The Wolf of Wall Street


Download 16.11 Kb.
Sana24.01.2023
Hajmi16.11 Kb.
#1117287
Bog'liq
The Wolf of Wall Street


The Wolf of Wall Street | Uoll-Stritt bo’risi (2013)
(USA | AQSH)
Film haqida umumiy ma’lumot
Bu filmni yaqindagina birinchi marta ko’rdim. Biroq, anchadan beri ko’rishni reja qilib yurar edim, sababi, bu filmdan olingan epizodlar, iqtiboslar va turli-tuman kadrlar internet olamida, xususan, ijtimoiy tarmoqlarda anchagina mashhur. Undan tashqari film kinotanqidchilar va muxlislar tomonidan ham yaxshi ta’riflangan va yuqori baholangan, shu sababdan bu kinofilm, filmlarni tomosha qilish va baholashga asoslangan mashhur saytlar, masalan: IMBd (8.2/10) va Kinopoisk (7.9/10) da muxlislarning yaxshi e’tiroflariga va yuqori reytinglariga ega bo’lgan. Film ilk marta 2013-yilning 17-dekabr sanasida Amerika Qo’shma Shtatlarida namoyish etilgan va darhol kata shov-shuvlarga sabab bo’lgan. Filmning byudjeti 100 million dollarni tashkil etgan, biroq, shunga qaramasdan, film o’ziga bildirilgan ishonchni bemalol oqlay olgan deb hisoblasak bo’ladi, chunki kinofilm keltirgan daromad 406 million dollar tashkil etadi.
Syujet va aktyorlar tarkibi
Film asosan jinoiy va qora yumor janrlariga asoslangan bo’lib, shuningdek film yana biografik hamdir. Sababi, film Jordan Belfortning 2007-yilda yozilgan xuddi shu nomdagi avtobiografik asari asosida suratga olingan. Film asosan bosh qahramon Jordan Belfort va uning sargazushtlarga boy hayoti haqida hikoya qiladi. Filmda Belfortning birja brokerligidagi faoliyati va o’zining “Stratton Oakmont” firmasi bilan amalga oshirgan firibgarlik ishlari, so’ngra esa, shu ishlarning ortidan firmaning qanday qilib qulashi haqida so’z boradi.
Filmdagi bosh qahramon Belfort rolini mahoratli aktyor Leonardo Di Kaprio ajoyib tarzda ochib bergan. Aktyor filmga va undagi asosiy qahramon roliga to’la mos tushgan. Shu o’rinda aytib o’tish kerakki Di Kaprio bu filmda prodyusser hamdir. Shuningdek filmda yana mashhur aktyor va aktrisalarning ijrosi ham alohida taqsinga loyiq, jumladan, shaxsan menga Metyu Makkonahi, Jona Hill hamda aktrisa Margo Robbilarning filmdagi ijrosi juda ma’qul keldi. Ijrochilar o’z rollariga yaxshi tanlangan va bosh qahramon bilan ajoyib uyg’unlashuvga ega bo’lgan.
Xulosa
Umuman olganda film ancha qiziqarli va maroqli, sizni 3 soatga yaqin vaqt davomida zeriktirib qo’ymasligi aniq. Biroq, yana shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, film kategoriyasi bo’yicha 18+, shu sababdan, filmda behayo va axloqsiz sahnalar ko’prab uchraydi, bu ham albatta film ko’proq qiziqarli va hayotiy chiqishi uchun qilingandir, lekin menimcha, bu sahnalar biroz bo’rttirib yuborilgan. Balki shu sababdan ham filmning o’zbekchaga tarjima qilingan yaxshiroq variant yo’qdir. Lekin, agar siz 18 va yoki hech bo’lmaganda 16 yoshdan kichik bo’lsangiz bu filmni ko’rishni tavsiya qilmagan bo’lardim. Ammo, shunga qaramasdan film anchagina maroqli va ko’rishga arziydigan.
Mening bu film uchun qo’ygan shaxsiy bahoyim esa quyidagicha:
Syujet: 7/10
Aktyorlar tarkibi: 8.5/10
Musiqa va ovoz effektlari: 7.5/10
Kadrlar va operatorlik mahorati: 8/10
Umumiy hisobda: 8/10
Men bu filmni rus tilida ko’rganman va agar siz filmdan yanada ko’proq zavqlanmoqchi bo’lsangiz, sizga filmning original tilida ya’ni ingliz tilida ko’rishni tavsiya qilaman. Sababi, hatto ruscha tarjimada ham ayrim hazillar va diologlardagi ma’nolar asl tildagisidan yaxshigina farq qiladi. Agar vaqt topib bu filmni ko’rsangiz xursand bo’lardim, sababi, filmda insonning ruhiyatini ko’taruvchi va hazillarga boy sahnalar juda ko’p. O’ylaymanki ketgan vaqtingizga achinmaysiz. Yoqimli tomosha!
Download 16.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling