. 1913 yili K. G. Yung, Z. Freyd bilan munosabatlarini uzib, o‘z shaxsiy nazariyasini yaratishga kirishdi. 1948 yili K. G. Yung Tsyurixda Analitik psixologiya instituti (Yung instituti) ochilishining tashabbuschisi bo‘ldi.
K. G. Yung shaxs taraqqiyoti odamning butun umri davomida rivojlanadigan dinamik jarayon, deb hisoblagan. K. G. Yungning fikricha, shaxs strukturasi uchta o‘zaro harakat qiluvchi tarkibiy qismlardan iborat: 1) ego, 2) shaxsiy ongsizlik va 3) jamoaviy ongsizlik.
Ego – bu, shaxsning anglanadigan darajada joylashgan qurilmasi. Ego – bu shaxs markazi, o‘z-o‘zini anglashning asosi sifatida ego o‘zida fikrlar, hissiyot va esdaliklarni jamlagan, bular yordamida odam o‘zining yaxlitligi, bir butunligini anglaydi. Shaxsiy ongsizlik – bu, ongsizlik darajasida mavjud bo‘lgan shaxs qurilmasi, o‘zida qachonlardir anglanadigan, lekin hozir siqib chiqarilgan ma’lumotni saqlaydi. Jamoaviy ongsizlik – bu, ongga bog‘liq bo‘lmagan qurilma, unda ajdodlarimiz xotirasining izlari saqlanadi va uning mazmuni har bir odam uchun faqat o‘ziga xosdir. Jamoaviy ongsizlik “arxetiplar”ning to‘plangan joyi. K. G. Yung “arxetip” deganda odam xulqining konkret shakllarining asosida yotadigan ramziy, tug‘ma obrazlarni tushungan. Arxetiplar universal, ramziy obrazlar, degan xulosaga kelib, K. G. Yung ko‘plab universal arxetiplarni tasvirlab taqdim qilgan, ular orasida: 1) Persona, 2) Anima, 3) Animus, 4) Soya va 5) O‘zlik. Persona – bu, odamning jamiyatda boshqalar bilan qanday o‘zaro harakat qilishiga javob beradigan arxetip. Persona – bu, odam jamiyat talablariga mos bo‘lishga intilib o‘ynaydigan o‘ziga xos rol. Anima – ongsiz ayollik tomonini aniqlaydigan arxetip, erkakdagi o‘ziga xos ichki ayol obrazi. Animus – bu, ongsiz erkaklik tomonini aniqlaydigan arxetip, ya’ni ayoldagi ichki erkak obrazi. Bu ikkala arxetip erkak va ayolning jinsiy identifikatsiyasini aniqlaydi. Soya – bu, mazmuni odamning ijtimoiy noma’qul impulslaridan iborat arxetip, uning hayvoniy instinktlari. K. G. Yungning fikricha, soya hayotiy kuchning manbai, odamning ijodiy mohiyatidir. O‘zlik — bu, shaxs markazi, uning atrofida boshqa arxetiplar shakllanadi va birlashadi. K. G. Yung o‘zlikni rivojlantirish insoniyat mavjudligining asosiy maqsadi, deb hisoblagan. K. G. Yung tomonidan ikkita asosiy hayotiy: ekstravertlashgan va introvertlashgan ustanovkalar tasvirlangan. Odamda har ikkala hayotiy ustanovkalar mavjud, lekin ulardan bittasi ustunlik qiladi.
Ekstravertlashgan ustanovka ustunlik qilganda odamda qiziqishlarning tashqi olamga, boshqa odamlarga yo‘nalganligi namoyon bo‘ladi. Introvertlashgan ustanovka ustun bo‘lganda odamda qiziqishlarning o‘zining ichki olamiga, fikr va hissiyotlariga yo‘nalganligi namoyon bo‘ladi.



Download 52.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling