Termiz muhandislik-texnologiya instituti Energetika va konchilik ishi fakulteti Marksheyderlik ishi 12-21 guruh talabasi To’xtamishev Zufarbekning Yashil iqtisodiyot fanidan tayyorlagan TAQDIMOTI Qabul qildi: Sharifova N. Imzo______ - Reja:
- 1.GGGI reyting usuli.
- 2.Dual Citizen reyting usuli.
- 3.Xulosa.
GGGI reyting usuli - Jahon amaliyoti ko’rsatishicha, murakkab jarayonlar va obektlarni qiyosiy baholashda aksariyat mamlakatlar ko’pincha reyting usulidan foydalanishadi. “Yashil o’sish”ni reyting asosida baholashning ommalashgan usullari GGGI va Dual Citizen xalqaro agentliklari tomonidan qo’llaniladi. GGGI Koreya Respublikasining Seul shahrida joylashgan bo'lib, maqsadi iqtisodiy o’sish va ekologik barqarorlik o’rtasidagi muvozanatni ifodalovchi “yashil o’sish”ga ko’maklashish hisoblanadi. GGGI milliy iqtisodiyotning “yashil o’sishini ta’minlashi mumkin bo’lgan energetika, suv ta‟minoti, yerdan foydalanish va yashil shaharlar kabi ustuvor sohalarida ish olib boradi.
GGGI reyting usuli - GGGI tomonidan ishlab chiqilgan yashil iqtisodiyotni baholash ko'rsatkichlari tizimi “yashil iqtisodiyot”ga o'tish imkoniyatlarini baholash va barqaror “yashil o'sish”ni ta‟minlash darajasini tavsiflovchi ko'rsatkichlarga asoslanadi . Ushbu ko'rsatkichlar mamlakatning “yashil iqtisodiyotga” o'tish davlat dasturida ko'zda tutilgan bosqichlarga qarab tashhislash, rejalashtirish, baholash va monitoring kabi kategoriyalarga bo'linadi. Tashhislashga oid ko'rsatkichlar mamlakatning umumiy holatini baholash va mavjud muammolarni aniqlashga xizmat qiladi. Rejalashtirish ko'rsatkichlari “muammo→davlat→chora-tadbirlar” yondashuviga asoslanadi. Ushbu ko'rsatkichlar tashhislash ko'rsatkichlari yordamida aniqlangan barqaror iqtisodiy o'sish muammolari va ularni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar o'rtasidagi sabab-oqibat bog'liqliklarini aniqlashga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |