2КОЦ uskunalar majmuasining texnologik jarayon sxemasi
Tozalash sexining asosiy vazifasi ishlab chiqarishga qo‘yilgan chigitli paxtaning tabiiy xususiyatlarini saqlagan holda, chigitli paxtadan mayda va yirik iflosliklami begona aralashmalami maksimal (to‘lig‘i bilan) ajratish, ya’ni tozalashdan iborat. Tozalangan chigitli paxtaning sifat ko‘rsatkichlari davlat standartiga muvofiq ko‘rsatilgan me’yoriy talablarga javob berishi asosiy maqsad bo‘lib qoladi. Paxta tozalash zavodlarida namligi 14 % gacha bo‘lgan chigitli paxtalami, quritish-tozalash sexlaridan o‘tkazmasdan to‘g‘ri tozalash sexlariga ishlab chiqarishga beriladi. Shu sababli, «Paxtani qayta ishlashning muvofiqlashtirilgan texnologiyasi» (ПДК.И 41-2002)ga muvofiq tozalash sexlarida ham paxtani quritish uskunalarini o‘rnatishga ruxsat etilgan. Paxtani quritish yoki quritish uskunalarining ishlash jarayoni, chigitli paxtaning sanoat va seleksion naviga, dastlabki namligiga, namlik olish miqdori hamda uskunalaming ish unumdorligiga bog‘liq. Tozalash sexida quritish jarayoni 11-jadvalga muvofiq tashkil qilinadi. Chigitli paxta iflosliklardan tozalanishiga qarab oddiy (normal) va qiyin tozalanadigan turlariga bo‘linadi. Qiyin tozalanuvchi turi — tola tarkibida nuqsonlarining ko'payishi hamda tolaga chiqindi va iflosliklarning yopishishi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, qiyin tozalanadigan paxtaning ayrim seleksiya navlari tolasini ajratayotgan (jinlanayotgan) paytda yuqori namlikka ega bo'lib, keyinchalik bu hoi tolada maydalangan chigit va chigit qobig‘i aralashgan tola miqdorining ko'payishiga olib keladi. Hozirgi paytda Respublikada ishlab chiqarishga qo‘yilgan qiyin tozalanadigan seleksion naviga quyidagilar kiradi: «An-Bayovut2», «Namangan-7», «Omad», «С-6524», «С-6530», «С-6532», «Toshkent-б», «С-9070», «Termiz-24», «Termiz-31» va «Oqqo‘rg‘on-2».
Paxta tozalash zavodining tozalash sexlarida (TC) paxtaning 2СБ-10, СБО quritish barabanlari ko‘magida (quritish agregatining sarflanishi 5,5+7,2 m3/s) qo‘shimcha quritish tartibi
Paxta tozalash zavodlarining tozalash sexlarida chigitli paxtaning oddiy va qiyin tozalanadigan seleksiya navlarini tozalash uchun ЗУХК va УХК parallel o'rnatilgan tozalash agregatlariga ega bo‘lgan majmualaridan foydalaniladi. Bulardan boshqa yirik iflosliklardan tozalash uskunalarini parallel ishlatadigan jamlangan majmualardan ham foydalaniladi. Chigitli paxtani qoziqchali va arrali barabanlarda tozalash soni, chigitli paxtaning sinfi, sanoat hamda seleksion naviga bog'liq hamda tozalashda barabanlar soni 12-jadvalda berilgan qiymatlarga mos bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |