Qabul qildi: Zahidova Sh. Toshkent– 2020 reja: kirish


XULOSA 2040 yilga borib energetika sohasi qanday o'zgaradi?


Download 226.82 Kb.
bet2/9
Sana09.01.2022
Hajmi226.82 Kb.
#255486
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2040 yilga borib energetika sohasi

XULOSA




2040 yilga borib energetika sohasi qanday o'zgaradi?





Yaqin 23 yil ichida energetika sohasi bir qator o'zgarishlarni boshidan kechiradi: tiklanuvchi energetikaga oid texnologiyalar bosqinidan tortib, suvning roli oshishiga qadar, deb yozadi Insider.Pro. So'nggi yarim asrdan buyon energiyani olish va uni sarflash usuli u qadar o'zgarishlarga duchor bo'lgani yo'q. Lekin yaqin o'n yilliklarda ham o'zgarishsiz, avvalgidek qolmasligi tayin. Energiyaning qayta tiklanuvchi manbalari arzon va ishonchli bo'lib bormoqda, butun jahon bo'ylab, olingan quvvatni samarali saqlash va taqsimlash texnologiyalari ishlab chiqilmoqda, bu esa yaqin 20–25 yil ichida energetika sohasida jiddiy o'zgarishlar yuz berishidan darak bermoqda. 2015 yilda imzolangan iqlim bo'yicha Parij bitimi (hattoki uni tark etgan Amerika Qo'shma Shtatlari ishtiroksiz) ham kelajakda energiyani qazib olish va ishlatish usulini keskin o'zgartirib yuborishi mumkin, biroq bitimga ko'ra qabul qilingan choralar iqlimda o'z ifodasini topishi uchun ko'p o'n yilliklar kerak bo'ladi. 197 davlat tomonidan qo'llab-quvvatlangan bitimning birinchi galdagi maqsadi global haroratni sanoatlashtirish davrigacha bo'lgan darajaga nisbatan Tselsiy shkalasi bo'yicha ikki darajadan ko'proqqa ortib ketishga yo'l qo'ymaslikdir. Bunga erishishning yagona yo'li neft xomashyosi va ko'mirdan energiya manbai sifatida foydalanishni kamaytirish bo'lishi mumkin. Xalqaro energetika agentligi o'zining «Xalqaro energetika istiqbollari — 2016» hisobotida energiyaga nisbatan oshib borayotgan talab tarkibida uglerod miqdori kam bo'lgan yoqilg'ilar va tegishli texnologiyalar hisobidan qondirilishi mumkinligini ta`kidlagan. Butun jahon bo'ylab hukumatlar shamol va quyosh energiyasi kabi tiklanuvchi energiya manbalari, shuningdek tabiiy gazdan keng foydalanishni rag'batlantira boshlashlari kutilmoqda, chunki tabiiy gazdan foydalanilganda uglerod va ifloslantiruvchi moddalarni havoga ajralib chiqishi ko'mirdan foydalanilganidan ko'ra bir necha karra kamroq. Yaqin 20 yil ichida sohadagi investitsiyalarning 40 foizi qayta tiklanuvchi energetika hissasiga to'g'ri keladi Dunyo qayta tiklanuvchi energiya manbalariga o'tayotgan bir paytda ham mavjud energetika ob`yektlari ulkan miqdorda neft iste`mol qilishda davom etmoqda. Umuman olganda esa, energiyaning turli ko'rinishlariga investitsiyalarning taqsimotida o'zgarish ko'zga tashlana boshlashi kutilmoqda. Xalqaro energetika agentligining ma`lumotlariga ko'ra, so'nggi 15 yil ichida jahonda energetika sohasiga kapital qo'yilmalarining 70 foizi qazib olinuvchi yoqilg'i sektoriga to'g'ri kelgan. Agentlikning kutishicha, kelajakda qayta tiklanuvchi energetika sektoriga sarmoyalar miqdori orta boshlaydi. Kutilishicha, 2017 yildan 2040 yilgacha bo'lgan oraliq davrda energiya ta`minotiga 44 trln. AQSh dollari sarflanadi, bu summaning 60 foizi qazib olinadigan yoqilg'i hissasiga to'g'ri keladi. Siljish u qadar katta ko'rinmayotgan bo'lishi mumkin, lekin bu 2040 yilga kelib qayta tiklanuvchi energiya manbalariga 17,6 trln. dollar investitsiya qilinishini bildiradi.

 

Avtomobillar soni ikki barobar ko'p bo'ladi, lekin ular neftdan kamroq foydalanadi



Elektrmobillar salohiyatiga doir barcha shov-shuvlarga qaramasdan, hozircha ularning jahon avtoparkidagi ulushi juda kichik. 2040 yilga borib, bu hol, shubhasiz o'zgaradi. XEAning baholashicha, bu vaqtga kelib yo'llarda hozirgiga nisbatan ikki barobar ko'proq avtomobillar harakatlana boshlaydi, biroq ular hozirgisidan kamroq neft iste`mol qiladi. Bunga bir qator omillar, jumladan, elektrmobillar sonining keskin ortishi hisobiga erishiladi — 2040 yilga borib ularning ulushiga sotilayotgan yangi avtomobillarning yarmidan ko'prog'i to'g'ri kela boshlaydi. Kelajakni nimalardan iborat bo'lishini tasavvur etish uchun, Ford Motor’ning elektrmobillar va gibridlar ishlab chiqarishni kengaytirish borasida yaqinda oshkor qilingan rejalariga nazar tashlash kifoya. Kompaniya AQShdagi o'z zavodini kengaytirish uchun 700 mln. dollar sarflamoqchi. U yerda elektrmobillarning ikki yangi modeli ishlab chiqariladi, yaqin yillarda esa elektrmobillar va gibridlarning yana oltita modeli taqdim etiladi. Lekin 2040 yilga borib ham transportlar, ayniqsa, aviatsiya va yuk tashuvchilar uchun qazib olinadigan yoqilg'i turlariga talab kattaligicha qolaveradi. Neftkimyo mahsulotlariga talab ham oshib ketadi, chunki yanada zichlashgan Yer aholisining plastmassa, rezina, o'g'itlar va ko'plab boshqa mahsulotlarga talabi orta boshlaydi. AQShning jahonni energiya bilan ta`minlashdagi roli o'zgaradi. Transport va elektr energiyasi ishlab chiqarish kabi sohalarda tiklanuvchi energiya manbalariga nisbatan talabning oshishi, shuningdek, AQShda qazib olinuvchi yoqilg'i miqdorining o'sishi mamlakatlarning o'zlarini xomashyo bilan ta`minlash va zarur infratuzilmaga ega bo'lish xohishlariga o'zgartirish kiritadi. Bu esa Amerikaning harbiy ustuvorligining o'zgarishiga ham olib kelishi tayin. O'nlab yillar mobaynida AQSh jahonning turli qismlarida neft xomashyosiga egalik qilish uchungina o'zlarining ishtirokini saqlab kelayotgan edi. Biroq, Amerikaning xorijdagi neftga bog'liqligi ilg'or texnologiyalar va elektrmobillarning keng tarqalayotgani bilan kamaya boshlamoqda. Bu esa AQShning jahon kemachilik yo'nalishlarini nazorat qilish zaruriyatini pasaytiradi. Bir vaqtning o'zida AQShning elektr ta`minoti tizimini ishchi holatda qo'llab, uning xavfsizligini turish yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Keyingi bir necha o'n yilliklar mobaynida mamlakatda ishlab chiqarilgan, jumladan quyosh va shamoldan olingan elektr energiyasi Amerika transport tarmog'ining katta qismini ta`minlaydi, avtomobillar tomonidan iste`mol qilinayotgan neft miqdori kamayadi va uni import qilish ham qisqaradi. Shu sababli AQSh hukumati mamlakat ichida energetika va infratuzilma aktivlarini himoyalashga katta xarajat qila boshlaydi, xorijdan kelayotgan neft mamlakat sohillariga yetib kelishini ta`minlash uchungina kamroq mablag' ajratadi. Tabiiy gaz bozori ulushi orta boshlaydi. Keyingi 23 yil ichida ko'mirga bo'lgan talab qisqara boshlaydi, biroq neft xomashyosiga bo'lgan talab ortib borishi mumkin, agar u nisbatan arzon bo'lib tursa. Yana bir qazib olinuvchi yoqilg'i — tabiiy gazning ulushi ham global energetik bozorda oshib ketishi mumkin. Tabiiy gaz suvni zaharlovchi va smog hosil qiluvchi uglerod va zararli zarralar chiqishini generatsiya qiladi, biroq u bugungi kunda uglevodorodlarning «eng tozasi» hisoblanadi. Bundan tashqari texnologiya innovatsiyalar sharofati bilan tabiiy gazni qazib olish arzonlashdi, jahon bo'ylab talabning oshishi esa ishlab chiqaruvchilar yirik summalarni gazni suyultirish va eksport qilish quvvatlariga investitsiya qilishlariga zamin yaratdi. Tabiiy gazdan neftkimyo ishlab chiqarish sohasi uchun xomashyo sifatida kengroq foydalanila boshlaydi, ayniqsa AQShda. Birgina keyingi 10 yilning ichida neftkimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari Meksika qo'ltig'i sohillarida ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga 200 mlrd. dollar sarflashni rejalashtirishmoqda. Bu zavodlar o'nlab yillar ishlab berishi aniq. Elektr energiyasisiz yashayotgan insonlar soni ikki barobar qisqaradi.

BMT ma`lumotlariga ko'ra, hozirgi kunda butun jahonda 1,2 mlrd. kishi elektr energiyasidan foydalanish imkoniga ega emas. Garchi BMT 2030 yilga borib barchani yalpi energiya iste`molini ta`minlashga urinayotgan bo'lsa-da, keyingi 23 yil ichida bunday insonlar soni 500 mln. kishigacha kamayadi, chunki energiya ishlab chiqarishning o'sishi asosan rivojlanayotgan davlatlar hisobiga ro'y beradi.

XEAning baholashicha, elektr energiyasidan foydalanmasdan yashashga majbur bo'ladigan insonlarning aksariyati Sahroi Kabirdan janubdagi Afrikaning qishloq hududlarida turmush kechirishadi.

  Suv va energiya yanada qattiqroq bog'lanadi. Yaqin o'n yilliklarda suv eng tahdidlarga duchor bo'lgan resurslardan biriga aylanadi. Iqlimning o'zgarishi va jahon aholisining doimiy sur`atda o'sib borishi tufayli 2040 yilga kelib suv yanada qimmatroq va unga yetishish mushkulroq bo'lishi mumkin. Buning oqibatlari energetika sohasida ham o'z aksini topadi. Suv va energetika o'rtasidagi bog'liqlik yanada jipsroq bo'ladi. Chunki yaqin 20–25 yil ichida sayyoramiz aholisi kamida milliard kishiga ko'payadi, insonlarga toza ichimlik suvining yangi manbalari kerak bo'ladi. Uning bir qismi dengiz suvini chuchuklashtirish va ishlatilgan suvni tozalash kabi energiya talab qiluvchi usullar orqali olinadi. Bir vaqtning o'zida suvning o'zi ham energiya ishlab chiqarishda muhim rol o'ynaydi: bu elektr stansiyalarida generatorlarni ishga tushiruvchi bug', gidroelektrstansiyalarni ta`minlovchi daryolar, neft va gaz quduqlarida gidroparchalashda foydalaniladigan suv hamdir. Energiya ishlab chiqarish va insonlar hayotini ta`minlash uchun jahonga yanada ko'proq suv kerak bo'laveradi.



XXI ASR MUQOBIL ENERGIYA ASRI BO‘LADI

Dunyo global muammolar girdobida qolmoqda. Suv, oziq-ovqat, neft, gaz, elektr energiya muammosi...

Bugun jahon ilm-fani muqobil energiya manbalarini izlab topish, yaratish, foy­dalanish samaradorligini oshirish, bu borada targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borishga alohida e’tibor qaratmoqda. Nima uchun? Chunki bosqichma-bosqich muqo­bil energiyadan foydalanishga o‘tilmas ekan, tabiiy boylik­larimiz bo‘lgan neft, gaz zaxiralari tugashi natijasida dunyo aholisi juda katta muammo bilan yuzma-yuz keladi.

— Prezidentimizning 2013 yil 1 martda e’lon qilingan «Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni mazkur sohada muhim islohotlar davri boshlanganidan dalolat beradi — deydi Toshkent davlat texnika universiteti elektronika va mikroelektronika kafedrasi professori Muhammadkabir Bohodirxonov. — Ushbu muhim hujjat noan’anaviy energetika resurs­laridan, jumladan quyosh energiyasidan foydalanish borasida yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

— Muqobil energiya tushunchasi fanga qachon kirib kelgan?

— Buning tarixi uzoq, qadimda neft va gaz kashf etilmagan sharoitda ham insonlar quyosh nuridan suv isitish, quritish va boshqa ishlarda foydalanishgan. Muqobil energiya tushunchasi fanda o‘tgan asrning boshlarida qo‘llanila boshlandi. Buning asosiy sabablari shundaki neft, gaz, ko‘mir zaxiralarining ma’lum bir davr­dan so‘ng tugashini insonlar tushunib yetib, energiya olishning muqobil yo‘llarini qidira boshladi. Undan tashqari, yoqilg‘ilardan chiqayotgan million tonnalab SO2 uglerod gazi ozon qatlami yemirilishiga sabab bo‘lmoqda. Jahonda birinchilardan bo‘lib muqobil energiyadan ­Yaponiya, Germaniya va boshqa davlatlarda keng foydalanila boshlandi. Buning asosiy sabablaridan biri bu davlatlarda yoqilg‘i qazilma boyliklari deyarli yo‘q. 2011 yilda Yaponiyada bo‘lgan tabiiy ofat natijasida atom elektr stansiyalari hamda yirik to‘g‘onlardan foydalangan holda elektr energiya olishdan voz kechilib, energiya olishning muqobil yo‘llariga o‘tilmoqda.

— O‘zbekistonda muqobil energiya borasidagi ilk tajribani kimlar o‘tkazgan?

— O‘zbekistonda muqobil energiyadan foydalanishni birinchilardan bo‘lib akademiklar Ubay Oripov, Sodiq Azimovlar 1950 yillardan boshlab uylarni isitish, issiq suv bilan ta’minlash uchun quyosh kollektorlarini ishlab chiqdi va bir necha uylar qurilib tajriba sinovlari o‘tkazilgan. Quyosh fotoelementlaridan olingan energiya o‘sha davrlarda juda qimmat, yoqilg‘ilarning narxi esa aksincha bo‘l­gan. Bugungi kunga kelib esa yer yuzidagi aholi sonining keskin ko‘payishi yoqil­g‘ilarga bo‘lgan talabni oshirib, yoqil­g‘i narxining keskin ko‘tarilishiga hamda ekologik muvozanat buzilishiga olib kelmoqda. Quyosh energiyasidan biz faqat elektr energiya olish uchun emas, balki undan kollektorlar orqali suv isitishda, quyosh o‘chog‘i orqali ovqat, non pishirishda, chuchuk suv olishda, mevalarni quritishda foydalanishimiz mumkin. Hozirda Hindiston va Xitoy davlatlarida 2 milliondan ortiq quyosh o‘choqlari mavjud. Jahonda quyosh energiyasi bo‘yicha ko‘plab loyihalar, ishlar amalga oshirilmoqda, har yili xalqaro konferensiyalar o‘tkaziladi. Joriy yil Germaniyada yigirma sakkizinchi butun jahon quyosh energiyasiga bag‘ishlangan ilmiy amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi. Unga bizni ham taklif qilishgan. Mazkur tadbirda o‘zimizning yangi ishlanmalarimiz va ma’ruzamiz bilan qatnashishni rejalashtirganmiz.

— Jahonda muqobil energiyadan foydalanishda qay­si mamlakatlar yetakchilik qilmoqda?

— Dunyoning 37 mamlakatida qayta tiklanuvchi energiya manbalariga oid qonun qabul qilingan, 70 ga yaqin mamlakat muqobil energiya manbalari bilan ishlash hajmini ko‘paytirishga harakat qilmoqda. Hozirgi kunda muqobil energiyadan foydalanish bo‘yicha Germaniya, Yaponiya, Xitoy, ­Ispaniya va AQSh davlatlari yetakchilik qilmoqda. Germaniya atom elektr stansiyalaridan foydalanishdan voz kechmoqda, 2020 yilgacha elektr energiyaning 20 foizini muqobil energiyadan olishni rejalashtirgan, har yili esa 100 ming uyning tomini quyosh panellari bilan qoplamoqda. Bunday usuldan foydalanish har tomonlama qulaylik tug‘diradi, hech qanday ortiqcha joy talab qilmaydi, aksincha tom bekiladi va uyni xohlagan vaqtda isitish, xonadon ehtiyojini to‘laligicha elektr energiya bilan ta’minlash mumkin. Ko‘pgina davlatlarda shamol energetikasi qurilmalari dengiz bo‘ylariga o‘rnatilmoqda. Shveytsariyada yo‘lovchilarni tashish avtobuslari bioyonilg‘ida ishlaydi. Yaponiya hukumati quyosh energetikasi texnologiya­sini rivojlantirish strate­giya­sini ishlab chiqdi. Bugungi kunga kelib, jahonda quyosh energiyasi ishlab chiqaruvchi quvvatlarni o‘rnatish 50 foizga oshdi. Biogaz kislorodsiz bakte­riya­lar yordamida turli chiqindilarni qayta ishlash natijasida olinadi. So‘nggi yillarda iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan Xitoy, Vetnam, Hindiston, Markaziy va Janubiy Amerika davlatlarida biogazdan foydalanish texnologiyasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Chorvachilik, parrandachilik, o‘simlik chiqitlarini qayta ishlash natijasida olinadigan biogaz qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda ham muhim o‘rin tutadi. Qayta ishlash natijasida hosil qilingan tabiiy mineral o‘g‘itlar yer unumdorligini oshirishda keng qo‘llaniladi. Oxirgi yillarda, biogaz energiyasi bo‘yicha ko‘pgina tajribalar qilindi va kerakli natijalarga erishildi. Bir tonna hajmdagi chiqindi saqlaydigan biogaz qurilmasi bir oilani 6 oy mobaynida gaz bilan ta’minlashi mumkin. Hozirda olimlarimiz bunday qurilmalarni yanada takomillashtirish ustida ish olib bormoqda. Respublikamizda shamol energiyasidan foydalanish bo‘yicha ham ko‘plab tajribalar qilinmoqda. Amaliy lo­yihalar ilgari surilmoqda. Chunki mamlakatimiz ba’zi hududlarida doimiy (Bekobod va Qo‘qon) bosh­qa joylarida esa mavsumiy shamol esishi kuzatiladi. Muqobil energiyadan foydalanishning iqtisodiy tomonlarini odamlarga tushuntirish kerak. Bu doimiy energiya, tekin energiya, cheksiz energiya.

— Muqobil energiya bilan ishlab chiqarish korxonalarini ham ta’minlash mumkinmi?

— Bu birinchi navbatda zavod, fabrika yoki uy qancha energiya talab qilishiga bog‘liq. Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan farmonda 100 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektrik stansiyalarini qurish ta’kidlangan. Bu bilan zavod va fabrikalarni, qishloqlarni, kichik shaharlarni to‘la elektr energiya bilan ta’minlash mumkin. Bunday qurilmalar energiyani saqlash akkumulyatorlariga ega, quyosh bo‘lmagan vaqt­larda, tunda ham elektr energiya bilan ta’minlash mumkin. Misol uchun, 1 KVt quyosh fotoelektrik stansiyasi bitta xonadonga yetadi, buni bizning laboratoriya sharoitida ishlab chiqadigan bo‘lsak, 15 million so‘m atrofida mablag‘ talab qiladi. Eshitilganda katta mablag‘ bo‘lib tuyular, lekin o‘rtacha 50 yilga taqsimlaganimizda bu arzimas bo‘­lib qoladi. Masalaning yana bir muhim jihati shunda-ki, quyosh panellari yordamida olingan elektr energiyaning tannarxi asosan yarimo‘tkazgichli kremniy bahosiga bog‘liq. Endilikda Navoiy viloyatida texnik kremniy olish zavodi ishga tushirilganini hisobga olsak hamda bunday qurilmalar konveyer asosida ishlab chiqarilsa, narxi bundan-da arzon bo‘ladi.

— Hozirgi kunda bu borada Toshkent davlat texnika universitetida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

— Muqobil energiyadan to‘la va unumli foydalanishni ta’minlaydigan asosiy omillardan biri, sohani yaxshi biladigan, tushuna oladigan va muqobil energetika qurilmalarini ishlata oladigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdir. Bizning elektronika va mikroelektronika kafedramizda quyosh fotoelementlaridan energiya olish bo‘yicha 20 yildan beri izlanishlar olib borilib, bir nechta yangi qurilmalar yaratildi. So‘nggi 5-6 yilda biz kremniyning xossalarini o‘zgartirish or­qali undan nanostruktura hosil qilib, yangi turdagi fotoelement olish mumkinligini isbotlab berdik. Kremniyda nanostruktura hosil qilsak, undan olinayotgan fotoelementlarning xossasi va quvvati yuqori bo‘ladi hamda arzonga tushadi. Yana quyosh batareyasida yangi turdagi faol ishlaydigan materiallar olish masalalari ustida izlanishlar ketayapti. Kafedra professor-o‘qituvchilari umumta’lim maktablarida quyosh energiyasidan foydalanishga mo‘ljallangan yangi turdagi laboratoriya asboblarini yaratdi va 20 dan ortiq maktabda sinovdan o‘tkazdi. Maktab o‘quvchilari fotoeffekt hodisasi, quyosh energiyasi manbalarining ketma-ket va parallel ulanishini o‘rganish, energiyaning bir turdan ikkinchi turga aylanishi, quyosh elementi, o‘tkazgich qarshiligini ampermetr va voltmetr yordamida aniqlash, geometrik optika qonunlarini o‘rganish kabi laboratoriya asboblarida tajriba ishlarini bajardilar. Shuningdek, yorug‘lik energiyasini elektr energiyasiga aylanishi to‘g‘risida aniq tassavvurlarga ega bo‘ldilar. Bu qurilmalarning yana bir afzalligi shundaki, ularga tash­qi elektr manbai kerak emas. Muqobil energiya sohasi kelajak fani, ertangi kunning asosiy masalasi bo‘lib qolmoqda. Mamlakatlar iqtisodiyoti aynan mana shu muqobil energiya manbalaridan qanday foydalanishiga qarab rivojlanadi. Bir so‘z bilan aytganda istiqbolimiz aynan muqobil energiya sohasi taraq­qiyo­tiga bog‘liq.


Ekspert O’zbekistonning elektr energetikasi kelajagi xususida: insoniyat uchun axloqiy energiya ta’minoti, muqobil energiya va yashil narx-tarifni qanday tadbiq etish mumkin “O‘zbekiston muqobil energiya manbalarining istiqbollari” loyihasi rahbari Ravshan Xo‘janov energetika sohasida qanday muammolar mavjudligi va respublikamizda qurilayotgan AES loyihasi bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.


O‘zbekiston energetika sohasidagi zarar ko‘ruvchi tashkilotlarni imkon qadar kamaytirishga harakat qilmoqda. Bu Prezidentimizning farmoni bilan tasdiqlangan 2018 yil Davlat dasturida nazarda tutilgan. Bu esa davlat ulushi bor tashkilotlarning samaradorligini oshirish va sog‘lomlashtirish imkonini beradi.
Avvalroq, Spot elektr energiyani ishlab chiqarishda monopoliyaga barham berish rejalashtirilayotganini yozgan edi. Kanadaning SkyPower Global kompaniyasi O‘zbekistonda quyosh energetikasi bo‘yicha bir qator loyihalarni amalga oshirmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 1.3 milliard $ni tashkil etadi.
“O‘zbekiston muqobil energiya manbalarining istiqbollari” loyihasi rahbari, Germaniyaning “Quyosh energiyasi assotsiatsiyasi” a’zosi va “Aleksander Gumboldt” jamg‘armasi vakili Ravshan Xo‘janov energetika sohasida qanday muammolar mavjudligi va respublikamizda qurilayotgan AES loyihasi bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

Ravshan Xo’janov

Buyuk Kelajak eksperti, “O‘zbekiston muqobil energiya manbalarining istiqbollari” loyihasi rahbari, Germaniyaning “Quyosh energiyasi assotsiatsiyasi” a’zosi va “Aleksander Gumboldt” jamg‘armasi vakili.

“O‘zbekenergo” muammolari va quvvat yetishmasligi

O‘zbekiston energetikasida bugungi kundagi vaziyat bir muncha og‘ir holatda. O‘rnatilgan quvvat qog‘ozda 12 GVtni tashkil etsa-da, amalda 10 GVt mavjud, bizga esa taxminan 15−20 GVt quvvat kerak. Avvalambor, ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetib boradigan elektr energiya yo‘qotishlarining oldini olish zarur. Misol uchun, AQSH va G‘arbiy Yevropada bu yo‘qotishlar 5% ni tashkil etadi, bizda esa 20%. Bunga sabab ba’zi bir texnologiyalar ma’nan eskirgan. Ularni zamonaviy tejamkor va samarador texnologiyalarga almashtirish kerak. Undan tashqari, aholining elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishini bartaraf etish, aholiga esa, o‘z navbatida, shirkatlar tarafidan sifatli va o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish kerak. O‘zbekistonda elektr energiyani ishlab chiqarish, uni sotish va iste’molining aniq bir mexanizmi, sohani rivojlantirish nizomi yo‘q. “O‘zbekenergo” esa yuqoridan keladigan buyruq va ko‘rsatmalarni bajaruvchi vazifasiga aylanib qoldi. Albatta, O‘zbekistonning ba’zi hududlarida yuqori voltli uzatmalar yangilangan. Ammo bu ham tizimni qutqara olmaydi. Shuningdek, bu sohada mutaxassislar yetishmovchiligini kuzatish mumkin. Sohada juda katta kadrlar aylanmasi mavjud. Kimda xorijga ketish imkoni bo‘lsa, chiqib ketmoqda. Yaxshi mutaxassislar O‘zbekistonda noyob holga aylanmoqda.

Germaniya tajribasi

Men Germaniyaning sharqiy qismida (sobiq GDRda) yashayman. Bu yerda IESlar sobiq sovet ittifoqidagi kabi bo‘lgan va davlatga tegishli bo‘lgan. Ular bu IESlarni yangidan qayta qurib, yuqori samaradorlikka erishishgan. Bizda esa 50 yil oldin qurilgan o‘sha IESlar hamon zo‘r-bazo‘r ishlamoqda. Germaniya aholisi 83 mln.ni tashkil etadi. Elektr stansiyalarning umumiy o‘rnatilgan quvvati 110 GVt, IESning ulushi 47%, AES — 13,1%, GES — 3,8% va muqobil energiyalar ulushi 34,4%ni tashkil etadi. Germaniya o‘zining neft va gaz zahiralariga ega emas. Shu tufayli ko‘mir ular uchun energiya ishlab chiqarishning asosiy manbasi hisoblanadi. Germaniyada gaz-bug‘ turbinali texnologiyalar ham juda rivojlangan va foydali ish koeffitsiyenti 55−60%ni tashkil etadi. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, gazning narxi elektr energiyasi narxidan oshib ketmoqda. Chunki ular gazni Rossiyadan sotib olishadi. Biz esa Rossiyaga sotamiz. Shu sababli Germaniya hukumati bunday tafovutning oldini olish uchun muqobil energiyani yanada rivojlantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Ularda elektr energetikasi sohasi bizdagi kabi bitta tashkilot qo‘lida emas. Asosiy qismi xususiy kompaniyalar ixtiyorida, katta sanoat korxonalari esa ishlab chiqaruvchidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib oladi. Aholi esa, o‘z navbatida uncha katta bo‘lmagan xususiy firmalardan sotib oladi. Undan tashqari, elektr energiya tariflari ko‘p. Biznikidan farqli o‘laroq, bu tariflar aholining keng qatlamiga mo‘ljallangan. Germaniyada energiya bozori bo‘linib ketgan va unda taxminan 900 ta ishtirokchi bor. Ammo oxirgi paytlarda yirik korporatsiyalar va kompaniyalarning kengayish tendensiyasi kuzatilmoqda. Masalan, ayni vaqtda Germaniyada 8 ta energetika kompaniyasidan 2tasi, ya’ni Viad va Veva kompaniyalarning birlashuvi bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Bu — oddiy holat, chunki iqtisodning boshqa jabhalarida ham buni yaqqol ko‘rish mumkin. Yana shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, “O‘zbekenergo” uchun aholidan elektr iste’moli uchun pulni yig‘ish qiyinchilik bilan amalga oshirilmoqda, Germaniyada esa bu ish avtomatlashtirilgan. Masalan, besh kishilik oila uchun taxminan 6000 kVt elektr energiyaga ehtiyoji bo‘lsa, ular uchun 15%gacha chegirma va 300 yevrogacha bonuslar taklif etiladi.



Download 226.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling