Qaysi davlatda 1896-19064-yillarda 10 mln. odam ochlikdan qirilgan edi?
A) Xitoyda B) Hindistonda C) Eronda D) Afg’onistonda
1889-yil 11-fevralda qabul qilingan Yaponiya Konstitutsiyasi qaysi davlat Konstitutsiya namunasi asosida tuzilgan.
A) Fransiya B) AQSH C) Prussiya D) Turkiya
Hindistonda XIX asr oxirlarida qishloq xo’jaligida monokultura vujudga keldi. Quyidagi hududdan qaysi biri bug’doy yetishtirishga ixtisoslashdi?
A) Assam B) Panjob C) Seylon D) Bengaliya
Birinchi jahon urushi arafasida Rossiyadan qaysi davlat 164 mln rubl qarz edi? A) Xitoy B Yaponiya C) Eron D) Usmonli turklar
Reyter Eronda «Shahanshohbank» ochgan bo’lib, bank Eronda qanday huquqni oldi?
A) qog’oz pullar chiqarish va mamlakat yerosti boyliklaridan erkin foydalanish
B) temiryo’llar qurish, ko’mir konlaridan foydalanish
C) rangli metall konlaridan foydalanish, paxta mahsulotlarini bojsiz mamlakatdan olib chiqib ketish
D) ekin maydonlari va sanoat korxonalaridan keladigan daromadlarga egalik qilish
Eronda inqilob davrida mehnatkash xalqning shoh hukumatiga qarshi kurashdagi «best» usuli qanday edi?
A) masjid va qabristonlarda tinch o’tirib, sust qarshilik ko’rsatish
B) yoppasiga ish tashlash
C) faqat tungi hujumlarni uyushtirish, kunduz kunlari urushga tayyorgarlik ko’rish
D) saroy amaldorlarini o’z tomonlariga ag’darish usuli
«Xudo Hindistonni xorijiy mamlakatlarga hech qachon hadya qilgan emas», ushbu so’zlar kimga tegishli?
A) Bal Gangadxara Tilakka B) Indira Gandiga C) Javohirlal Neruga D) Mahatma Gandiga
1876-yilda qaysi davlat hukumatini o’zini bankrot deb e’lon qilgan? A) Usmonli turklar B) Afg’oniston C) Eron D) Xitoy
Do'stlaringiz bilan baham: |