Qabul qildi: Raimov a topshirdi


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
Sana20.12.2022
Hajmi1.25 Mb.
#1038838
Bog'liq
komronbek



 
 
 
Qabul qildi:
 
 
 
 
 
Raimov A 
Topshirdi:
 
 
 
 
 
 
To’xtasinov K 
 
 
 
 


Turkiy qabilalar ittifoqi va davlatning barpo etilishi 
Reja 
1.Tashkil topishi. 
2.Turkiy qabilalar ittifoqining shakllanishi 
3. O’rta Osiyo xalqlari Turk hoqonligi tarkibida 
Turk xoqonligi 
{{Tarixiy davlat |nomi = Buyuk Turk Xoqonligi |oʻz_nomi 
= |tuzilishi = Xoqonlik |poytaxti = Oʻtuken |tuzilgan_yili = 
551 |tugagan_yili = 747 |merosxoʻri = Uygʻur xoqonligi 
|xarita = First Turk Khaganate(600).PNG |dini = 
Tangritanlik |pul_birligi = Aqcha |yigʻilishi = Quroltoy 
|hukmdor_unvoni = Buyuk Turk Xoqoni (Yabg'u xoqon) 
Muslima yozdi 7b buxoro Turk xoqonligi (𐰜𐰼𐰇𐱅) – 
Markaziy Osiyo mintaqasi va unga tutash bir necha 
oʻlkalarni oʻz ichiga olgan yirik saltanat (6—8-asrlar). Turk 
Xoqonligi (552—747) — Turkiylar tomonidan Yevrosiyoda 
yaratilgan ulkan imperiya. Ularga Ashina urugʻi boshchilik 
qilgan. Oʻzining eng ravnaq topgan davrida Oxota 
dengizidan Qrim yarimoroligacha, Sibirdan 
Hindistongacha boʻlgan yerlarni boshqargan. Muslima... 
Turk xoqonligiga doir maʼlumotlar Urxun-Enasoy 
bitiktoshlari, xitoy yilnomalari, yunon (Vizantiya), arman, 


suryoniy, soʻgʻd, arab, fors, tibet, baqtriy manbalarida 
saqlanib qolgan. 
Turk,turkiylar-eng yirik etnoslardan birining nomi .Turk 
soʼzi baquvvat, barkamol, odillik kabi maʼnolarini 
anglatadi....muslima 
Oltoy xoqonlik markazi qilib belgilandi Turklarning 
gʻarbga yurishlariga Istami boshchilik qiladi Unga YABGʻU 
XOQON deb unvon beriladi 
6-asrning 2 yarmida Turk xoqonligi vujudga kelgunga 
qadar mintaqada 2 yirik davlat: Eftaliylar va Jujanlar 
davlati hukm surardi. 
Turk xoqonligining asoschilari boʻlmish turkiy Ashina
qabilasi esa bu paytda Oltoy toglarining jan. yon 
bagʻirlarida istiqomat qilar va Jujanlar davlatiga tobe edi. 


Jujanlar qoʻl ostidagi ashina turklari kuchayib 545 y. tele 
qabilalarini, 551 y. esa jujanlarni yengadilar. Shu tariqa 
ogʻaini Bumin va Istami 552 y. Turk xoqonligiga asos 
soladilar. Bumin oʻzini xoqon deb eʼlon qiladi (qarang 
Bumin (xoqon, Istami xoqon 
555 yilga kelib, Markaziy Osiyoning shim.sharqidagi 
qabilalar, Uzok, Sharqdagi kidan (qoraxitoy), tatabi, 
shivey kabi manchjur va moʻgʻul qabilalari, Yenisey 


boʻyidagi turkiy qabilalar ham Turk xoqonligi qoʻshinlari 
tomonidan tobe etilib, 555 yildayoq Sharqiy 
Turkistonning katta qismi Turk xoqonligi koʻl ostiga 
oʻtadi. 
devoriy rasmlarda Turk jangchisi, milodiy 6 asrning 
ikkinchi yarmi, Sharqiy Turkiston 
Turk xoqoni Mugʻon (553-572) Xitoyga 556-557 yillarda 
yurishlar qilib, bu yerdagi Gʻarbiy Vey (Toba) sulolasi 
oʻrnini egallagan Shim. Shim. Si (550—577) va Chjou 
(577—581) sulolalarini oʻz taʼsir doirasiga oladi. 
Turk xoqonligi 565 y. eftaliylarga Naxshab sh. (hozirgi 
Qarshi sh. yaqinidagi Yerqoʻrgʻon xarobasi) atrofida ogʻir 
zarba beradi. Turk xoqonligi eftaliylarga qarashli Choch 
Ustrushona Samarkand Xorazm, Buxoro, Kesh va Nasafni 
qoʻlga kiritgan bir paytda xoqonlikning eftaliylarga qarshi 
ittifoqchisi Sosoniylar Eroni hukmdori Xusrav I 
Anushirvon esa Eftaliylar tarkibida boʻlgan Toxariston 
Kobuliston, Zobuliston (Shim. Afgʻoniston) viloyatlarini 
egallaydi. Sosoniylar bilan bevosita qoʻshni boʻlib qolgan 
xoqonlikning Eronga yuborilgan elchilarining oʻldirilishi va 
sugʻdiy Maniax boshchiligida ipak tijoratini yoʻlga qoʻyish 
maqsadida yoʻllangan elchilarga Eron shohining qoʻpol 
munosabatda boʻlishi, hatto ular keltirgan ipak matolarni 
yoqishga buyurishi Turk xoqonligi va Sosoniylar 
oʻrtasidagi ittifoqqa raxna soladi. Turk xoqonligi Eron 
bilan orani uzib, Vizantiya 


(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Vizantiya) imperiyasiga 
yaqinlashish, u bilan savdosotiq, asosan, ipak tijoratini 
rivojlantirish uchun unga 567 y. mazkur Maniax 
boshchiligida elchilik hayʼatini yuboradi. Shu paytdan 
boshlab ikki davlat oʻrtasida ittifoq vujudga keladi. Eron 
— Vizantiya oʻrtasida 571 y. jang boshlangach, gʻarbga 
yurishni davom ettirayotgan Istami shu yili Shim. 
Kavkazdagi Kuban daryosi havzasi va Ozarbayjonni qoʻlga 
kiritadi. Boshqa tarafdan esa 567 yildanoq Sosoniylarga 
qarshi Amudaryo yoʻnalishi boʻylab yurish uyushtira 
boshlagan Istami bu jabhada katta muvaffaqiyatlar 
qozonib, Toxaristonni olgach, Turk xoqonligining 
jan.gʻarbi~y chegarasi Amudaryo boʻlib qoladi. 6-asrning 
soʻnggi choragida Kobuliston (Kobul), Zobuliston va 
Xurosonning katta kismi xoqonlik tarkibiga oʻtadi. 
572-581 yillarda Turk xoqonligini Taspar xoqon 
boshqardi. 
576 yilda Turk xoqonligi bilan Vizantiya orasida ixtilof 
paydo boʻladi va xoqonlik shu yili Qrimdagi Bospor 
(Kerch)ni bosib oladi va 581 yilda Xersonesni 
&action=edit&redlink=1) qamal qiladi. Sharqiy Yevropada 
xoqonlik hududi bu paytga kelib Qora dengiz sohillari, 
sharqda Koreya boʻgʻozi, shimolida Ural togʻlari va 
Baykalboʻyi janubida Afgʻoniston va Shimoliy Hindiston 
hududdarini oʻz ichiga olar edi. 


Turk xoqonligi tarixi bilan mashhur tarixchi va arxeolog 
olimlar shugʻullangan (), Igor Kyzlasov , Olga Smirnova 
Larisa Baratova , Nasimxon Rahmon, Shamsiddin 
Kamoliddinov 
576 yilda Turk xoqonligi bilan Vizantiya orasida ixtilof 
paydo boʻladi va xoqonlik shu yili Qrimdagi Bospor 
(Kerch)ni bosib oladi va 581 yilda Xersonesni qamal 
qiladi. Sharqiy Yevropada xoqonlik hududi bu paytga 
kelib Qora dengiz sohillari, sharqda Koreya boʻgʻozi, 
shimolida Ural togʻlari, Yenisey va Baykalboʻyi, janubida 
Afgʻoniston va Shimoliy Hindiston hududdarini oʻz ichiga 
olar edi. 
Turk xoqonligi tarixi bilan mashhur tarixchi va arxeolog 
olimlar shugʻullangan (Aleksandr Bernshtam, Lev 
Gumilyov, Sergey Klyashtorniy, Dmitriy Savinov, Leonid 
Kyzlasov, Igor Kyzlasov, Olga Smirnova, Larisa Baratova, 
Nasimxon Rahmon, Shamsiddin Kamoliddinov). 
Sharqiy va Gʻarbiy Turk xoqonliklari 
toʻqnashuvlari natijasida Xitoy va Fors davlati Gʻarbiy 
Varhuman saroyi devoriy rasmlarida tasvirlangan turkiy 
zodagonlar, Samarqand, 650 yil 
580-yillarga kelib xoqonlikda ichki nizolar, taxt 
talashuvlar avj oladi. Bu ishga Xitoyning Suy sulolasi ham 
aralashadi. Shundan soʻng xoqonlik bir muddat Oltoy 


togʻlarining sharqidan to Uzoq Sharqqacha boʻlgan 
hududni, yaʼni Jan. Sibir, Urxun havzalari (Moʻgʻuliston), 
Shim. Xitoy hududlarini oʻz ichiga oluvchi Sharqiy Turk 
xoqonligi va Oltoy toglarining gʻarbidagi xoqonlikka 
qaram oʻlkalarni oʻz ichiga oluvchi markazi Yettisuv 
boʻlgan Gʻarbiy Turk xoqonligi ga boʻlinib ketadi. 
Markazi Oʻtukan vodiysi (Moʻgʻuliston) boʻlgan Sharqiy 
Turk xoqonligi Shibi xoqon (609—619) davrida Xitoy (Suy) 
imperiyasiga qarshi jang olib boradi. U 615 yilda Xitoyga 
yurish qilib Yaymin (Ordos) viloyatida imperator Yandini 
qurshovga oladi. Yaymindagi 41 qalʼadan 39 tasi Turk 
xoqonligi qoʻliga oʻtadi. 618 yilda Suy sulolasini agʻdarib, 
uning oʻrnini egallagan Tan sulolasining ishlariga ham 
Shibi xoqon aralashadi. U bu paytgacha sharkda kidan va 
shivey qabilalarini, Jan.Gʻarbda Tuguxun (Togon) davlati 
hamda Turfon oʻlkasini boʻysundirgach, Xuanxe daryosini 
kechib oʻtib, Xitoy hududiga kirgan vaqtda vafot etadi. 
TaxtgaElxoqon (xitoy manbalarida Xyelixan; 620—630) 
oʻtiradi va 10 yil davomida, asosan, Xitoy bilan kurash 
olib boradi. 2 marta, 624—626 yillarda poytaxt Chananni 
qurshab oladi. Uning oʻlimidan soʻng Sharqiy Turk 
xoqonligi 50 yilga yaqin Xitoyga karam boʻlib qoladi. 
Oʻz davrida „Oʻn Oʻq xoqonligi“ deb yuritilgan Gʻarbiy 
Turk xoqonligi Istamining oʻgʻli Tardu xoqon (576—603) 
Sosoniylar Eroniga qarshi janglar olib borib, gʻarbda oʻz 
hokimiyatini kuchaytirdi. Uning oʻgʻli Sheguy xoqon 
(610— 618) davrida xoqonlik qoʻshinlari jan.gʻarbiy 


hududlarda faol harakat yurita boshlaydi. U Eronning 
shim.sharqiy viloyatlariga xujum uyushtirib, sosoniylar 
ustidan yirik gʻalabaga erishadi va Isfahon, Ray kabi 
shaharlarni qoʻlga kiritadi. Uning inisi Tun yabgʻu 
(Tunshexu; 618—630) xoqonlikning gʻarbdagi nufuzini 
yanada mustahkamlaydi. U hukmronlik qilgan davrda 
Turk xoqonligi ning chegarasi gʻarb va jan.gʻarbda, 
Jan.Sharqiy Yevropa dashtlari, Kavkaz, Volgaboʻyi, 
Gurgon, Marv, Hind daryosining yuqori havzalari, Shim. 
Hindiston va Afgʻonistonning aksariyat viloyatlarini oʻz 
ichiga olardi. Uning shad unvonli oʻgʻli boshchiligidagi 
xoqonlik qoʻshinlari Vizantiya imperatori Irakliy bilan 
birgalikda 627—628 yillarda Jan. Kavkazga safar 
uyushtiradi va bu yerdagi sosoniylar qoʻshinini yengib, 
Tbilisi shahrini qoʻlga kiritadi. Tun yabgʻu gʻarbiy 
hududlarda xrkimiyatni mustahkamlash maqsadida 
qarorgohini Shosh vohasining shimolidagi Mingbuloq 
(xitoycha Syantsyuan) mavzesiga koʻchiradi va 
boshqaruvda islohotlar oʻtkazib qaram oʻlkalarga turkiy 
tudun va eltabar unvonli vakillar joʻnatadi. 
630 yillarga kelib Gʻarbiy Turk xoqonligi ham bir muddat 
Xitoyga qaram boʻlib qoladi. Biroq tez orada oʻz qudratini 
tiklab oladi. Xitoy manbalarida qayd etilishicha, Elbilga 
Ishbara yabgʻu (630—641) ning qoʻl ostida Sharqiy 
Turkistondagi Kucha, Shanshan, Cherchen, Xarashar 
(Krrashahar) hokimliklari va Shi (Shosh), Shiʼ (Kesh), Xe 
(KushoniyaKattaqoʻrgʻon), My (Marv), Kan (Sugʻd) va 


Toxariston oʻlkalari boʻlgan. Xoqonlik Istamining 
beshinchi boʻgʻin avlodi boʻlmish Ulugʻ Ishbara (Xelu 
Shabolo; 651—657) xoqon hukmronligi davrida Xitoyga 
qarshi bir necha yil kurash olib boradi. 
Qapagʻan xoqon (691—716) davrida xoqonlik 
mintaqadagi eng yirik davlatga aylanadi. U jiyanlari 
Qutlugʻ Eltarish xoqonning oʻgʻillari Bilga va Kultegin 
hamda Toʻnyuquq bilan birgalikda Xitoydagi Xuanxe 
daryosi gʻavzalari hamda Shandun oʻlkasiga yurish qilib, 
23 ta shaharni qoʻlga kiritadi, 699 yilda jan.gʻarbga, sobiq 
Gʻarbiy Turk xoqonligi hokimiyatini qoʻlga kiritgan 
turgashlarga va Toxariston oʻlkasiga yurish qiladi. 
Qapagʻan xoqon 700 y. Tangut oʻlkasiga, 701 y. Xitoyning 
shimoli-gʻarbidagi „Oltu Chub Sugʻdaq“ oʻlkasiga, 703 
yilda basmillarga, 705— 706 yillarda bayirqularga, 709 
yilda chik va azlarga, 710 yilda qirgʻizlar va turgashyaarta 
qarshi qoʻshin tortib ularni qaytadan oʻz tarkibiga qoʻshib 


oladi. Turk xoqonligi Movarounnahrga bostirib kirgan 
arab istilochilariga qarshi 710 yilda qoʻshin yuboradi va 
Sugʻd, Shosh, Fargʻona hokimlarining arablarga qarshi 
kurashida qatnashadi. Bilga xoqon (716— 734) 
hukmronligi davrida Turk xoqonligi mintaqaning eng 
qudratli davlatlaridan biriga aylandi. 716 yilda Selenga 
daryosi havzasida istiqomat qiluvchi uygʻurlartg., 1YI yilda 
oʻgʻuzlarga, 718 yilda qarluqlarta qarshi jang qilib, ularni 
xoqonlikka boʻysundiradi. Bu davrda xoqonlik hududlari 
sharqda Sirdaryoning sharqidan to gʻarbda Xingan togʻlari 
yonbagʻirlari (Manjuriya), Shandun oʻlkasi (Xitoyning 
shim.sharqi, Sariq dengizdagi Boxay koʻrfazigacha boʻlgan 
yerlar)ni, janubda Tibetning shimoli, Sharqiy Turkiston, 
Xitoyning shim. viloyatlaridan to shimolida Yenisey 
daryosi va Baykalboʻyini oʻz ichiga olganligi maʼlum 
boʻladi. 740-yillarga kelib Turk xoqonligi ham ichki, ham 
tashqi ziddiyatlarga duch keladi. Bilga xoqonning oʻgʻillari 
hukmronligi davrida xoqonlik zaiflashadi. 742—744 
yillarda uygʻur, qarluq va basmil qabilalari birlashib, 
xoqonlikka hujum uyushtirishadi. 745 yilda ittifoqchilar 
Turk xoqonligining soʻnggi hukmdori Baymey xoqonni 
oʻldirishadi va xoqonlik taxti uygʻurlar qoʻliga oʻtadi. 
Turk xoqonligini dunyoning eng yirik davlatlari qatoriga 
qoʻshishda xoqonlar Bumin (551-552), Mugʻon (553572), 
Taspar (572—581), Toʻnga Turon (588— 600), Shibi 
(609—619), Elxoqon (620—630), Qutlugʻ Eltarish (680— 
691), Bekchoʻr Qapagʻan (691—716), Bilga (716—734) va 


bosh vazir Toʻnyuquq (680—726), shahzoda Kultegin (Koʻl 
Tegin) (684—731) hamda Oʻn Oʻq boshqaruvi 
hukmdorlari Istami yabgʻu (552576), Tardu (576603), Tun 
yabgʻu (618—630) kabilar muhim rol oʻynadilar. Ular 
davrida Turk xoqonligi tomonidan Xitoy, Sosoniylar 
Eroni,Vizantiya kabi dunyoning kuchli davlatlariga qarshi 
yurishlar uyushtiriladi. 
Turk xoqonligining boshqaruvida 2 xil tizim mavjud edi: 
boʻysundirilgan baʼzi oʻlka va viloyatlarda mavjud 
mahalliy sulolalar saklanib qolgan va ular xoqonlikka 
oʻlpon toʻlab turganlar; tobe oʻlka va viloyatlarning 
ayrimlari boshqaruviga tayinlangan x^kmdor xonadonga 
mansub vakillar hokimiyati. 
Bu paytda Sirdaryo va Amudaryo oraligʻi hamda tutash 
hududlar Turk xoqonligi tarkibida boʻlib, bu yerdagi 
Shoshda tudunlar, Fargʻonada ixshidlar, Ustrushonada 


afshinlar, Sugʻdda ixshidlar, Buxoroda buxorxudotlar, 
Xorazmda afrigʻiylar, Toxaristonda yabgʻular hokimiyati 
mavjud edi. Ularning baʼzilarining kelib chiqishi Turk 
xoqonligi qukmdor sulolasiga mansub boʻlishgan. 
Jumladan, Shosh tudunlari, Toxariston yabgʻulari va h.k. 
Davlat tuzilishi 
Xoqon— xoqonlikdagi eng oliy kishi turkiylar orasida 
Buyuk Xoqon deb atalgan. Xoqondan keyingi oʻrinda 
yabgʻu turgan. Taxt vorisiga tegin unvoni berilgan. 
Boshqa oliy unvonlar - shod, eltabar. Sud ishlarini 
buyruqchi va tarxon olib borgan. Viloyatlardagi vakillar 
tudunlar deb atalgan. Harbiy maʼmuriyat boshligʻi uchun 
tutuq qoʻllanilgan. 
Milliy tuzilshi 
Turkiylar 
Tele 
Kidanlar 
Enasoy qirg'izlari 
Sogʻdlar 
Tarixi 
Sharqiy Turk xoqonligi 700-yil 
6-asr oʻrtalarida Oltoydagi turkiy qabilalar qoʻshni 
qabilalar bilan oʻzaro birlashib „moʻgʻil davrigagacha 
boʻlgan eng qudratli davlat“ - Buyuk Turk xoqonligiga 


asos solgan. Ikki aka-uka, Bumin va Istemi ulkan davlatni 
boshqarishgan. Bumin hoqonlikning sharqiy qismidagi 
oʻziga qaram yerlarni kengaytirgan bir paytda, uning 
ukasi Istemi davlatning gʻarbiy qismidagi 
v va Sharqiy Turkistonning tutashgan hududlari 
qabilalarini oʻzaro birlashtirgan. Davlatning Gʻarb tomon 
kengayishi uning eftaliylar davlati yerlari bilan 
toʻqnashuviga sabab boʻlgan. 563-567 yillarda turkiylar 
eftaliylar davlatini tor-mor qilishgan va Amudaryo boʻyida 
Eron sosoniylari bilan toʻqnash kelishgan. Turkiylar va 
Eron eftaliylar qiyofasida umumiy dushmanga qarshi 
kurashgan paytda ular oʻzaro doʻstona munosabatda 
boʻlganlar va hatto, shahanshoh Xusrov Anushervan 
turkiy malikaga uylangan. Turkiylar eftaliylarni tor-mor 
keltirgandan soʻng esa, ular bilan Eron oʻrtasida oʻzaro 
mojaro yuzaga kelgan. Turkiylarning muhim savdo 
yoʻllariga egalik qilishga boʻlgan intilishlari Eron bilan 
munosabatlarning keskinlashuviga olib kelgan. Istemining 
savdo masalalari boʻyicha elchilarining Eronga tashrifi 
muvaffaqiyatsiz tugagan, ikkinchi va soʻnggi elchilik 
aʼzolari esa zaharlanganlar. Shundan soʻng turkiylar 
Vizantiya bilan ittifoqchilikda Eronga qarshi urush 
boshlashga qaror qilishadi. 568-569 yillarda Maniax 
boshchiligidagi Istanbulga birinchi elchilik tashrifi 
muvaffaqiyatli yakunlanadi. 
Vizantiya bilan Eron oʻrtasidagi oʻzaro urush, ularning 
xoqonlikka nisbatan eʼtiborini chalgʻitgan holda, 


turkiylarning yarimkoʻchmanchi davlatining shiddatli 
darajada yuksalishiga imkoniyat yaratgan. Turkiylar ichki 
ixtiloflar oqibatida zaiflashgan Xitoyga bir necha marta 
muvaffaqiyatli yurishni amalga oshirib, shoyi matolaridan 
iborat katta yillik oʻlpon olishga erishgan. 588 yili turkiylar 
hukmdori Qora ChurinVizantiya va hazarlar bilan 
ittifoqchilikda Eronga hujum qiladi, biroq magʻlubiyatga 
uchraydi va sosoniylar sarkardasi Bahrom Chubin 
tomonidan oʻldiriladi. Bu magʻlubiyat hoqonlikning 
tanazzulga yuz tutishi va 6-asrning 80-yillarida sharqiy va 
gʻarbiy oʻlkalarga ajralib ketishiga sabab boʻladi. 7-
asrning birinchi yarmida gʻarbiy xoqonlik hayotida 
yuksalish kuzatiladi. Uning chegaralari Inda sohillarigacha 
yetgan. Xitoy va Eron bilan savdo munosabatlari keng 
rivojlangan. Savdo karvonlari Marv-Chorjoʻy-Buxoro-
Samarqand-Choch-Talas-Suyab yoʻnalishi boʻylab Sharqiy 
Turkiston vohalarigacha choʻzilgan. Butun yoʻl davomida 
karvonlar ularning jadal safarlariga imkon bergan sugʻd 
mulkiy hududlariga duch kelishgan. Taxminan, 630 yili 
turkiylarning yaqin qadargacha ittifoqchilari boʻlgan 
xitoylar ularni qaqshatqich magʻlubiyatga uchratadi. 7-asr 
oxirida gʻarbdan yangi qudratli dushman - Markaziy 
Osiyoni oʻz tasarrufiga boʻsindirgan arablar bosib kela 
boshladi. Gʻarb turkiy xoqonligi Yettisuv oʻlkasi turgeshlar 
tasarrufiga oʻtgandan soʻng 747-yili batamom 
parchalanib ketgan. Shunday qilib, Buyuk Turk xoqonligi 
oʻz davridagi toʻrt qudratli davlatlar (Xitoy, Eron, 


Vizantiya, Turk xoqonligi) va 5 buyuk madaniyatning 
(yunon, fors, xitoy, hind, turkiy) biri boʻlgan. Turk 
xoqonliging Eron va Xitoy bilan boʻlib oʻtgan ancha 
yillargacha turkiylarning asosiy dushmaniga aylanishgan. 
Turk xoqonligi, 7 asr boshlari
Turk etnonim ilk bor qaysi manbada qayd etilganligi 
munozarali masalalardan biri hisoblanadi. Markaziy 
Osiyoning chorvador kabilalari haqida ma’lumotlar 
«Avesto», yunon manbalari, qadimgi eron qoyatoshlari 
va xitoy yilnomalarida qayd etilgan bo’lib, xususan, 
«Avesto»ning Got va Yasht qismida tilga olingan 
Amudaryoning o’ng tomonida yashovchi «turlar», 
«chopqir otli turlar»ni tadqiqotchilar O’rta Osiyoning sak 
qabilalari yoki turklar bo’lgan, deb hisoblaydilar. Ba’zi 
tadqiqotchilar esa Geodotning «Tarix» asarida keltirilgan 
skiflarning birinchi xukmdori Targ’itoy nomi bilan Turk 
etnonimini bog’lashga xarakat qilganlar. 
Turk etnonimi Azov dengizining shimolidagi o’rmonlarda 
yashovchi xalqlarga nisbatan «turcae» shaklida Rim 
tarixchisi Pompeniy Melaning «Geografiya» asarida qayd 
etilgan. SHuningdek, Yana bir rimlik tarixchi Katta Pliniy 
o’zining «TabIIy tarix» asari (mil 23-79 yillar)da Pompeniy 
Mela ko’rsatib o’tgan xududlarda «turcae» nomli 
kishilarning yashashini yozib qoldirgan. Ko’pchilik 
tadqiqotchilar turkae etnonimlarining Gerodot keltirgan 
iyrkai xalqini Volga-Ural daryolaridan Oltoygacha bo’lgan 


xududlarda yashagan ug’or, boshqird va boshqa 
xalqlarning ajdodi bo’lganligini e’tirof etadilar. 
Gerodot shimoli –sharqdagi skif qabilalarini quyidagicha 
joylashtiradi. «Tanais (Don)ning ortida savromatlar, 
..ularning tepasida budinlar, ..ulardan sharqda fissagetlar 
yashaydi. Xudi shu xududda ular Bilan qo’shni yashovchi 
yirki, ulardan sharqda qattiq toshli, notekis еr boshlanadi. 
Bu еrdan o’tgach, baland tog’ etagida odamlar yashaydi. 
Aytishlaricha, ularning erkaklari ham, ayollari ham tug’ma 
sochi yo’k, yassi burun va keng iyakli kishilardir. Ular 
butunlay o’zgacha tilda gaplashadi, skiflarga o’xshab 
kiyinadi. Kishilar yog’ochlarda yashaydi. Qishda yog’ochni 
qalin oq kigiz bilan yopadi, yozda esa yopinchiqsiz 
qoldiradi. Bu xalqning nomi argippeydir» 
Tadqiqotchilarning fikricha, Ural ortidan Oltoyga qadar 
joylashgan «yassi burunli, keng yonoqli» mongoloid 
argippeylar, ya’ni «oq otli» xalqlar turkiy xalqlar 
bo’lganlar. Gerodot «argippeylardan sharqda ko’p sonli 
issedonlar, ularning yuqorisida esa arimaspalar yashaydi» 
deb qayd etadi. Tadqiqotchilar issedonlarni Tyanshan 
yonbag’irlarida, arimaspalarni esa Oltoy tog’ etaklarida 
yashovchi xalqlar bo’lgan, degan xulosani ilgari suradilar. 
Gerodot ularning ko’shnisi sifatida «iyrkai» xalqlarini 
ko’rsatadi.SHunisi qiziqki, keyingi davr Yunon-lotin tilidagi 
manbalarda ham xudi shunday nom Bilan gunn (xun)larni 
ataganlar. 


Turk etnonimII Tabariyning «Tarix» asarida ham qayd 
etilgan bo’lib, unga ko’ra, sosoniylar shoxi Baxrom V 
(420-438) xukmronligi davrida turklarning xoqoni 250 
minglik qo’shini Bilan Eron xududiga bostirib kirgan, lekin 
bu yurish muvaffaqiyatsiz tugagach, xoqon o’zini-o’zi 
o’ldirgan. Moisey Xorenskiyning «Arman tarixi» asarida 
ham sosoniylar shoxi SHopur II davrida «SHarq Xoqoni» 
nomi Bilan qandaydir xukmdor qayd etilgan. 
Tadqiqotchilar buni turklar, jujanlar, syanbilar yoki 
kushonlardan birining nomi bilan bog’laydilar. 
Bir qator tadqiqotchilar, jumladan yirik turkolog 
S.G’Klyashtorniy «turk» etnonimining birinchi bor 
Mo’g’ilistondan topilgan Bugut yodgorligida (528-583) 
so’g’dcha shaklida «tr’wkt» tarzida uchragan va 
xitoyliklar ushbu etnonimni «tukyue» tarzida qabul 
qilganlar, deb hisoblaydi va bunga ilk bor Xitoy bilan 
turklarning o’zaro diplomatik aloqalari so’g’dliklar va 
so’g’d yozuvi yordamida amalga oshirilganligini (bu еrda 
545 yil G’arbiy Vey imperatori Vindining Bumin yabg’u 
xuzuriga An-Nopanto boshchiligida elchilik xay’atini 
yuborganligi sabab qilib ko’rsatadi. 
Lekin ba’zi tadqiqotchilar esa jujanlar turklarni o’zlarining 
tillarida ko’plik shaklida «turk-ut» deb atalganligini, 
xitoyliklar esa «turk-ut» nomli yangi qabilalar ittifoqi 
haqida xitoyliklar aynan jujuanlardan eshitganligini va 
xitoy manbalarida bu atama «tukuvet» shaklida 540 yilda 
paydo bo’lgan deb hisoblaydilar 


Oltoy va Janubiy Sibirda ashina qabilasining yabg’ulari 
Asan-shod, Tuu va Buminlar (460—553) boshchiligida 
turkiy qabilalarning ittifoqi vujudga keladi. qadimgi turk 
manbalarida bu ittifoq turk tIIrkel va t'urk bodunkabi 
nomlar bilan tilga olinadi. VI asr o’rtalarida Bumin boshliq 
bu turk ittifoqi tele qabilasini o’ziga bo’ysundirgach, 
Markaziy Osiyodagi eng kuchli, Jujan xoqonligiga 
qaqshatkich zarba beradi. 551 yilda Bumin xoqon, ya’ni 
xukmdor unvoniga muyassar bo’lib, Markaziy Osiyoda 
yangi saltanat —Turk xoqonligiga asos soladi. Oltoy 
xoqonlikning markazi bo’lib qoladi.Markaziy Osiyo va 
Janubiy Sibirda xukmronlikni mustahkamlab olgach, 
Bumin va uning ukasi Istemi xoqonlik chegaralarini 
kengaytirishga kirishadilar. Kisqa vaqt ichida Yenisey 
daryosi bo’ylarida yashovchi kirg’izlar, janubi-g’arbiy 
Manjuriyaning mo’g’ul qabilasi kidanlar bo’ysundiriladi. 
SHimoliy Xitoy viloyatlari bosib olinib, Xitoy imperatori 
turklar bilan sulh tuzishga, keyinchalik esa xatto u_yiliga 
yuz ming to’p ipak mato hisobida xoqonlikka o’lpon 
to’lab turishga majbur bo’ladi. 
Turklar g’arbga tomon ayniqsa muvaffaqiyatli yurishlar 
olib boradilar. g’arbiy xarakatlarga Istemi boshchilik 
qiladi. Unga «yabg’u xoqon» degan unvon beriladi. Tez 
orada Yettisuv va SHarqiy Turkistonga tutashgan 
yurtlarda yashovchi nushibi, dulu va turgash kabi turkiy 
qabilalar buy­sundiriladi. 555 yildayok turklar SHarkiy 
Turkistonning obod dehqonchilik viloyatlarining kattagina 


qismini va boy xunarmakdchilik shaharlarini hamda O’rta 
Osiyoning Sirdaryo va Orol dengizi bo’ylarigacha 
cho’zilgan keng dasht mintaqasini butunlay egallab 
oladilar. Turklar xokimligi shu paytlarda, shubhasiz, 
Xorazmga ham yoyilib, xoqonlik chegarasi Eftaliylar avlati 
xududlariga borib yondashadi. 
Turk xoqonligi avarlarga qarshi kurash masalasida g’arb 
bilan juda yaxshi hamkorlik olib borgan. Jumladan, 
Vizantiya tarixchisi Menandrning 562-yilga oid quyidagi 
yodnomasi bu fikrni tasdiqlaydi. Uning yozishicha, 562-
yilda Avarlar turklarga hujum qilib, g’alabaga erishmay 
chekinganda, Turklar podshosi Silziboulos avarlarni 
o’rganadi va Vizantiyaga quyidagi mazmunda xat 
yuboradi: “Avarlar qushlar emas, havoda uchib turk 
qilichlaridan qochgani, ular baliqlar emas, suvga 
sho’ng’ib, dengiz chuqurligida yo’qolib qolsa. Ular ham 
biz kabi odam va ular yer yuzida yurishadi. Agar men 
eftaliylarga qarshi urushni tugatsam, birinchi navbatda 
avarlar ustiga yuraman va ular mening kuchimdan hech 
qayerga qochib ketisha olmaydi.”1 558 yilga borganda 
turklar Yoyiq (Ural) va Itil (Volga) bo’ylarini zabt etib, 
undan g’arbda va SHimoliy Kavkazda bepoyon еrlarni 
egallab olgan avarlar bilan to’qnashadilar. g’arbdagi bu 
ikki dushmanga uzil-kesil zarba berish maqsadida^ turklar 
Eron va Vizantiya bilan do’stona aloqa o’rnatishga 
intiladi. Turklar tazyiki oqibatida bu davrda yuzaga kelgan 
qulay vaziyatdan foydalangan sosoniylar Toxariston, 


Zabuliston, Kobuliston va CHag’oniyonni eftaliylardan 
tortib oladi. 
Vizantiyaning avarlarga xomiyligini to’xtatishga 
imperatorni ko’ndirish maqsadida 563 yilda Turk 
xoqonligi elchilari Konstantinopol shaxriga еtib boradilar. 
Elchilikka nushibi qabilasining boshlig’i Eskil rahbarlik 
qiladi. O’sha yili Eron askarlarining Balxga xujumi 
ko’magida turklar Eftaliylar davlatining еrlariga bostirib 
kiradi. Parak vodiysi va uning markazi CHoch shahri 
olinadi . Turklar Sirdaryodan o’tib, Zarafshon vodiysiga 
kirib bo­radilar. Samarqand, Kesh va Naxshobni egallab, 
Buxoroga yaqinlashadilar.. Eftaliylar Balx, Xuttalon, 
Termiz, Omul va Zamm shaxarlaridan katta kuch to’plab 
Buxoro yaqinida jangga tayyorgarlik ko’radilar. Sakkiz kun 
davom etgan shiddatli jangda eftaliylar qo’shini 
turklardan еngiladi. SHunday qilib, janubda Eron 
sosoniylaridan, shimolda esa Turk xoqonligidan 
qaqshatkich zarbaga uchragan Eftaliylar davlati bir asrdan 
oshiqrokxukmronlikdan so’ng tamomila barbod bo’ladi. 
Natijada mag’lub davlatning merosi o’zaro bo’linib, 
Amudaryoning janubiy qirg’oqlarigacha bo’lgan viloyatlar 
Eron, uning shimoliy sohillari bo’ylab Kaspiy dengizigacha 
cho’zilgan еrlar Turk xoqonligi tasarrufiga o’tadi. 
5-6 asrlardan O’rta Osiyoda feodalashish jarayoni tobora 
avj olib, feodal zulm kuchayadi. Yer va suvdan ajralib 
qashshoqlashib borayotgan ozod ziroatkor kashovarzlar 
zad 


ogon dehqonlar asoratiga tushib, qaram kadivarlarga 
aylanadi. Aholi qashshoqlik, jabr-zulm va dehqonlar 
asoratiga qarshi bosh ko’tarishga majbur bo’ladi. 
SHunday xalq h.arakati dastavval 5 asr oxiri va 6 asr 
boshlarida Eronda Mazdak boshchiligida ko’tarilgan edi. 
Mazdakchilar еr-suv, boylik hamda xokimiyatni egallab 
olib, aholini muxtojlikka solgan katta еr egalariga qari 
«hamma barobar bo’lsin» degan g’oyani olg’a so’radilar. 
Mazdak quzg’oloni bostirilib bostirilib oradan qariyib 
yarim asr o’tgach, Buxoroda mana shunday xalq xarakati 
ko’tariladi Qo’zg’olonga Obro’y boshchilik qiladi. Buxoro 
tarixchisi Muxammad Narshaxiyning yozishicha, 
qo’zg’olon natijasida Obro’ydai jabrlangan zodagon 
dehqonlar va boy savdogarlar Buxoro viloyatini tark etib, 
Turkiston va Taroz atrofiga borib o’rnashadilar. Kochib 
ketganlar orasida bir katta dehqon bo’lgan. U Buxoroning 
qadimiy dehqonzodalaridan bo’lgan. Daromadli еrlarning 
ko’pi uning mulki, kadivar va hizmatkorlarning ko’pchiligi 
uning xizmatida bo’lganidan u Buxorxudot nomi bilan 
shuhrat topgan. qochib borganlar turk xoqoniga 
murojaat qilib, qo’zg’olonchilarga qarshi kurashda 
yordam berishni suraganlar. Turk xoqoni qora-churin 
Turk o’g’li SHeri Kishvar boshliq qo’shin yuboradi. Obro’y 
o’ldirilib, qo’zg’olon bostiriladi. Kadivar va xizmatkorlar 
o’z xo’jayinlari dehqonzodalarga qaytariladi. SHu tariqa 
VI asrning ikkinchi yarmida Buxoroda ilk feodal 


dehqonlarning kadivarlar ustidan xukmronligi yanada 
mustaxkamlanadi. 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling