Qabul qildi: T. To`rayev termiz 2021-yil
Download 0.58 Mb.
|
Norboyev Ruslan KURS ISHI
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI TERMIZ FILIALI “TABIIY VA ANIQ FANLAR” FAKULTETI “MATEMATIKA VA INFORMATIKA O`QITISH METODIKASI” KAFEDRASI “5110700-Informatika o`qitish metodikasi” yo`nalishi 202 -guruh talabasi NORBOYEV RUSLANNING Informatika fanidan « LOKAL KOMPYUTER TARMOG’INING AHAMYATI VA FOYDALANISH USULLARI» mavzusida yozgan KURS ISHI . Qabul qildi: T. To`rayev TERMIZ – 2021-yil. Kirish
Bob.Lokal tarmoqning paydo bo`lishi 1.Tarmoq tushunchasi va uning ahamiyati. 2.Lokal tarmoqlarni tashkil etishning nazariy asoslari 3.Lokal tarmoqlarning dasturiy ta’minoti haqida 3.Lokal tarmoqlarning biznes uchun asosiy afzalliklari: 11..Lokal tarmoqlarning dasturiy ta’minoti haqida 1. Lokal tarmoqlarning dasturiy ta’minoti haqida 2.Tarmoq protokollarini o'rnatish va sozlash. KIRISH Men ushbu kurs ishida kompyuter tarmoqning paydo bo`lishi,lokal tarmog’ning paydo bo’lishi, lokal tarmog’ni dasturiy taminoti,lokal tarmog’ni tashkil etish, lokal tarmog’ning biznes uchun asosiy afzalliklari , Tarmoq protokollarini o'rnatish va sozlash.va shunga doir tushinchalarni keng o’rganaman. Hisoblash texnikasi paydo bo‘lishidan boshlab, kompyuterlar orasida ma’lumotlar uzatish bo‘lgan. Bu orqali har bir aloxida kompyuterni birgalikda ishlashini tashkil etish, bir masalani bir nechta kompyuterlar yordamida yechish, har bir kompyuterni birorta funksiyani bajarishga maxsuslashtirish, resurslardan birgalikda foydalanish va boshqa ko‘p muammolarni yechish imkonini yaratadi. Oxirgi vaqtda axborot almashishni ko‘p uslub va vositalari taklif etilgan: disketa yordamida fayllarni oddiy ko‘chirishdan to dunyo bo‘ylab Internet kompyuter tarmog‘igacha, ya’ni barcha dunyodagi kompyuterlarni bog‘lash imkonigacha. Kompyuter (hisoblash) tarmog’i — bu, aloqa kanallari orqali yagona tizimga bog’langan kompyuter va terminallar majmuasidir. Т armoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob’ektlar tarmoq ob’ektlari deyiladi. Тarmoq ob’ektlari alohida kompyuter, kompyuterlar kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo’lishi mumkin. Axborotlarni territorial joylashuviga ko’ra kompyuter tarmoqlarini uchta asosiy sinfga bo’lish mumkin: global tarmoqlar, regional (mintaqaviy) tarmoqlar, lokal (maxalliy)tarmoqlar. Kompyuter tarmoqlarining paydo bo’lish sabablaridan biri resurslaridan hamkorlikda foydalanish, alohida kompyuter imkoniyatini kengaytirishdir. Tarmoq orqali foydalanuvchilar bir vaqtning o’zida bir xil ma’lumot va fayl nusxalari, amaliy dasturlar bilan ishlashi mumkin. Bu holat axborot tashuvchilardagi joyni tejaydi. Bundan tashqari, printer, skaner, modem, lazer disklar majmuining birgalikda ishlatilishi qo’shimcha mablag’ni asraydi. Tarmoqdan foydalanganda axborotni saqlash ishonchliligi ortadi, chunki juda oddiy usulda qimmatli axborotlarni qayta nusxalash mumkin va alohida foydalanuvchilar o’rtasida axborot almashish engillashtiriladi. Tarmoq foydalanuvchilar so’rovini mujassamlashtiradi, bir vaqtning o’zida axborotdan ko’plab mijozlar foydalanish imkonini beradi. Apparat qurilmalari va tarmoq dastur ta’minoti orqali o’zaro bir-birlari bilan hamohang ishlay oladigan kompyuterlar majmuiga tarmoq deyiladi. Lokal tarmoqning paydo bo`lishi 1Tarmoq tushunchasi va uning ahamiyati Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling