Qabul qildi: olmaliq-2023 yil fransus pisixalogiyasini rivojlanishi


I.3.Ekzistentsial va gumanistik psixologiya


Download 52.86 Kb.
bet3/3
Sana25.10.2023
Hajmi52.86 Kb.
#1721201
1   2   3
Bog'liq
Титуль Ш

I.3.Ekzistentsial va gumanistik psixologiya
Psixologiyada ekzistentsial model determinizm va sababiylikni izchil inkor etish asosida shakllandi. Ekzistentsial psixologiyada markaziy o‘rinni inson turmush tarzining birlamchiligi haqidagi g‘oya egallaydi, uning eng muhim muammolari esa hayot va o‘lim, erkinlik va mas’uliyat, yolg‘izlik va mavjudlik mohiyatidir.
XX asrda ekzistentsial psixologiyaning metodologik asoslari F. Brentano va E. Gusserllarning ilmiy tadqiqotlarida yaratildi va L. Binsvanger, V. Frankl, R. Mey va boshqalarning ishlarida yanada rivojlantirildi.
Brentano Frants (1838 – 1917), nemis filosofi va psixologi. F. Brentano inson ongini faqat his qilib sezish, fenomenologik tasvirlash orqaligina o‘rganish mumkin, deb hisoblab, tabiashunoslik metodlarini psixologik tadqiqotlarda qo‘llab bo‘lmaydi, degan fikrda bo‘lgan. F. Brentano psixik faoliyat bilan jismoniy ob’ektlarni farqlash muhim emas, muhimi ularning ongda namoyon bo‘lish usullarini o‘rganish, deb hisoblagan. Ongning intetsionalligi muammosini o‘rganib, F. Brentano shunday xulosaga keldiki, odam ikki xil xodisalarni idrok qilish qobiliyatiga ega: 1) jismoniy va 2) mental.
Jismoniy xodisalar tovush yoki rangni idrok qilish jarayonida aniq bo‘ladi, mental xodisalar esa u yoki bu ob’ektga yo‘nalganlik orqali amalga oshiriladi (masalan, biron narsani ko‘rmay ko‘rib bo‘lmaydi, biron narsani sevmay sevib bo‘lmaydi). Bu yo‘nalishni F. Brentano intentsionallilik deb atagan. Shunday qilib, tabiatshunoslik metodlaridan psixologik tadqiqotlarda foydalanib bo‘lmasligini asoslovchi asosiy dalil jismoniy ob’ektlarning intentsionallilikka ega emasligi bo‘ldi. F. Brentano psixik xodisalarning asosida ong aktining psixik faoliyatning har qanday shakli bilan birga mavjud bo‘ladigan ichki idrok yotadi, deb hisoblagan.
Gusserl Edmund (1859 – 1938), ekzistentsial-fenomenologi filosofiya va psixologiyaning asoschisi.
E. Gusserl ustozi F. Brentanoning g‘oyalarini rivojlantirib, shunday xulosaga keldiki, intentsionallik – bu, ob’ektga yo‘naltirilgan ongning eng muhim xususiyatidir. Ong va ob’ekt munosabatining mohiyatini ochib berib, E. Gusserl shunday g‘oyani bayon qiladiki, bu haqiqiy munosabat emas, chunki ob’ekt ongda joylashmagan, ong esa faqatgina ob’ektning obraziga ega xolos. E. Gusserl, xodisa — bu, ongga sovuqqonlik, manfaatsiz mushoxada orqali ochiladigan narsadir, deb taxmin qilgan.
E. Gusserlning fikricha, ong predmetli bo‘libgina qolmay, o‘zining avvalgi tajribasiga tayanib predmetni quradi va predmetga mazmun ham beradi. Maishiy hayotni qura turib ong, ikkita qutbga ega bo‘ladi: bitta qutbda – kechinma akti (idrok, baholar yoki esdaliklar), boshqasida aktning quruvchi mazmuni yo‘naltirilgan predmet turadi.
E. Gusserl ekzistentsiyani anglangan kechinmalar oqimi sifatida qarash mumkin, deb taxmin qilgan, bunda har bir kechinma boshqasi uchun imkoniyat bo‘lib, shuning bilan birga uni mazmunan aniqlamaydi. Psixologiyaning vazifasi faktlarni tahlil qilish emas, balki xodisalarni oldindan gipotetik taxminlar qilmay, xolis tasvirlashdan iborat bo‘lishi kerak.
Binsvanger Lyudvig (1881–1966), shveytsariyalik psixolog va psixiatr. Tsyurix, Lozanna va Geydelberg universitetlarida tibbiy ma’lumot olgan. XX asrning 20-yillarida L. Binsvanger fenomenologiyani psixiatriyada qo‘llash g‘oyasi bilan chiqdi. L. Binsvanger tadqiqotlarining natijasi sifatida insonning dolzarb majudligini fenomenologik analiz qilish ko‘rinishidagi ekzistentsial analizni ishlab chiqish bo‘ldi. L. Binsvangerning fikricha ekzistentsial analizning asosiy maqsadi sub’ekt tajribasining ichki olamini qayta tiklash bo‘lishi kerak.
L. Binsvanger inson erkin, chunki u har doim bitta zarurat, tanlash zaruratiga duch keladi. Psixologiya fani odam va uning mavjudligini yaxlit holda ko‘rib chiqishni o‘rganishi zarur.

Odam maishiy hayotining hamma moduslarini funktsional yaxlitlikda ifodalash uchun L. Binsvanger koinonia (qadimgi grekchadan – ittifoq, jamoa) atamasini qo‘llaydi. Koinonianing buzilishi oqibatida navrotik belgilar paydo bo‘ladi.



L. Binsvanger odam, uning ekzistentsiyasi “o‘z xoliga tashlab qo‘yilganda”, transtsendental – ob’ektiv idrok doirasida cheklangan va erkin bo‘lmaganda nevrotikka aylanadi. Odam, hatto o‘zining “o‘z xoliga tashlab qo‘yilganligini” anglaganda ham o‘zini tanlashi kerak, chunki tanlashni rad etish yoki nevrozga yoki munofiq, yolg‘on mavjudlikka olib boradi. L. Binsvangerning fikricha, nevrozlar va psixozlar olamni qurish va transtsendatsiya – ob’ektiv borliq doirasidan tashqarida idrok qilishning o‘ziga xos usuli hisoblanadi. Psixotik o‘zi anglab etgan olamda yashaydi. Me’yor (norma)dan og‘ish yangi me’yor (norma) qurishni anglatadi. Nevrotik xodisalarning asosiy sabablari: 1) koinonianing parchalanishi va uning natijasida odam mavjudligining turli moduslari o‘rtasida keskin ziddiyatning paydo bo‘lishi va 2) mavjudlikning qandaydir bitta modusining ustunligi oqibatida ekzistentsiyaning cheklanishi, bu xolat olamni idrok qilish chegarasini toraytiradi va boshqa moduslarning ekzistentsiya bo‘lishi mumkinligi ehtimolini yo‘qqa chiqaradi. Shu munosabat bilan psixoterapevtning asosiy vazifasi patsientga “idrok chegarasini” kengaytirishga yordam berishdan iborat bo‘lishi kerak.
Frankl Viktor (1905 – 1998), avstriyalik psixolog, logoterapiyaning asoschisi. Ikkinchi jahon urushiga qadar ham mazmun muammosini o‘rganib, V. Frankl shunday xulosaga keladiki, mazmun qidirish odam hayotining birlamchi qo‘zg‘ovchi motivi hisoblanadi. Har bir odam faqat ungagina xos bo‘lgan alohida va qaytarilmas hayot mazmuniga ega. V. Frankl ekzistentsial frustratsiya xodisasini tasvirlab, bu xodisa odamning mazmunga intilish frustratsiyasi, deb tushunadi. Uzoq davom etgan ekzistentsial frustratsiya axloqiy ziddiyat, turli qadriyatlar o‘rtasidagi ziddiyat ko‘rinishidagi noogen nevrozlarga sabab bo‘ladi.
Noogen nevrozlarni samarali davolashga yordam beradigan usul V. Franklning fikricha logoterapiya, ya’ni odam ekzistentsiyasini ma’naviy o‘lchash darajasida amalga oshiriladigan terapiya hisoblanadi. Logoterapiya doirasida odam – bu, asosiy vazifasi hayot mazmunini qidirish va uni amalga oshirishdan iborat mavjudot, logoterapiyaning vazifasi esa patsientga uning hayot mazmunini izlashda yordam berishdan iboratdir. V. Frankl ilmiy muloqot doirasiga kiritgan yana bir atama ekzistentsial bo‘shliq tushunchasi bo‘ldi, bu tushuncha ichki bo‘shliq tufayli paydo bo‘ladigan zerikish, loqaydlikni his qilishda namoyon bo‘ladi. V. Frankl boshqa odam mohiyatini anglashning yagona usuli – muhabbat, deb hisoblagan.
Mey Rollo Riz (1909 – 1994), amerikalik psixolog va psixoterapevt. R. Meyning fikricha nevrotik reaktsiyalarning sababi odam ayni paytda hal qilishga qobil bo‘lmagan muammolarda hisoblanadi, bu muammolar o‘z navbatida odamning harakatchanlikni va kelajakka intilishini yo‘qotishiga olib keladi. Havotir muammosini o‘rganib R. Mey shunday xulosaga keladiki, odam havotirlarining asosida u yoki bu qadriyatlarni yo‘qotganligini anglash yotadi, bunday anglash uning ekzistentsiyasi uchun, birinchi navbatda yashash mazmunini yo‘qotishi uchun muhim hisoblanadi. R. Mey havotir odam borlig‘ining ajralmas qismi, usiz shaxsning to‘laqonli rivojlanishi mumkin emas, deb hisoblagan. Shaxsning rivojlanishi uchun, o‘zining hozir kimligi va kim bo‘lmoqchi ekanligi o‘rtasidagi farqni anglash jarayonida yuzaga keladigan ijodiy zo‘riqish zarur. Shaxs shakllanishi jarayonini “Men” hissi rivojlanishi doirasida ko‘rib chiqish mumkin. Odam kumulyativ – tobora kuchayib boradigan erkinlik imkoniyatiga ega, chunki har bir erkin tanlash keyingi tanlash erkinligini orttiradi.
1969 yili R. Mey “Muhabbat va iroda” nomli kitobini nashr qildi, bu kitobida u muhabbat va iroda inson mavjudligining zaruriy sharti, degan g‘oyani ilgari surdi. O‘zining muhabbat haqidagi ta’limotida R. Mey Z. Freydning libido psixoanalitik kontseptsiyasi bilan Platonning Eros ta’limotini birlashtirishga harakat qildi. R. Mey “demon” tushunchasida odam ekzistentsiyasining ambivalent – ijodiy (yaratuvchi) va vayronkor yo‘nalishini ifodalagan.
Download 52.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling