Qadimda turkiy epigrafik yodgorliklar


Qadimda turkiy epigrafik yodgorliklari, ularning o’rganilish tarixi


Download 96.2 Kb.
bet2/6
Sana15.06.2023
Hajmi96.2 Kb.
#1478622
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Turkiy epigrafik yodgorliklar kurs ishi .1. docx

1.1.Qadimda turkiy epigrafik yodgorliklari, ularning o’rganilish tarixi.
Bundan yuz yillar ilgari turkiy xalqlarning yozuvi taqdiri shumer millatlari tarixiga o’xshardi. Bir necha ming yillar davomida shakllangan turkiy yozuvlar uzoq vaqtgacha jamoatchilikka ma’lum bo’lmay keldi.
XVIII asrda turkiy xalqlar yozuvlari haqida dastlabki ma’lumotlar paydo bo’ldi. Lekin yozuvlar qaysi xalqka mansub ekanligi muammoligicha qolaverdi.Chunki bu yozuvlarni hech kim o’qiy olmadi.1691 yilda Moskvadagi Gollandiya elchixonasi a’zolaridan biri Nikolay Vidzen Verxoturdan uncha uzoq bo’lmagan joyda noma’lum alifboda yozilgan bitigtoshlarni topdi. N.Vidzen o’z davrining yirik olimi edi. U Sibirdagi do’stlariga xat yozib yangi topilmalar haqida xat yozishlarini iltimos qiladi. N.Vidzenning bu soha bilan qiziqishiga Sibir viloyati boshligi Golovin sabab bo’lgan edi. U Sibir bo’ylab sayohat qilib yurganida Ob daryosining upirilgan joyilan odam suyaklari saqlangan egoch kuti, kumush boldok, idishlar topadi. Bu topilmalarni u N.Vidzenga sovg’a qiladi. Lekin bu topilmalar va yozuvlar qaysi xalqqa tegishli ekanligi noma’lum edi. Oradan 5 yil o’tgach 1696 yilda tobollik boyar o’g’li Semen Remezov ham Sibir erlarining xaritasini chizayotib, bir punktiga O’rxun toshi deb belgi qo’ydi. Noma’lum yozuv bitilgan bu tosh xaritada chegara vazifasini o’tay boshladi. Bunday yozuvlar haqida 1710 yilda asirlikka tushgan shved zobiti Filipp Ioganin Stralanberg to’liqroq ma’lumot beradi. Asirlikda u 13 yil yashab noma’lum yozuvning jadvalini ham chizib oladi. Uningcha bu yozuvlar run yozuvlari deb atala boshlandi. Run deb atalishiga sabab, got yozuviga tashqi jihatdan o’xshashligidir. Runa - sir ma’nosini bildiradi.Kadimgi olmonlarning run yozuvi milodiy II-III asrlarda kelib chiqqan .Turkiy yozuvlar esa G’arbdagi run yozuvlari paydo bo’lgunga qadar ham mavjud edi.
1716 yili Petr I Dantsigda professor Breynning tabiyot-tarix mo’zeyini borib ko’radi. Shundan so’ng olimdan bu sohada iktidorli kishi berishni iltimos qiladi . Breyn do’sti , tibbiet fanlari doktori Daniil Gotlib Messershmidtni tavsiya qiladi. U tarix, jo’g’rofiya, botaniqa sohasida ham bilimdon edi. Oradan ko’p o’tmay D.Messershmidt Peterburgga chaqirildi. Unga Sibirning fizik tasvirini yaratish topshirildi. U etti yil tinimsiz ishladi.
Qadimiy turkiy yodnomalarning ilk to’plovchisi va tadqiqotchisi bo’lgan F.I Stralanbergning faoliyati ham D.G.Messershmidt nomi bilan bog’liq.Ular 1720 yili Tobolsk shaxrida tanishadi. Messershmidt hukumatdan uni ham o’z ekspeditsiyasiga kiritishni iltimos qiladi. Ular ikki yil davomida birga ishladilar. 1730 yili ular Lyubenda «Ovrupa va Osiyoning sharqiy va shimoliy qismining tarixiy hamda jo’g’grofiy tasviri» kitobini nashr etdilar. Bu kitob ikki olimning kundaliklaridan iborat bo’lib, unda dunyo ahamiyatiga molik fikrlar bayon qilingan edi. Shundan so’ng Enasoy yozuvlari haqidagi ilk munozaralar boshlandi. Bu yozuvlarni shakliga qarab, goh slavyan, goh keltlerga, va greklarga nisbat berdilar. Bu nazariya tarafdorlarining fikricha turkiy xalqlar Sibirning erli aholisi emas shuning uchun bu yozuvlarning Turkiy xalqlarga tegishli ekanligi haqida gap bo’lishi mumkin emas.
XIX asrning II yarmida «Slavyan nazariyasi» unutila boshlandi. Bu davrlarda qadimshunoslar Enasoy, Abakan daryosi qirgoklaridan, Oltinko’l yaqinidan, Buluk daryosi bo’ylaridan ko’plab toshga yozilgan yozuvlarni topdilar. Lekin bu yozuvlarning taqdiri ham avalgi yozuvlarning taqdiriga o’xshab noma’lumligicha qolaverdi. Yozuvlarning turkiy xalqlarga tegishli ekanligini birinchi bo’lib N.Yadrintsev isbotlab berdi. U topilgan yozuvlarning taxminan 2000 yillar ilgari yaratilganini, turkiy xalqlarning skif va gotlarga qo’shni bo’lganligini, bu yozuvlar turkiy xalqlarga taaluqli ekanligini aniqladi. Lekin bu bitigtoshlarda nimalar ifodalanganligi noma’lumligicha kolaverdi.
N.M.Yadrintsev boshliq ekspeditsiyaning O’rxun va Tula daryolariga qilgan safarlari run bitiglarini butun dunyoga mashhur qildi. U topgan «tangacha» li bitigtoshlar ko’pchilik tarixchilarning diqqatini o’ziga jalb qildi.
Kul tigin bitigida xitoycha yozuv matnlari ham bor edi. Bu matnlardan ma’lum bo’lishicha, bitigtoshlarning biri hoqon Bilga va ikkinchisi ukasi, lashkarboshi Kultigin sharafiga bitilgan ekan. N.Yadrintsev topilmasidan so’ng bu yozuvlar O’rxun- Enisey yozuvlari deb nomlandi. Ba’zi olimlar bu yozuvlarni run yozuvlariga o’xshashligini nazarda tutib, turkiy-run yozuvlari deb atayverdilar.
1891 yili N.Yadrintsev Ongin daryosi bo’yidan yana bir bitigtosh topadi. U fanda Ongin bitigtoshi deb atala boshladi. Ko’pinchalik Ettisuvdan bitigtoshlar topildi. Ular shakl jihatidan O’rxun yozuvlaridan bir oz farq qilgan.
Yozuvlarni o’qish daniyalik olim V.Tomson va rossiyalik olim V.Rad’lovlar zimmasiga tushdi. 1893 yil bahorida Tomson O’rxun daryosi bo’yidan topilgan yozuvlarni o’qiganligi haqida Daniya qirolligi Fanlar akademiyasi yig’ilishida axborot berdi. U boshqa xalqlar yozuvini deshifrovka qilib o’qishda qo’llagan tajribasi O’rxun yozuvlarining kalitini ochishda ham qo’l keldi. U yozuvlardan turli belgilarning qanday tovush ifodalashini bilib olgach, unga tayangan holda, O’rxun yozuvlaridagi butun alifboni aniqladi va birinchi marta «Tangri», «Turk» so’zlarini o’qidi. Bu bitiktoshlarning turkiy xalqlarga mansubligi aniq isbotini topdi.
Tomsondan keyin Radlov ham 1894 yil 19 yanvar kuni Rossiya Fanlar akademiyasi yig’ilishida Kul tigin bitigini o’qiganligi haqida ma’lumot beradi. Yozuvlarni Tomson o’qishga qadar Radlov 1893 yil ko’zigacha bu bitiktoshlardagi 15 harfni aniqlab bo’lgan edi. Shunday qilib, bu yozuvlar – run, ya’ni sir emasligi aniqlandi.
Bu bitiktoshlar turkiy yozuvda bitilganligi isbotlangandan so’ng, yana bir muammo paydo bo’ldi: O’rxun – Enisey yozuvlari qaysi yozuv asosida kelib chiqqan: Lekin olimlar haligacha bu xususda bir bitimga kela olganlari yo’q. V. Tomson bu yozuvdagi ayrim harflarning somiy – pahlaviy yozuvidagi harflarga o’xshashligini topdi. Keyinrok turkiy alifbodagi 23 harfning oromiy alifbosiga o’xshashligi aniqlandi. U turkiy tilning tovush qurilishiga mos holda kayta ishlangan va oromiy alifbosidagi bir necha belgilar bilan to’ldirilgan degan xulosaga keldi. Oromiy yozuvi mil.avv. I ming yillik boshlarida vujudga kelgan. Bu yozuv dastlab Suriya va Mesopotamiyada paydo bo’lgan. Dastlabki oromiy yozuvi finikiya yozuvidan deyarli farq kilmagan. Keyinchalik mil.avv I ming yillik o’rtalarida oromiylar finikiya yozuviga ayrim o’zgartirishlar kiritganlar. Harflar soni kiskartirilib, shaklini ham soddalashtirganlar. Mil.avv. VIII asrdan boshlab ko’pgina xalqlar: yaxudiylar, vavilonliklar, assuriyaliklar, forslar va arablar oromiy yozuvini o’z tillariga moslashtirganlar.
Qozog’istonlik olim A.S. Omonjo’lovning fikricha, turkiy alifbo mil.avv. I ming yillikda shakllanib bo’lgan edi. Bu fikrda jon bor. 1970 yil Olmaotadan topilgan (Issikko’ldan) ashyoviy dalillar buni isbotladi. Bu erdan topilgan chetlariga turkiy – runiy yozuvlariga o’xshash belgilar bitilgan kumush kosacha hammaning diqqatini tortadi. Qazilma rahbari ashyoviy dalillar joylashgan qabr mil.avv. V – IV asrlarga tegishlidir. 1960 yillarda Turkiston shahriga yaqin bir joyda loyga bitilgan bitigtosh topiladi. Uchta belgini hisobga olmaganda bitik O’rxun yozuviga mansub. Bu loy bitig o’ziga xos tumor bo’lgan. Xo’sh bu yangi belgilar kaerdan keldi. Bu belgilar ijodkori noma’lum, lekin, bu belgilar o’sha davr bilan shug’ullanuvchi olimlarning aytishicha yunon alifbsidan olingan.
E.D. Palivanov turk – yunon yozuvlarini turkiy muhitning o’zida paydo bo’lganligi haqidagi fikridadir.
Endi qadimgi turkiy yozuvi haqida:
Kadimgi Turkiy yozuvi 38 harfdan iborat bo’lib, 4 harf unli, qolgan 34 harf unsizdir. Yana ba’zan a – e, o – u, u – yu harflari uchun bir harf qo’llanilgan. Bu qadimgi yozuv o’ngdan chapga qarab yozilgan va so’zlar orasiga ikki nukta (: ) qo’yilgan.
Demak, shuni xulosa qilishimiz mumkinki, qadimgi turk yozuvi mil.avv. V asrda paydo bo’lgan va asosan oromiy yozuvi asosida shakllangandir.

Download 96.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling