Diqqat savol: Gap nima haqida ketmoqda?
Javobni ko'rish
Hushtak chalish
51-savol:Bir podshoh qadimda oshpazlar tanlovini o’tkazgan. U oshpazlarga quyidagicha shart qo’ygan: “Siz shunday bir ovqat pishiringki, boshida 1 chelak tuz soling, pishayotganda 1 chelak tuz soling, va men yana unga tuz sepib yey.” U qaysi ovqatni nazarda tutgan? Javob: Qaynatilgan tuxum Izoh: Tuxum javobi ham qabul qilinadi
25-savol: A, K, Q, J, ..... qatorni davom ettiring.
Javob: 10, 9, 8, .....(O’yin kartalari A – Tuz(Ace), K-Qirol (King), Q-Dama (Queen), J-Valet (Jack)
44-savol: AQShda u o.k.y., Yaponiyada y.o.k., bizda esa k.o.y. ko’rinishida. Savol, gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Bu sananing ifodalanishi edi
46-savol: Yunon faylasufi Demokritning bir gapi bor: Agarda kimga yaxshi kuyov uchrasa unda u o’g’illi bo’ladi. Agar yomon kuyov uchrasa… Jumlani to’diring.
Javob: Qizingdan ham ayrilasan
Eyfel minorasi ichidagi esdalik sovg‘alari magazinidan savol muallifi esdalik sifatida Eyfel minorasi maketini sotib oladi. Esdalikdagi narx belgisini olib tashlagach bir yozuvga ko‘zi tushadi va xafa bo‘lib ketadi. U yerdagi yozuvni siz aniq qilib yozib bering. Javob: Made in China
Psixologlarning fikricha qaysi oy eng shirin oy hisoblanadi?
Javob: ASAL OYI
Bozorda ko`rmaysiz, ko`rsangiz ham olmaysiz, olsangiz ham kiymaysiz, kiysangiz ham ko`rmaysiz. U nima?
Javob : KAFAN
Bolalar uchun savol: Suaxili tilini bilmaysiz.Lekin u tildagi bir so`zni mashhur multfilmdan ko`p eshitganmiz va ishlatganmiz. Bu so`zning ma`nosi havotirsiz yaxshi yashash degani. BU qaysi so`z?
Javob : AKUNA MATATA
Qachonlardir U bolalarning ayniqsa o'g'il bolalarning eng sevimli "o'yinnchog'i" edi.U qo'lbola usulda tayorlanib, asosan bo'yin qismiga taqilardi.U garchi ezgulik yo'lida xizmat qilmasa ham yigitlarni dovyuraklik va jangovarliginni oshirardi.
D.S. U ni toping?
Javob: RAGATKA
Do'stlaringiz bilan baham: |