Qabul–2021: Abituriyentlarni qanday yangiliklar kutyapti?


DTM bu yilgi kirish test sinovlaridagi asosiy o‘zgarishlar haqida ma'lumot berdi


Download 49.96 Kb.
bet4/5
Sana08.05.2023
Hajmi49.96 Kb.
#1443498
1   2   3   4   5
Bog'liq
testologiya1 (1)

DTM bu yilgi kirish test sinovlaridagi asosiy o‘zgarishlar haqida ma'lumot berdi

Joriy yilgi kirish test sinovlarida abituriyentlarning 5ta (3ta majburiy va 2ta mutaxassislik) fandan imtihon topshirishi tasdiqlandi.


Bugun, 1 iyun kuni Milliy matbuot markazida 2021-22 o‘quv yili uchun OTMga kirish test sinovlariga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, tadbir davomida test sinovlari bo‘yicha jamoatchilikni qiziqtirayotgan qator savollarga aniqlik kiritilgan.
Video Player
Fanlar majmuasi va baholash mezonlari
DTM Bosh boshqarma boshlig‘i Farhod Mirzayevning ma'lum qilishicha, 2021/2022 o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari uchta majburiy fan – ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlari hamda ikkita mutaxassislik fanidan o‘tkaziladi.
«Bunda barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan – ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlarining har biridan 15 tadan jami 45 ta test topshirig‘i va har bir to‘g‘ri javob uchun 2,1 balldan beriladi. Majburiy fanlardan jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 94,5 ballni tashkil etadi.
Bakalavriat ta'lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2ta fan bo‘yicha esa har biri 30tadan jami 60ta test topshirig‘i va har bir to‘g‘ri javob uchun
3,1 balldan beriladi. Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 186 ball.
Umumiy holda, abituriyentlarga 5ta fan bo‘yicha jami 105ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 280,5 ballni tashkil etadi», – deya ma'lumot berdi u.
Test sinovlariga tayyorgarlik haqida
DTM Bosh boshqarma boshlig‘ining aytishicha, yangi o‘quv yili uchun bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida 1,6 mlndan ortiq abituriyent qatnashishi kutilmoqda.
«2020 yilda abituriyentlarni ro‘yxatga olish shu tizimlar orqali onlayn amalga oshirilgan edi. Bu abituriyentlarga va ularning ota-onalariga ko‘plab qulayliklar yaratdi. Shu sababli, 2020 yil tajribasidan kelib chiqqan holda, 2021 yilda ham abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (my.dtm.uz) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshiriladi.
Hozirda DTM sayti takomillashtirilib, abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish uchun tayyorlanmoqda», – dedi mutasaddi.

Download 49.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling